Asosiy mavzular
16 yanvar 2020

Kuting, prezident “muxolifati” kelyapti!

O‘zbekiston adliya vaziri Ruslanbek Davletov shu yilning 10 yanvar kuni “Erk” demokratik partiyasi bosh kotibi Otanazar Oripov boshchiligidagi partiyaning 5 nafar vakili bilan uchrashdi. 

Ma'lum bo‘lishicha, uchrashuv “Erk” partiyasi a'zolariga “O‘zbekiston hududida hech qanday “Erk” partiyasi mavjud emasligi va partiya faoliyatining tiklanishiga hech qanday huquqiy asos yo‘qligi” haqida axborot berish bo‘lgan.

Undan avval prezident Mirziyoev muxolifatga qarshi emasligi, biroq uni chetdan keltirilishiga yo‘l qo‘ymasligini bildirgan edi. Prezidentning ilk bor siyosiy muxolifat borligi haqida gapirgani mamlakat ichkarisida uning faoliyatini tiklashga umidlar uyg‘otdi. 

“Eltuz” suhbatdoshi, o‘zbekistonlik siyosiy tahlilchi Anvar Nazir aslida hukumatning bu harakati tashqi yoki ichki muxolifatga yo‘l ochilayotganini anglatmasligini aytadi:

«Bitta tizimga oid bo‘lmagan muxolifatning paydo bo‘lishidan hozirgi tuzum manfaatdor emas. Davlatga tizimga yaqin bo‘lmagan odamlar kerak emas. Biz buni uning amaliyotidan bilyapmiz. Bitta fakt keltiraman. Yuztadan oshiq nodavlat tashkilot ro‘yxatdan o‘tish uchun Adliya vazirligiga ariza topshirgan bo‘lsa, ijtimoiy g‘oyalarga, fuqarolik jamiyatiga umuman aloqasi yo‘qlar o‘tkazildi. Qolganlar ro‘yxatdan o‘tkazilmadi…».
 
Avvalroq Oliy Majlis Senati raisi o‘rinbosari Sodiq Safoevning Vashingtondagi yig‘ilishda muxolifat demokratiyani mustahkamlash va ekstremizmning o‘sishiga qarshi kurashda eng yaxshi vosita sanalishini aytgan edi. Anvar Nazirga ko‘ra, bu fikr aslida to‘g‘ri, biroq populistik maqsad yo‘lida yangramoqda.

«Sodiq Safoevning maqsadi xalqaro maydonga chiqib, O‘zbekistonning obro‘yini ko‘tarish. Uning «demokratik qiyofasi»ni o‘zining gaplari bilan reklama qilish. Ko‘p gaplari kulgiga sabab bo‘ladi. Masalan, bir chiqishida kuch bilan hech narsani hal qilib bo‘lmaydi, degan ma'noda gapirdi. Shundan so‘ng hukumatning xuddi o‘sha Sodiq Safoevning gaplariga zid qarori chiqyapti. 

Shavkat Mirziyoevning ichki va tashqi muxolifat haqidagi gaplarini oladigan bo‘lsak. O‘zbekistonda  «Erk» ham, «Birlik» ham ichki muxolifat edi boshidan. Ularning tashqi muxolifatga aylanishida davlatning aybi bor. Muhammad Solih ham, Abdurahim Po‘latov ham hech kimga kerakmas deyishadi, lekin nimaga (ulardan) qo‘rqishadi, agar o‘zlarining kuchiga ishongan bo‘lishsa? Agar davlat istasa, nodavlat tashkilotlar va siyosiy partiyalarning ro‘yxatga olinishiga nima uchun ruxsat bermayapti?»
 
Anvar Nazirning fikricha, bugungi holatda biror muxolifat partiyasini ro‘yxatga olish bilan ham ish bitmasligi mumkin.

«Avval ot, keyin arava turadi. Axborot vositalari erkin bo‘lishi kerak buning uchun. Xaqiqiy parlament yaratilishi kerak, mustaqil sud bo‘lishi kerak. Bu siyosiy islohotlar bilan bog‘liq», dedi u.

Eslatib o‘tamiz, muxolifatdagi «Birlik» xalq harakati va «Erk» demokratik partiyasi 1989-90 yillarda tashkil topgan bo‘lib, O‘zbekistonda mustaqillik va demokratiya o‘rnatilishini talab qilib chiqishgan edi. Karimov hokimiyat tepasiga kelganidan keyin partiyalarning liderlari qatag‘onga uchrab, mamlakatdan qochishga majbur bo‘lishdi.

Eltuz.com 

Tag‘in o‘qing
28 sentyabr 2017
Andijon shahrida, mahalla faollari gaz ballon berish va'dasi bilan odamlarni paxta terimiga jalb qilishmoqda. «Eltuz» muxbiriga ko‘ra, Andijon shahridagi ...
13 dekabr 2015
2015 yilning 13 dekabrida, Jasliq turmasi mahkumi, huquq himoyachisi A'zam Farmonov 37 yoshga to‘ladi. 2006 yilning aprelida uni hibsga ...
22 yanvar 2018
Qozog‘istonda 52 nafar yurtdoshimizning avtobusda tiriklayin yonib ketishi munosabati bilan dunyoning ko‘plab mamlakatlaridan hukumatimiz nomiga hamdarlik maktublari keldi. Aynan ...
4 sentyabr 2018
Shvetsiya poytaxti Stokgolmda 4-sentyabr ertalabdan Gulnora Karimovaga pora berishda ayblanayotgan Telia mobil shirkatining uch nafar sobiq raxbarlari ustidan sud ...
Bloglar
15 avgust 2022
Taniqli siyosat arbobi va shoir Muxammad Solih suhbatining davomida sevimli ayoli Oydin xonim bilan kechirgan ...
10 avgust 2022
Taniqli siyosat arbobi va shoir Muxammad Solix bilan may oyida o‘tkazilgan bu suhbat bevosita Eltuz ...
20 iyul 2022
O‘zbek xalqi kimga, qaysi rejimga qaram bo‘lib kelgan ediki, endi u o‘zini ozod, erkin millat ...