Asosiy mavzular
15 aprel 2019

Nodirjon Jo‘raev o‘z arizasiga binoan ishdan bo‘shagan

“Eltuz” sayti Toshkentdagi manbalariga asoslanib, oldingi haftada Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori Nodir Jo‘raev Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘z xonasida ushlangani, uning xonasidan hujjatlar olib ketilgani haqida xabar tarqatgan edi.

Shundan so‘ng o‘zini Nodirjon Jo‘raev deb tanishtirgan shaxs “Eltuz” bilan bog‘lanib, bu xabarlar noto‘g‘ri ekanini, u sog‘lig‘i tufayli o‘z arizasiga binoan ishdan bo‘shaganini ma'lum qildi.

Avvalo, agar bu ma'lumot noto‘g‘ri bo‘lsa, “Eltuz” uzr so‘ragan holda ayrim mulohazalarni ham bildiradi.

Jumladan, yaqindagina lavozimiga tayinlangan yuqori lavozimli mulozimning bunchalik tez ishdan bo‘shatilishi jamiyatda turli savollarni keltirib chiqarishi tabiiydir. Ikkinchi tomondan, jamiyatning qiziqishi hisobga olingan holda bu haqda ma'lumot taqdim etilmagani ham ajablanarlidir.

Hatto mahalliy matbuotda e'lon qilingan va tegishli doiralardan olingani iddao qilingan  xabarlarda ham mulozimning nega ishdan bo‘shagani haqida shaffof ma'lumotlarning yo‘qligi, ajabmaski, turli mish-mishlarni tug‘diradi.

Shuning uchun “Eltuz” nashri yana bir bor uzr so‘ragan holda O‘zbekistondagi hozirgi kunda chechak ochayotgan demokratik o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlashini bildiradi va hukumatni yanada ochiqroq bo‘lishga da'vat etadi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
7 yanvar 2016
Saudiy Arabistoniga rasmiy safari doirasida Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon Makkai Mukarramaga borib, o‘z yaqinlari bilan Umra ibodatini ado etdi. ...
16 iyun 2017
Islom Karimov hukmronligi davri amaldorlarning so‘kong‘ich, urong‘ich bir toifasini paydo qildi. Bu toifa o‘z qo‘l ostidagilarni, aholi vakillarini do‘pposlash, ...
3 mart 2023
Mana o‘lmagan qul ko‘klamga ham yetdik. Qish to‘qsoni ortda qoldi. Anomal sovuqda o‘lmasdan bugunga yetib keldik. Bu kunlarga yetganlar ...
20 avgust 2018
Toshkentga kelgan Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonni 17 avgust kuni aeroportda prezident Mirziyoev quchoq ochib qarshiladi. Imomali Rahmon xuddi Brejnev ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...