Asosiy mavzular
27 noyabr 2018

Sustlashayotgan siyosiy iroda

O‘zbekistonning bosh rasmiy huquq himoyachisi Akmal Saidov hozir ancha o‘zgargan. Mamlakat Inson huquqlari milliy markaziy rahbari sohada ko‘tarilgan og‘riqli masalalarga ham bosiqlik va mulohaza bilan javob berishga harakat qilyapti.

Hatto uning inson huquqlari borasidagi sa'y-harakatlarini ochiqda e'tirof etganlar ham topilyapti.

Xususan, yaqinda Samarqandda bo‘lib o‘tgan Osiyo inson huquqlari forumi ishiga baho bergan O‘zbekiston shaxs huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi, shu bilan birga, Germaniyadagi Xalqaro inson huquqlari jamiyati kotibiyati bosh kotibi Marat Zohidov Akmal Saidov sha'niga maqtov yog‘dirdi ham.

“Ta'kidlash kerakki, bo‘lib o‘tayotgan forum Inson huquqlari milliy markazi direktori Akmal Saidov va jamoasining yutug‘idir. Men uning faoliyatiga salbiy baho berib judayam adashgan ekanman”, dedi soha vakillari orasida hukumatga murosasozligi bilan tanilgan M.Zohidov.

“Ish uslubi va shakli, shuningdek, o‘tgan ikki yil davomida O‘zbekistonning ko‘rinib turgan yutuqlari mamlakatning munosib kelajagiga ishonch uyg‘otadi”, deb yozdi u.

Ha, O‘zbekistonda so‘nggi ikki yil davomida inson huquqlari sohasida qator ijobiy o‘zgarishlar ko‘zga tashlandi.

Ko‘plab huquq himoyachilari qamoqdan chiqarildi, o‘z e'tiqodi uchun ta'qibga uchraganlarga nisbatan bosimlar kamaydi.

Akmal Saidovning Yevropada bo‘lib o‘tgan xalqaro anjumanda mamlakatdagi inson huquqlari holati bo‘yicha tanqidlarga javoban stol mushtlagani voqeasini ham kimlardir unutdi.

Bugun esa o‘sha paytda mamlakatda inson huquqlari buzilishi faktlarini tan olmagan bu shaxs bo‘layotgan o‘zgarishlar haqida og‘iz ko‘pirtirib, yana sahnada bosh rolni o‘ynamoqda.

Yuz bergan ijobiy o‘zgarishlar hukumatning siyosiy irodasi bo‘lsa, mamlakatda inson huquqlari holatini yaxshilash imkoni borligini ko‘rsatmoqda.

Shunga qaramay, so‘nggi vaqtlarda huquq himoyachilarini nazoratda ushlash harakatlari yana kuchayayotgani haqidagi xabarlar bu siyosiy iroda hali ancha sust ekanidan darak beradi.

Jumladan, o‘sha maqtalgan Osiyo inson huquqlari forumida hukumat pozitsiyasini tutmayotgan, haqsizlikka qarshi murosasiz turgan mahalliy huquq himoyachilari taklif etilmadi.

Aksincha, ba'zi huquq himoyachilari huquq-tartibotorganlari tomonidan ushlandi, boshqalarini o‘z uyidan chiqarmaslik choralari ko‘rildi.

Umuman, inson huquqlari borasidagi ahvol yana iziga qaytayotgani haqidagi bu kabi xabarlar ancha xavotirlarga sabab bo‘lishi kerak.

Yuqoridagilardan xulosa qilish mumkinki, huquq himoyachilari ustidan nazoratni kuchaytirish fikri ham yana o‘sha yuqoridan kelib chiqqan.

Lekin bu fikr xato ekanini o‘tgan yaqin tariximiz to‘la ko‘rsatib berdi. Endi xatolardan xulosa chiqarib, to‘g‘ri yo‘lni tanlash fursati yetdi.

Zero, inson huquqlari ishonchli ta'minlanmagan davlatda taraqqiyot ham, farovonlik ham bo‘lmasligini tushunib yetishimiz uchun yetarli xatolar qilib ulgurganmiz.

Sardor Azim
eltuz.com

Tag‘in o‘qing
14 mart 2018
Rassom Kirpi Eltuz.com
26 aprel 2016
Bank mas'ulining aytishicha, ayni paytda «O‘zsanoatqurilishbank» tomonidan berilgan bank plastik kartochkalari soni 1 milliondan oshib ketgan. «Plastik kartochkalar naqd ...
7 may 2020
Sardoba suv ombori o‘pirilishidan zarar ko‘rgan aholi haqida reportaj qilish uchun Sirdaryoga borgan O‘zA muxbiri Anora Sodiqova 6 may ...
10 noyabr 2016
O‘zbekistondagi partiyalar o‘z nomzodlariga tarafdorlar uchun kurash boshlarkan, xatto ayrimlarda Mirziyoevga muqobil nomzodlarning xam yutishi mumkinligiga zaif bir umid ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...