Asosiy mavzular
15 noyabr 2023

Direktor «tilpo‘ni yo‘q» ota onalardan maktab saytiga pul so‘radi

Direktor shapaloq “tilpo‘ni yo‘q” ota onalardan maktab saytiga pul talab qildi. Smartfonga qurbi yetmaydigan, bolasining bilimini tekshira olmaydigan bunday otalarning padariga la'nat dedi. Ota onalar bu gapdan va maktabdagi pul yig‘di-yig‘dilaridan g‘azablanishmoqda.

Samarqandning Paxtachi tumani 31-maktab o‘quvchilarining ota-onalari Eltuzga murojaat qilib maktab harajatlariga, kitob ijarasiga, kundalik saytiga deya, hadeb pul yig‘ib olishayotganidan tashvish bildirishdi.     

«Maktabdagi pul yig‘dilardan charchab ketdik. Hali unga, hali bunga, direktor aytdi deb kunda muallimlar uyimizga pul so‘rab keladi. Kundalik.com degan sayt uchun 10 000 so‘mdan berdik, yana kitoblar ijara shartnomasi uchun 5000 so‘mdan so‘rayapdi» deya yozadi o‘z murojaatida Paxtachi turg‘unlari.

Murojaatlariga ular ilova qilgan ovozli yozuvda o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Xolmat Shamsiddinovning o‘qituvchilarga ota-onalar nomidan bolasining bahosini  tekshirish uchun saytga kirishni talab qilib «Padariga la'nat ota-onalarni» deya do‘q-po‘pisa qilganini eshitish mumkin.  

«Bizlarning ko‘pchiligimizda oddiy knopkali telefon bo‘lsa, qog‘oz kundalik bo‘lganida bolalarimizning baholarini tekshirib turgan bo‘lardik, hozirda Kundalik.com degan saytga kirish uchun smartfon kerak ekan. Ya'ni shapaloq telefon. Bu telefon qimmat, o‘zi ro‘zg‘orga pul bazo‘r topib turgan bo‘lsak, yana bolalarimiz har kuni o‘qituvchimiz urishayapdi, smartfon oling, kundalikka kiring deb xarxasha qilayapdi. Davlat o‘zi ota-onalarga shu telefondan hech bo‘lmasa sharoiti yo‘qlarga olib bersin bo‘lmasa. Kundalik.com sayti nega com va nega uz emas. Bundan ham kimdir chetda turib pul ishlayapdimi?» deya izohlaydi muammoni ota onalar o‘z murojaatida.

Ular shuningdek, Paxtachi tuman xalq ta'limi bo‘limida kutubxonachilar bo‘yicha metodist bo‘lib ishlaydigan pensiyaga chiqqaniga ancha yillar bo‘lgan Maston ismli ayol yupqa qog‘ozga bosilgan kitoblar «ijara shartnomasi» blankasini 2 nusxadan ota onalarga 5000 so‘mdan tarqatish uchun direktorga keltirib berganini iddao qilishmoqda.

«Shu kampirni juda pulga o‘ch deb eshitganmiz. Arzimagan shirg‘anoq qog‘ozi uchun direktorlardan 5000 so‘m so‘rayapti ekan. Buning isbotini esa 31 maktab direktori Sa'dinov Farruxning ovozli yozuvidan eshitib ko‘rib tasdig‘ini bilishingiz mumkin» deydi ota onalar.

Kambag‘allarga smartfon obersin hukumat deyishmoqda ular. Hatto zaharli chayonni ham tushunish mumkin degan edi bir o‘zbek shoiri.

Audioda chindan ham maktab direktori o‘z bolalarining bilimini tekshirishga ham qurbi yetmagan, hatto tilpuni yo‘q bunday ota onalarning padariga la'nat deydi.

Bunday olib qaralsa, pasportiga qashshoq deb yozilgan bu ota-onalarning padarlari Karimov davridagi maktablarda, undan ham nari sovet maktablarida o‘qishgan. Ularga hech kim o‘qisang biring ikki bo‘ladi, qimmat shapaloq tilpun olasan, farzandlaring yetuk inson bo‘ladi demagan.

Ularni tushunish mumkin. Ikkita shirg‘anoq qog‘ozni ularga 5000 so‘mdan pullamoqchi bo‘lgan Maston kampirni ham. Ularni bunga o‘sha davr domlalari o‘qitgan,  21 asrda esa olimlik dissertatsiyasi qog‘ozga yozilmaydi va uni sardoba toshqini oqizib ketmaydi. Chunki u internetdagi bulutlarga yoziladi. Buning uchun ham kamida smartfon kerak. Eltuz kanalini kuzatish uchun ham kerak smartfon. Kanalimizga obuna bo‘ling, videolarimizga layk bosing.

Tag‘in o‘qing
30 iyun 2021
Shovot tumani hokimligi 28 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “G‘alla rejasini bajargan fermerlardan qo‘shimcha g‘alla talab qilinmoqda” mazmunidagi xabar ...
25 mart 2019
Rossiya va Xiva xonligi o‘rtasidagi Gandimiyon shartnomasiga ko‘ra, 1873 yili Xiva xonligida quldorlik bekor qilindi. O‘sha yilning 12 avgustida ...
23 aprel 2018
Joriy yilning birinchi choragida O‘zbekiston byudjetidan 4 million dollardan ortiq mablag‘ o‘marilgan. Bu haqda Moliya vazirligiga asoslanib, mamlakatning bir ...
10 yanvar 2025
Aziz va mukarram, qadrli va mehribon, ko‘zi qora, qoshi qora yurtdoshlarim. Mana xapta aylanib siz bilan yuzma yuz, betma ...
Bloglar
23 yanvar 2025
O‘zbekiston mudofaa vaziri Xolmuxammedov bosqinchi gazanda Rossiya bilan 2026-2030 yillarda harbiy sohada strategik hamkorlik dasturi ...
20 yanvar 2025
O‘zbekiston prezidenti uyida yirtqich hayvon¸ ilon va xasharotlarni boqadiganlar jazolanishi haqidagi qarorni 16 yanvar kuni ...
12 yanvar 2025
Turli mavzularga o‘z qarashi bilan farqlanadigan bloger Kirpi Prezidentning 380-sonli qarori asosida 1000ta kitobning o‘zbek ...