Asosiy mavzular
2 mart 2021

“Farzandlarim tirikmi-yo‘qmi, bilmayman”: Xitoydan qochgan uyg‘urlar hikoyasi

“Qizlarim qaerdaligini bilmayman. Xotinim esa kechalari bilan uxlay olmaydi. Men g‘amga botdim”. O‘n minglab odam qatori Xitoyning “qayta tarbiyalash lagerlariga” jo‘natilmaslik uchun Turkiyaga qochib ketgan ikki uyg‘ur hikoyasi.

“Besh yildan buyon men oilam bilan bog‘lana olmayapman. Otam vafot etganini esa vafotidan bir yil o‘tibgina bildim”, deydi 32 yoshli Abdushukur ko‘zlarida yosh bilan. U Turkiyadagi 50 ming kishilik uyg‘ur jamoasi markazi hisoblangan Istanbulning Zaytunburni tumanida yashaydi.

Namoz o‘qigani uchun “qayta tarbiyalash lagerlariga” yuborilgan

Turkiyaga qochgan uyg‘ur Abdushukur

Abdushukur – Sharqiy Xitoyning aksariyat uyg‘urlar yashaydigan Shinjon-Uyg‘ur muxtor tumanidan Turkiyaga qochib ketganlardan biri. Xitoy ma'murlari uyg‘urlarni odamlar g‘ayriinsoniy sharoitda saqlanayotgan “qayta tarbiyalovchi” deb nomlanadigan lagerlarga yuborayotgani to‘g‘risida dalillar ko‘paymoqda. U yerda an'anaviy tarzda islom diniga sig‘inuvchi etnik ozchilik o‘z dini, madaniyati va tilidan voz kechishga majbur qilinmoqda.

“Biz Sharqiy Turkistonda (Shinjonning tarixiy nomi – tahr.) doimiy ta'qiblarga uchragan edik, – deydi Abdushukur. – Ko‘plab odamlar “qayta tarbiyalash lagerlariga” namoz o‘qiganliklari uchun yuborilgan”.

“Men faqat o‘zim uchun emas, balki oilam uchun ham qo‘rqardim, – deydi u. – Shuning uchun Turkiyaga qochishga qaror qildim”. O‘shandan beri u onasi bilan faqat bir martagina gaplasha olgan, xolos. 

“Turkiyadagi uyg‘urlarga qarindoshlari (Xitoyda qolgan – tahr) bilan gaplashish taqiqlangan”, deya tushuntiradi Abdushukur. Uning so‘zlariga ko‘ra, millionlab uyg‘urlar lagerlarga jo‘natilgan. O‘z navbatida, inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar ham kamida million kishi bunday “qayta tarbiyalanish legerlarida” qolmoqda, deb hisoblaydilar.

Deportatsiyadan qo‘rqish

U do‘stidan otasining o‘limi haqida eshitgach, onasiga qo‘ng‘iroq qildi: “Onam otamning o‘limini tasdiqladi va “Bizni boshqa bezovta qilma. Agar ular bu haqida bilib qolishsa, bizni ham ta'qib qilishadi”, deya ogohlantirdi”. O‘shandan beri ular boshqa gaplashmadilar. 

Abdushukur Istanbulda foydalanilgan mobil telefonlar do‘konida ishlaydi. U, shuningdek, fursat topilishi bilan Xitoydagi uyg‘urlar zulmiga qarshi namoyishlarda qatnashadi va ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘z vatanidagi muammolarga jamoatchilik e'tiborini qaratishga harakat qiladi.

Buning natijasida u turk hukumati tomonidan ikki marta hibsga olindi. Do‘sti unga qarshi tergov olib borilayotganini aytganda, Abdushukur chin ma'noda sarosimaga tushdi: u Turkiya fuqaroligiga ega emas va shuning uchun Xitoyga qaytarib yuborishlaridan qo‘rqardi. Hozir ham Turkiyadagi ko‘plab uyg‘urlar qo‘rquv ostida yashamoqdalar: Anqara yaqinda Pekin bilan ularni ekstraditsiya qilish to‘g‘risida kelishuvni tasdiqlashi mumkin.

