Asosiy mavzular
5 iyun 2019

«Ozodlik» muxbiri O‘zbekistonga kiritilmadi

«Ozodlik» radiosining Moskvadagi muxbiri, Rossiya vatandoshi va taniqli tarixchi 45 yashar Umid Bobomatov O‘zbekistonga kiritilmadi. U 4 iyun kuni Moskvadan Toshkentga uchib kelgan edi. Bobomatov bu haqda o‘zining feysbukdagi sahifasida habar qildi.

«Eltuz» muxbiriga voqea yuzasidan intervyu bergan Bobomatov uni avvaliga Toshkent aeroportidagi o‘zbek chegarachilari to‘xtatgani va ortiga qaytarib yuborgani, keyin esa Rossiya FXX xodimlari Moskva aeroportida uch soatcha ushlab o‘tirganini aytdi.

Bobomatovning «Eltuz»ga bildirishicha, Toshkent aeroporti xavfsizlik xizmati xodimlari tarafidan to‘xtatilib, keyingi reys bilan Moskvaga uchib ketishga majburlangan. Bu borada izoh so‘ragan Bobomatovga Toshkent rasmiylari bir parcha qog‘oz berishgan.

Foto: eltuz.com

Umid Bobomatov «Ozodlik»ka qarshi rasmiy Toshkent tarafidan boshlangan obro‘sizlantirish kampaniyasidan keyin O‘zbekistonga kiritilmagan ilk jurnalistdir.

Bundan oldin «Ozodlik» muxbiri Noa Taker O‘zbekistonga xizmat safari bilan borganida monelik qilinmagan edi.

O‘tgan yili 28 iyun kuni «Ozod Yevropa/Ozodlik» radiosi vitse-prezidenti va bosh muharriri Nenad Pejich Toshkentda O‘zbekiston hukumati rasmiylari, xususan, prezident matbuot xizmati rahbari Komil Allamjonov bilan uchrashgani mahalliy matbuot tarafidan ijobiy yoritilgan edi.

Bobomatovning o‘zi Karimov davrida ham, Mirziyoev iqtidorga kelganidan keyin ham O‘zbekistonga bemalol safar qilib yurgan edi.

«Ozodlik» radiosi 2005 yil dekabrga qadar Toshkentda o‘z muxbirlik byurosiga ega bo‘lgan. Radio dunyoning 28 tilida xabar va tahlillar tarqatadi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
30 yanvar 2022
(Taniqli shoir va siyosatchi Muhammad Solihning “Imperativ” kitobidan 40-qism. Audiokitob matnini muallifning o‘zi o‘qigan. Davomi bor.) “Erkni istagan ruh ...
25 oktyabr 2021
Markaziy saylov komissiyasi 25 oktyabr kuni prezident saylovi natijalari to‘g‘risida bayonot berdi. Dastlabki natijalarga ko‘ra, saylovda O‘zbekistonning amaldagi prezidenti ...
8 iyul 2022
Zebra degan hayvon bor. Eshshakning bir turi. Go‘shti halol bo‘lgani uchun so‘yib yesa bo‘ladi. Zebraning usti oq qora yo‘l ...
3 iyun 2019
Andijonda 25 may kuni e'lon qilingan shanbalik 29 may kuni ham davom etdi. Marhamat tumani elektr tarmoqlari korxonasi ishchisining ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...