Asosiy mavzular
30 noyabr 2021

1991 yil 30 noyabr kuni matbuot nimalarni yozgan edi?

Bu 1991 yil 30 noyabrdagi “Pravda vostoka“ gazetasi. Gazetada so‘nggi 27 yil ichida o‘zbek millatiga berilgan yagona siyosiy tanlov haqi aks etgan.

12583734_572855266212645_774823532_n
1991 yil 30 noyabrdagi “Pravda vostoka “ gazetasi

Gazeta 1991 yil dekabriga belgilangan prezident saylovi poygasida qatnashadigan ikki nomzod haqida bilgi beradi. Bu saylovda marhum prezident Islom Karimovning raqibi «Erk» demokratik partiyasi raisi Muhammad Solih bo‘lgan edi.

Narxi o‘sha payt puli bilan 8 tiyin bo‘lgan bu gazetada hali SSSR tarqamagan kabi mazmundagi maqolalarni ham ko‘ramiz.

Gazetada chop qilingan TASSga oid maqola “Ukraina mustaqilligini AQSh tan olishi yomon oqibatlarga sabab bo‘lishidan” ogoh qiladi.

Ayni sahifada Qirg‘iziston SSR bosh vaziri Nasridin Isanovning aviahalokat oqibatida 29 noyabr kuni halok bo‘lgani xabari chop qilingan.

Sahifa boshida esa SSSR parlamenti quyi palatasi SSSR Davlat bankiga SSSR Moliya vazirligi uchun 90 milliard so‘m (sovet so‘mi) ajratishga izn bergani yoziladi.

O‘sha kuni Moskvada chop qilingan «Nezavisimaya gazeta»si esa «Sovet imperiyasi o‘ldi” sarlavhani manjetga chiqardi.

Ayni gazetada Litvadagi KGB josusi bo‘lgan siyosatchilar sazoyi qilingani va arman-ozari chegarasida otishmalar tinmayotgani haqida ham yoziladi.

Gazetada 30 noyabr kuni Moskvadagi bo‘shab qolgan oziq-ovqat do‘koni ustiga GKChP tarafdorlari qizil bayroq tikib, unga “GKChP tirik. Ura!” degan yozuvni yozgani bilan bog‘liq hodisa haqida yoziladi.

Eslatib qo‘yamiz, 1991 yil 30 noyabrida magazin ustiga qizil bayroq osish shu kunlarda Toshkentda IShIDning qora bayrog‘ini osish bilan teng oqibat kasb qilgan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
9 may 2019
“Ishdagi ishq”, “Ivan Vasilevich kasbini o‘zgartiradi”, “Sannikov yeri” kabi kinolarni o‘zbek tilida gapirtirgan dublyaj rejissyori Mirg‘iyos Soatov 9 may ...
22 iyun 2017
Talaba o‘limiga sabab bo‘lgan janjal ortidan Toshkentdagi Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji yopiladigan bo‘ldi. Ayni paytda O‘zbekistonda 11 sinflik maktab ...
10 sentyabr 2018
Jamoatchilik bosimi nima degani? Buni mashhur rus rassomi Vyacheslav Zaytsev aytib bergan edi. Zaytsev kichkinaligida barcha sovet bolalari qora ...
16 yanvar 2020
O‘zbekiston adliya vaziri Ruslanbek Davletov shu yilning 10 yanvar kuni “Erk” demokratik partiyasi bosh kotibi Otanazar Oripov boshchiligidagi partiyaning ...
Bloglar
18 iyun 2025
«O‘zbekcha fikrlash»ni musorga otvormasak dunyoga razil bo‘lishda davom etamiz.Nima o‘zi «O‘zbekcha fikrlash»?Masalan O‘zbekiston qonunida «jins ...
16 iyun 2025
Teatr zamon yuziga ko‘zgu tutishi kerak. Lekin o‘zbek teatri buni eplay olmayapti. Drama yozadigan birorta ...
9 iyun 2025
Qadimgi turk bitiklari qisqa va chuqur ma'noli bo‘lgan. «Tashingdan barcha kishi kabi ko‘rin. Iching go‘zal ...