Asosiy mavzular
18 aprel 2020

O‘zbek kinochilari o‘z rahbarini koronavirusdan foydalanganlikda ayblashdi

«Eltuz» tahririyatga joriy yilning 14 aprel kuni bosh vazir Abdulla Aripov nomiga yuborilgan jamoaviy murojaat nusxasi kelib tushdi.

109 nafar o‘zbek kino arbobi imzolagan bu hujjatda 2019 yil sentyabrida «O‘zbekkino»ga rahbar etib tayinlangan Firdavs Abduxoliqov o‘zining volyuntaristik harakatlari bilan o‘zbek kinematografiyasini butunlay botqoqqa botirayotganidan shikoyat qilinadi.

Maktubda Firdavs Abduxoliqov koronavirus pandemiyasini bahona qilib odamlarni ishdan bo‘shatayotgani va agentlik mulki bo‘lgan kinolarni o‘z tasarrufidagi telekannalarga tekin ulashayotganidan xavotir bildiriladi.

16 aprel kuni «Daryo» va «Hyuman.o‘z» saytlaridan sirli tarzda o‘chib qolgan bu murojaat 17 aprel kuni yana shu saytlarda qayta tiklandi. Kamiga «Kun.o‘z»da ham chiqibdi.

18 aprelga kelib, «Eltuz»ning «O‘zbekkinoda»gi manbasiga ko‘ra, kinochilar ikki lagerga ajralishgan, shikoyatga imzo chekkan ayrim shaxslar esa o‘z imzolarini qaytib olishganini bildirishmoqda.

Kinochilar shikoyati bilan tanishgan faol Farhod Akbarov “Kinochilarning boshlig‘i yomon bo‘lsa, yaxshi kinochilar qani?” deya savol qo‘yadi.

“Kinochilarning o‘zi yomon bo‘lsa, yaxshi boshliq qani?

Har ikkisi yaxshi bo‘lsa, yaxshi kino qani !?

Har ikkisi yomon bo‘lsa, bular nega va nimani talashmoqda?

Byudjetdan ajratilgan milliardlab pullarni nimaga sarflashmoqda?

Nega dehqon foyda-zararni gardaniga olib yashashi kerak?

Kinochi dehqonning puliga san'atkor bo‘lib, nega xalqni didsizlikda ayblashi kerak?

Nima uchun ularni xususiylashtirish haqida hech kim o‘ylab ko‘rmaydi?

San'atning barcha janr va yo‘nalishlari xususiylashtirilsagina haqiqiy iqtidorlarga ehtiyoj tug‘iladi, haqiqiy san'at asari dunyoga keladi.

Amaldorning bolasi amaldor bo‘lishi mumkin, ammo amaliga loyiq bo‘la olmaydi.

Shuningdek, san'atkorning farzandlari ham ota-onasi kabi yuksak san'atkor bo‘lishi mumkin emas.

Ya'ni ko‘lmak kuni kelib dengizga, ummonga aylanishi mumkin, ammo ummon o‘zidan kattaroq yana bir suv havzasiga aylanishi mushkuldir”.

«Eltuz» o‘z o‘quvchilari diqqatiga o‘zbek kinochilari bosh vazirga yo‘llagan maktubni to‘laligicha taqdim qiladi. O‘zingiz o‘qib xulosa chiqaring.

Ilova: Bosh vazirga murojaatning PDF matni.

eltuz.com

Tag‘in o‘qing
20 yanvar 2020
O‘zbekistonda Oliy Majlis Senatiga saylanganlarning aksariyati, to‘g‘riroq aytganda, asosiy roldagilar yana o‘sha eski amaldorlarning o‘zlaridir. Bundan avvalroq O‘zbekiston prezidentining ...
9 oktyabr 2019
Jamoat arbobi va konsalting shirkati direktori Aziza Umarova O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)ga qo‘shilish ehtimolini qattiq tanqid ostiga oldi. ...
30 sentyabr 2023
Shanba kuni Berlin markazida aylanib yurib, tasodifan bir nikoh to‘yining guvohi bo‘ldim. To‘y korteji bittagina aravachali velosipeddan iborat edi. ...
26 avgust 2016
Bag‘dod tumani mahalla faollaridan biri, eltuz.comga har bir qishloqda yashovchi 18 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan har uch kishi bir ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...