Asosiy mavzular
2 iyun 2019

Chiroqchida ayiqni o‘ldirishib, murdasini tahqirlab rasmga tushishdi

Qashqadaryoning Chiroqchi tumani Tutli mahallasida 28 may kuni mahalliy ovchi ayiqni otib o‘ldirdi.

Bu haqda Nuz. Uz nashri O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmatiga tayanib ma'lum qildi. Bundan oldin ijtimoiy tarmoqlarning o‘zbek segmentida “ayiq jasadini taxqirlagan o‘zbek yigiti” rasmi tarqalgan va segment g‘azabiga nishon bo‘lgan edi.

Bosh prokuratura ma'lumotiga ko‘ra¸ ayniqni chiroqchilik ovchi Qahramon Sulaymonov 16 kalibrli IJ-17 ov miltig‘i bilan otib o‘ldirgan:

“28 may kuni Qashqadaryoning Samarqand viloyatiga qo‘shni Tutli qishlog‘iga ayiq oralagani aholini qo‘rqitgan.

O‘sha kuni qishloq turg‘unlari Hasan To‘raev¸ Rustam Sulaymonov va Haydar Ochilov qurol saqlashga rasman izni bor ovchi Qahramon Sulaymonovni chaqirib, ayiqni ottirishgan”.

Ana shundan keyin Chiroqchi tumani IIB xodimi ayiq o‘ligini tuman markaziga olib kelgan.

Veterinariya xizmati ayiqning quturgan yoki quturmaganligini tekshirish uchun jasadni qabul qilib olgan.

«Qizil kitob»ga kirgan ayiqni otib tashlash hodisasini o‘rganayotgan tergovchilar “ayiqpolvonni o‘ldirmaslik” mumkin edi, degan versiyada ham jon borligini aytishgan.

Chunki ayiq aholi yashaydigan joydan 20 metr uzoqda o‘ldirilgan.

“Ayiq o‘ldiruvchilar” selfisi tarmoqda tarqalib ijtimoiy media yuzerlari g‘azabiga nishon bo‘ldi.

O‘zbekiston qonunchiligida o‘lgan ayiq murdasini tahqirlaganlarga jazo belgilanmagan.

Ko‘p hollarda «Qizil kitob»ga kirgan noyob hayvonlarni havasga o‘ldirganlar O‘zbekistonda jazolanmay qoladi.

Dunyodagi eng so‘nggi turon yo‘lbarsi 1949 yili O‘zbekistonning Beruniy tumanida mahalliy ovchi tarafidan otib o‘ldirilganida bu ovchi faxriy nishon bilan taqdirlangan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
27 sentyabr 2023
Bugun Rauf Parfi nomi eslanarkan, uning asl shogirdlari bilan bir qatorda ustozning nomiga suykanib, «bir narsalik» bo‘lib qolish ilinjidagi ...
25 noyabr 2020
Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahridagi Konstitutsiya mahallasida 500 xonadon bor. Uylardan chiqayotgan tutundan esa ko‘chada nafas olib bo‘lmaydi. «Hamma topganini ...
3 dekabr 2023
Davlat Xavfsizlik Xizmati xodimlari Toshkent shahar IIV uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi xodimlarini hibsga olganlar. Eltuz insayderiga ko‘ra, 1 ...
6 yanvar 2020
AOKA bloger va jurnalistlarni sotib olishi emas, huquqiy qo‘llab-quvvatlashi zarur. Uning bayonotlari juda kulgili. Vakolatlari bizni himoya qilishga yetmas ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...