Besh farzandning otasi O‘mar Farruh Turkiyada bitta qizi bilan

Ikki qizalog‘i bedarak yo‘qolgan

31 yoshli Umar Farrux besh farzandning otasi. U 2016 yilda Shinjon-Uyg‘ur muxtor tumanining Korla shahridan Turkiyaga ko‘chib o‘tgan. Allaqachon Turkiya fuqaroligini olgan bo‘lsa-da, uning ham o‘z dardi bor: ikki yosh qizini Xitoyda qoldirishga majbur bo‘lgan edi.

Farrux o‘sha kunni yaxshi eslaydi. Besh yil avval xotini unga qo‘ng‘iroq qiladi. O‘sha paytda u Saudiya Arabistonida mehnat migranti sifatida ishlayotgan edi. Xotini uylariga Xitoy politsiyasi kelib, pasportlarini tortib olishga harakat qilganini aytadi. Farrux rafiqasiga pasportlarni keyinchalik politsiyaga o‘zi olib borishini aytishini, keyin esa zudlik bilan Turkiyaga samolyot chiptalarini sotib olib, imkon qadar tezroq yashirinishi kerakligini tayinladi. Ammo bir muammo bor edi: ularning biri uch yosh, ikkinchisi bir yarim yosh bo‘lgan kenja qizlari pasportga ega emas edi. Natijada Farrux uch farzandi bilan Turkiyaga yolg‘iz uchib ketdi, uning rafiqasi esa ikki bolasi bilan Xitoyda qoldi.

“Xotinim ham keyinroq Turkiyaga keldi, u bolalarni qaynonamga qoldirgan. Akalarim bizga yordam berishni va qizlarimizni Turkiyaga olib kelmoqchiligini bildirishdi”, dedi u. Biroq buni amalga oshirishning imkoni bo‘lmadi – akalari hibsga olindi, qaynonasi esa “qayta tarbiyalash lageriga” yuborildi. “Men ikki qizimning hozir qaerdaligini bilmayman”, deydi u.

Umar ularning umuman tirik yoki yo‘qligini bilmaydi – oilasi bilan aloqasi butkul uzilib qolgan. “Xotinim butunlay tushkunlikka tushgan, tunda uxlay olmaydi. Farzandlarim singillaridan boshqa hech narsani o‘ylamaydilar. Ular: “Dada, qachon ular yana biz bilan birga bo‘lishadi?” deb so‘rashadi. Men esa umidsizlikka tushaman. Ularni ham lagerga yuborishdimi? Hech kim bilmaydi”.

Uning aytishicha, boshqa mamlakatlarga ko‘chib ketgan uyg‘urlar o‘z oilalarini Xitoydan olib chiqib ketishga erishishgan: “Xuddi shunday ahvolga tushgan, Avstriya yoki Misr fuqarosiga aylangan uyg‘urlar o‘z farzandlari va oilalarini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lishdi”.

Xitoy hukumati uning farzandlari haqida hech qanday ma'lumot bermayapti. “Biz Pekindagi elchi bilan bir necha bor bog‘landik, ammo natija yo‘q”, dedi Farrux. Biroq boshqa ko‘plab uyg‘urlardan farqli o‘laroq, Umar Farrux hech bo‘lmaganda surgun qilinishdan qo‘rqmaydi. U muntazam ravishda Xitoyning Istanbul va Anqaradagi vakolatxonalari oldida namoyishlarda qatnashadi. 

“Boshqa uyg‘urlar xavotir va bezovtalikda hayot kechiradilar, – deydi u. – Ekstraditsiya qilinishdan qo‘rquv ularning doimiy hamrohidir”.

Manba: Deutsche Welle

Tag‘in o‘qing
7 yanvar 2020
Markaziy Osiyo arxeologiyasi va me'moriy restavratsiyasi asoschisi Mixail Masson tug‘ilganiga 2017 yilning dekabrida 120 yil to‘ldi. Biroq Arxeolog izlanishlar ...
11 may 2020
Sardoba to‘g‘oni o‘pirilishi oqibatida suv bosgan uy tomidagi sigir videosi ijtimoiy tarmoqda keng tarqaldi. Suv bosqini oqibatida 1 may ...
24 noyabr 2023
– Mana xafta zuvv etib aylanib yana siz bilan yuzma yuzman. MS: Ovong og‘o, bugun beshlanjiy gun. Gurungni sizdan ishitamiz. ...
28 mart 2023
Toshkent markazidagi muzeyda Rauf Parfi haykali tantanali ochilgani va Karimov davrida xor zor bo‘lgan Cho‘lpon portreti namoyish qilingani haqidagi ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...