Asosiy mavzular
28 oktyabr 2020

Nega Xitoy mollariga boykot e'lon qilmaymiz?

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Frantsiya mollarini boykot qilishga chaqirdi. Tushundik. Xitoy mollariga boykot qilsak qandoq bo‘lar ekan, rais?

Xitoyning Sharqiy Turkistondagi uyg‘urlarga qilayotgan zulmini Yevropadagi musulmonlar duch kelayotgan muammolar bilan muqoyasa ham qilib bo‘lmaydi.

Uyg‘urlar ishg‘ol ostidagi o‘z ona yurtida milliy o‘zligi, tarixi va me'moriy qadriyatlaridan mahrum etilmoqda hamda ularning masjidlari yo‘q qilinmoqda. Millionlab uyg‘urlar kontslagerlarda majburiy mehnat qilmoqda.

Ularning ayollari bichilmoqda. Homilador uyg‘ur ayollar majburiy abort qildirish kabi dahshat bilan yuzma-yuz qolmoqda.

Qisqasi, bugun dunyoda hech bir millat uyg‘urlar kabi genotsid qilinmayapti. Kommunistik Xitoy qilmoqda bu genotsidni. Kechgan yilda BMTga a'zo 39 o‘lka imzolagan ochiq maktubda “Xitoy hukumati Sharqiy Turkiston uyg‘urlarini ozod qilsin!” degan talab yozilgan edi.

Bu maktubda Sharqiy Turkistonda xalqaro inson huquqlari hay'ati to‘liq faoliyat yuritishi lozimligi ta'kidlangan edi. Ammo bu maktubga imzo chekkan 39 davlat orasida Turkiya yo‘q. Umuman, o‘zini musulmon davlati deb biladigan birorta o‘lka bu maktubga imzo chekmagan!

Bahodir FAYZ,
«Eltuz» tahlilchisi, AQSh

Tag‘in o‘qing
4 fevral 2021
1 fevral kuni Urganch shahri fuqarolik sudi kelinga bokira chiqmaganlik aybini qo‘yib, uni videoga olib, internetda sazoyi qilgan bir ...
20 aprel 2023
Oliy sudda sovet davrida qatag‘on qilingan yana 208 nafar shaxs oqlandi. 30 yil kechikkan bo‘lsa ham olqishga loyiq ish.  ...
28 yanvar 2016
Prezidentlikni xohlamasangiz, birinchi xonimlikka nima deysiz? Sputnik internet nashri O‘zbekiston prezidentining kenja qizi Lola Karimova Instagram dagi rasmiy sahifasida ...
20 mart 2019
2005 yilning 20 mart kuni Qirg‘izistonda davlat to‘ntarishi yuz berdi. Parlament saylovidan norozi bo‘lgan muxolifatchilar dastlab o‘zbeklar zich yashaydigan ...
Bloglar
23 may 2023
Din ishlari qo‘mitasi “hajga yuboraman” degan «aprslar» gapiga ishonmanglar, deb, “lo‘xlar”ni ogoxlantirdi. Ammo lo‘x va ...
22 may 2023
O‘zbekistonning o‘risqul hukumati yana bir sanktsiyaga tushgan Ukrainaga qarshi urush aybdorini Toshkentga chaqirib siyladi. Ukrainadagi ...
20 may 2023
Eltuzning dushman emas balki do‘st ekanligini eng birinchi anglab tushunib yetgan ilk rasmiy kishi bu ...