Asosiy mavzular
15 yanvar 2020

Taniqli o‘zbek yozuvchisi «Ozodlik-Ozod Yevropa» radiosida rahbar bo‘ldi

Dunyoda eng ko‘p tanilgan zamonaviy o‘zbek yozuvchisi 66 yoshli Hamid Ismoil 14 yanvar kuni «Ozodlik-Ozod Yevropa» radiosi Markaziy Osiyo dasturlari direktorligiga tayinlandi.

Bundan oldin u «Bi-Bi-Si» jahon xizmatida rahbar lavozimda ishlab kelgan edi. Hamid Ismoil 2019 yilgi Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining obro‘li adabiy mukofoti g‘olibi bo‘lgan ”Jinlar bazmi” romani muallifi.

2017 yilning mart oyida «Bi-Bi-Si» Markaziy Osiyo xizmati muxbirlari va Britaniya diplomatlaridan tarkib topgan delegatsiya tarkibida O‘zbekistonga kelgan Hamid Ismoil Toshkent aeroportida to‘xtatilib, Londonga qaytarib yuborilgani haqida «Eltuz» yozgan edi. Delegatsiya tarkibini tasdiqlab rasman taklifnoma bergan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi o‘shanda nega Hamid Ismoil O‘zbekistonga kiritilmaganini izohlamagan.

Hamid Ismoil O‘zbekiston milliy axborot agentligi savollariga javob berishni rad etib rasmiylardan uzr talab qildi. Ëzuvchi agentlik muxbiriga yozgan xatida “Meni O‘zbekistondan chiqarib yuborgan mulozimlar rasman uzr so‘ramagunicha¸ ular o‘ziniki qilib olgan yerni yelkamning chuquri ko‘rsin”, deya bildirgan.

Bu maktub to‘lig‘icha O‘zA saytida e'lon qilingan edi: “Azizim Anoraxon, kuyunchakligingiz uchun rahmat, lekin mening ko‘nglimda katta gina bor. Bundan rosa ikki yil avval, Toshkent qo‘nalg‘asiga uchib kelib birinchi qilgan ishim – do‘stlardan mashina so‘rab onamning mozor boshisiga o‘tmoqchi bo‘lganimda, O‘zbekiston rasmiylari meni o‘z Vatanimga kiritmay, Istanbulga quvishgan. Bunday bedodliklar osonlikcha unutilmaydi. O‘shanda o‘zimga: to bu rasmiylar rasman uzr so‘rashmaguncha, ular o‘ziniki qilib olgan yerni yelkamning chuquri ko‘rsin, deb aytganman. Uzr, lekin rahmatli onam meni o‘z so‘zida turuvchi qilib tarbiyalagan. Afsuski, savollaringizga javobim shu. Ishlaringizda zafarlar tilab, Abdulhamid akangiz”.

Taniqli jurnalist va yozuvchi Hamid Ismoil davlat komissiyasi o‘zi suratga olishda ishtirok etgan hujjatli filmni «ma'naviyat tendentsiyalariga mos kelmaydi» deb topganidan so‘ng 1992 yilda O‘zbekistondan chiqib ketishga majbur bo‘lgan edi. 1992 yili Hamid Ismoil «Bi-Bi-Si» televizion guruhi bilan O‘zbekiston haqida film olish ustida ishlagani ortidan unga qarshi jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va yozuvchining hukumatni ag‘darish urinishiga aloqadorligi haqida bayonot berilgan edi.

Hamid Ismoilni qoralashga urinish bu bayonotdan 27 yil o‘tib ham davom etmoqda. Joriy yilning 11 mart kuni O‘zbekiston Ëzuvchilar uyushmasida o‘tkazilgan nasr kengashining hisobot yig‘ilishida uyushma rasmiysi Risolat Haydarova “xalqaro adabiy mukofotni qo‘lga kiritgan “Jinlar bazmi” romanini “asar ostida siyosiy manfaat yotibdi”, deya tanqid qilgan edi.

Hamid Ismoil o‘z asarlarini o‘zbek va rus tillarida yozadi. Uning “Temir yo‘l” romani 2006 yilda taniqli ingliz yozuvchisi Robert Chandler tarafidan inglizchaga o‘girilib Londonda chop qilingan. Hamid Ismoilning she'riy asarlari Ingaborg Baldauf va Zigrid Klaynmixel tarjimasida nemis tilida ham chop qilingan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
2 mart 2021
Rassom Elsevar
3 iyun 2021
Effect.uz axloq-odob qoidalariga zid xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ygan, ammo uning muammolarga duchor bo‘lishi sababi bu bilan bog‘liq emas, deya yozadi ...
25 noyabr 2016
Eltuz.com uchun chizgan navbatdagi karikaturasida rassom Tuz Shavkat Mirziyoevni Karimov qabridan estafeta tayoqchasini olib ketayotgan tarzda aks ettiradi. «Karimovning ...
29 yanvar 2018
Toshkent shahri markazidagi modern me'morchilik namunasi bo‘lgan Kinochilar uyi va boshqa binolarning buzilishi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisining ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...