«BRAVO» va Halima Ibragimova litsenziyadan mahrum qilindi
26 fevral kuni «O‘zbekkontsert» davlat muassasasi «litsenziya talablari va shartlari qo‘pol ravishda buzilgani, milliy urf-odatlar, odob-axloq, ma'naviy qadriyatlarga yot bo‘lgan, fahshni targ‘ib qiluvchi hajviyalar orqali o‘zbek so‘z san'ati obro‘siga putur yetkazgani» uchun «BRAVO» jamoasi va so‘z ustasi Halima Ibragimovaning litsenziyalarini bekor qildi.
«O‘zbekkontsert» bu qarorini «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida»gi qonunning 23-moddasi hamda Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 dekabrdagi 354-qarori 1-ilovasi bilan tasdiqlangan nizomning 37-bandi bilan izohladi.
Bu hujjatga ko‘ra, 2019 yilning 26 fevral kunidan boshlab «BRAVO» jamoasi va so‘z ustasi Halima Ibragimovaning kontsert berish hamda chiqishlar qilishi taqiqlanadi.
O‘tgan yilning noyabrida «O‘zbekkontsert» birlashmasi «uyatsiz» klip bois xonanda Shahlo Ahmedovaning litsenziyasini bekor qilgan edi.
Suratda: Halima Ibragimova mashhur turk seriali yulduzi Buraq O‘zchivit bilan.
Eltuz.com