ART-DURBIN
24 fevral 2021

Hijobdagi suluvlar rasmini chizgan rassom

Islomda ko‘p cheklovlar mavjud bo‘lsa-da, jinsiy mavzu doim e'tiborda. Xotin-qizlarga seksual ob'ekt sifatida qaralishi islom dinining ustunlaridan biri, desak adashmaymiz. Soch, qo‘l-oyoqlar, qomat… barchasi shahvat qo‘zg‘atuvchi unsurlar ekani diniy suhbatlarning bosh mavzusi.

Bugun sizga tanishtirmoqchi bo‘lganimiz AQShlik rassom Makan (Maks) Emadi ham islomiy erotizm mavzusidagi tasvirlarni yaratadi.

Asli eronlik Emadi yoshligida oilasi bilan Erondagi 1978 yil inqilobidan so‘ng AQShga ko‘chib ketadi. Sotsiologiya va psixiatriya yo‘nalishlarida o‘qib, ishlab, keyinchalik mustaqil ravishda rassomlik mahoratini egallaydi, chizishga bo‘lgan ishtiyoq ishqga aylanadi.

Uning kartinalarida qora hijobga burkangan go‘zal ayollar noz-ishvali nigohlar va ehtirosli bir maqomda namoyon bo‘lishadi.

Maks Emadi «islomiy erotizm» mavzuidagi to‘plam ishlarini taxminan 2002-2003 yillarda yaratib, ularning kontseptsiyasini AQShning Iroqqa urush ochishi bilan bog‘laydi.

G‘arb olamining globalizatsiya va demokratiya g‘oyalari targ‘iboti ostida o‘z qadriyatlarini boshqa o‘lkalarga singdirishga uringanini tanqid qiladi. Kartinalardagi hijob kiygan ayollarning o‘ta ehtirosli va yarim yalang‘och tarzda tasvirlanishi absurd va nonsens bo‘lgani kabi globalizatsiyaning natijalari shunday mantiqsiz, deb biladi rassom.

Emadi Erondagi diniy, ayollarning progressiv faoliyatiga bo‘lgan cheklovlarni kinoya orqali kartinalarida tanqid qiladi.

Bir necha yillar o‘tib uning «Islomiy ekstremizm» nomli yana bir turkum ishlari paydo bo‘ladi. Birinchi turkum rasmlarida AQShning g‘alabasi natijasida musulmon ayollarining g‘arblashuvi aks etgan bo‘lsa, ikkinchi turkumda terrorchilar g‘alabasi natijasida G‘arb ayolining hijobga kirishi tasvirlanadi.

Bu jarayonni tasvirlash uchun rassom Gollivudning mashhur yulduzlari siymosidan foydalanadi. Merilin Monro, Anjelina Joli, Megan Foks, Britni Spirs va boshqalar yuziga qora niqoblar va hijoblar tortiladi.

Rassom ishlaridan biriga «Femme fatale N°-8» nomini beradi, frantsuz tilidan tarjima qilganda «halokatli, kulfat keltiruvchi ayol» ma'nosini beradi. Fam fatal chiroyli, aqlli biroq fojeaga sabab bo‘luvchi ayollardir. Emadi tasvirlagan ayollarda shu xislatlarni ko‘rish mumkin.

Provokatsion va shov-shuvli bo‘lishiga qaramay, Emadining ijodi AQShda taqiq ostiga olinmaydi, aksincha, ko‘rgazma va galereyalarda namoyish etiladi. Biroq uning manzili tomon ko‘plab tahdid xatlari, e'tiroz murojaatlari bo‘lgan. Faoliyating dastlabki yillarida, oilam mening xavfsizligim uchun juda qayg‘urishgan, deb eslaydi u.

Emadi ijodiga nisbatan tanqidlar mavjud, albatta, ba'zilar uni provokatsiyada ayblasa, boshqalari ishlari professional chizilmagani va shov-shuv tufayligina tomoshabin e'tiboriga tushganini ta'kidlashadi.

Har qanday holatda Emadi ishlar o‘ylashga chorlaydi va, albatta, tomoshabinni befarq qoldirmaydi.

Akmal Rizaev
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
23 oktyabr 2017
O‘zbekiston parlamenti sputnik likobchalarini o‘zboshimcha o‘rnatishni taqiqlovchi qonun loyihasini taqdim qildi. Bu haqda 12 oktyabr kuni O‘zA agentligi xabar ...
21 aprel 2021
Shoir va siyosatchi Muhammad Solihning «Imperativ» kitobi «Eltuz» muxlislariga muallifning o‘zi o‘qigan audiokitob tarzida yaxshi tanish. Bugun «Eltuz» taniqli ...
1 noyabr 2015
Shuhrat Bobojon Eltuz.com Sichqon kabi mitti jonivor ulkan filni o‘ldirishi mumkin, degan gapni birinchi sinf o‘qituvchim Zevarjon opa ilk ...
15 noyabr 2023
Direktor shapaloq “tilpo‘ni yo‘q” ota onalardan maktab saytiga pul talab qildi. Smartfonga qurbi yetmaydigan, bolasining bilimini tekshira olmaydigan bunday ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...