Asosiy mavzular
23 avgust 2021

69 yoshli otaxon mashinasiz qoldi

Qoraqalpog‘iston Respublikasining To‘rtko‘l tumanidagi “Sho‘raxon” ovul fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi 69 yoshli Sulton Rahimov mashinasiz qoldi. 

U 2019 yil 6 noyabrda “Cobalt” mashinasi xaridi uchun “Beruniy avto savdo” MChJga 87 million 400 ming so‘m to‘lov qilgan edi. Oradan 2 yil o‘tdi, ammo   otaxonning muammosi yechilmadi.

“Eltuz” muxbiri holatni o‘rganish maqsadida tomonlar bilan gaplashdi.

“Otamga mashina sovg‘a qilmoqchi bo‘lib, ancha yillardan buyon pul yig‘ib yurardim, – deydi Sherzod Rahimov. – Ozroq pul to‘planganidan so‘ng otam “Cobalt” uchun to‘lov qilgan. 

Bu orada men Rossiyadan kelib, Toshkentda qora ishchi bo‘lib ishlab yurgandim. Oradan hech qancha o‘tmay, mashinadan xabar olgani borsa, chek va to‘lov qog‘ozida muammo borligini aytishgan, so‘ng mashinaga to‘lov qilinmagan, deyishgan. 

Otam bu holat bo‘yicha dastlab tuman sudiga, so‘ng prokuraturaga, Oliy sudga, Bosh prokuraturaga ariza bilan chiqdi. Xullas, bormagan joyi qolmadi. Hozir otam qand kasali bilan og‘rib yotibdi”.

“Eltuz”ga taqdim etilgan hujjatlarda mashinaga to‘lov qilgan MChJ muhri aks etgan.

“Beruniy avto savdo” MChJ direktori Ne'mat Turdiev pul to‘lovi haqida o‘zining iddaolarini keltirib o‘tdi.

“Pulni hisobchimiz Jasur Matkarimov olgan va u bizning hisobga kelib tushmagan, -deydi Ne'mat Turdiev. – Ammo ularga taqdim etilgan hujjatda MChJ muhri bosilgan. 

Holat bo‘yicha bir yildan oshiqroq vaqt davomida surishtiruv o‘tkazildi. Biz xodimga nisbatan chora ko‘rilishini, korxona nomidan qilgan ishlariga javob berishini so‘raganmiz”.

Nukus prokuraturasi mulozimi “Beruniy avto savdo” MChJ hisobchisi Jasur Matkarimov bilan bog‘liq masala o‘rganilgani, u bilan bog‘liq 5 ta shunday holat yuz berganini ma'lum qildi. 

Uning bildirishicha, 3 nafar fuqaroga pullari qaytib berilgan. Qolgan ikki nafariga berilgan muddatda pullarni qaytarish imkoni bo‘lmagan va qonuniy chora ko‘rilgan.

2020 yil dekabrda Ellikqal'a tumani sudi tomonidan dastlab Jasur Matkarimovga 5 yil ozodlikdan mahrum etish belgilanadi, tomonlar qarshi chiqib, pulni qaytarib bersa, boshqa da'vosi yo‘qligini aytadi. 

Shunda hisobchi Jasur Matkarimovga 6 oy muhlat berilgan. Biroq bu muddat ichida Sulton Rahimovdan olingan pullar qaytarilmagan va u sud belgilagan muddatga qamalgan.

Tag‘in o‘qing
12 aprel 2017
Raxmat Aqilov Shvetsiyaga kelguniga qadar ham radikal kayfiyatda bo‘lganini yozadi shved nashrlari. Foto: expressen.se U Shvetsiyaga 2014 yili Turkiya ...
5 yanvar 2017
Karimov davrida yirik moliyaviy jinoyatlarda ayblanib 18 yilga qamalgan Zeromaks shirkati ijro direktori Mirodil Jalolov ozodlikka chiqdi, ilgari Toshkent ...
8 noyabr 2017
8 noyabr kuni Andijon shahri rastalarida bir kilo mol go‘shti narxi 36 ming so‘mga ko‘tarildi. Andijondagi «Eski shahar» va ...
21 oktyabr 2022
Bir paytlar musulmon dunyosida katta nufuzga ega Turkiston mamlakatlarining xalqaro obro‘si butunlay tushib, ularning xoin hukmdorlari keyinchalik ham Rossiya ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...