Asosiy mavzular
19 aprel 2019

O‘zbekistonda matbuot qanchalik erkinlashdi?

“Chegarasiz muxbirlar” (RSF) tashkiloti 2019 yil uchun yillik Matbuot erkinligi indeksini e'lon qildi. Bu indeksga ko‘ra, O‘zbekiston 180 davlat ichida 160-o‘ringa qo‘yildi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 5 pog‘ona balanddir.

Ayni paytda mamlakat matbuot erkinligi bo‘yicha Tojikistondan va Turkmanistondan yuqori, Qozog‘iston va Qirg‘izistondan esa hamon pastda turibdi.

Erkinlashish davom etmoqda

“Yer yuzidagi eng kuchli diktaturalardan biri bo‘lgan mamlakatda prezident Islom Karimov vafotidan uch yil o‘tib erkinlashish boshlandi. Ayrimlari qariyb 20 yil davomida qamoqda saqlangan jurnalistlarning eng so‘nggilari ozod etildi, lekin reabilitatsiya qilinmadi.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri siyosiy ko‘rsatuvlar paydo bo‘ldi, hozir ba'zi OAVlar korruptsiya va majburiy mehnat kabi “nozik” mavzularni yoritmoqda. Ammo oliy rahbariyatni tanqid qilish borasida hali ham so‘z bo‘lishi mumkin emas. Nazorat, tsenzura va o‘z-o‘zini tsenzura qilish hali ham mavjud va hukumat ommaviy axborot vositalarini nazorat qilishni sezilarli darajada ushlab turibdi. Ko‘plab yangiliklar saytlariga hali ham erkin kirib bo‘lmaydi, 2018 yilda Facebook va YouTube ga tez-tez to‘siq qo‘yildi, bir necha bloger esa hibsga olindi. O‘zbekiston xorijiy va quvg‘indagi jurnalistlar uchun o‘z eshiklarini yana ochdi, ammo juda kam doimiy akkreditatsiya berildi. Siyosiy plyuralizm bo‘lmasa va diktatura jinoyatlari uchun adolat tiklanmasa, erkin matbuotni to‘liq tiklash qiyin bo‘ladi. Hali yo‘l uzoq”.

O‘zbekistondagi matbuot erkinligi vaziyatini «Chegarasiz muxbirlar» shunday baholamoqda.

Siz nima deb o‘ylaysiz? Siz o‘tgan yili o‘zbek matbuoti nisbatan erkin va davlatdan mustaqil bo‘lganini his qildingizmi?

Eslatib o‘tamiz, “Chegarasiz muxbirlar” tashkilotining o‘tgan 2018 yil Matbuot erkinligi indeksida O‘zbekiston 165, 2017 yili esa 169-o‘rinni egallagan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
18 sentyabr 2020
Yaxshilik, ezgulik va odamlarga qayishish haqida gapirgim keldi bugun. Ko‘zlarimga xunuk dunyoni ham go‘zal ko‘rsatadigan rangli ko‘zoynak taqqim keldi. ...
24 fevral 2022
O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi AQSh elchixonasini O‘zbekiston hududida josuslik faoliyatini amalga oshirayotganlikda aybladi. @eltuz olib borgan surishtiruv AQSh elchixonasini ayblash ...
7 fevral 2023
Bu odamni etini jimirlatgan dahshatli o‘g‘irlik 2 fevraldan 3 fevralga o‘tar kechasi Vobkentning Xalach qishlog‘ida sodir bo‘ldi.  Qop qora ...
10 mart 2020
– O‘tiring, bratan, o‘tiring. Bilaman, hozir kayfiyatingiz osmondagi yulduzlardan ham yuqorida turibdi. Buning sababi, sizning ashaddiy dushmaningiz bo‘lgan “qassob” ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...