Asosiy mavzular
4 mart 2022

DBQ rahbarlari haqidagi e'lon yuzasidan bildiruv

Bugun @eltuz O‘zbekiston Davlat Bojxona Qo‘mitasi rahbariyati ishi yuzasidan surishtiruv olib borilayotgani haqida xabar bergan edi.

Surishtiruvlar  nihoyalab qolgan va DBQ rahbariyati haqidagi maqola kelgusi hafta so‘ngiga qadar nashr qilinishi rejalashtirilgan edi.

Olingan yangi ma'lumot, faktlar va hujjatlarni sinchiklab o‘rganish chog‘ida @eltuz tahririyatga yo‘llangan dastlabki ma'lumotlarning aksari bo‘hton va uydirma ayblovlarga asoslanganini aniqladi.

Ma'lum bo‘lishicha, @eltuz ga yo‘llangan mazkur uydirma ayblovlar ortida Davlat Bojxona Qo‘mitasida rahbar lavozimlarda ishlayotgan va avval ishlagan bir guruh shaxslar turibdi.

Bir necha oy oldin DBQga rais etib tayinlangan Akmalxo‘ja Mavlonov qo‘mitada ildiz otgan korruptsiyaga qarshi ayovsiz kurash boshlagan.

Uning printsipialligi va murosasizligi o‘z vakolatlaridan foydalanib, uzoq vaqt davomida davomli va yirik daromad ko‘rib kelgan qo‘mitadagi ba'zi mas'ul xodimlarning norozligini uyg‘otgan.

Aynan mana shu norozilik ularni DBQ raisiga qarshi “yumaloq xat” yo‘llashga asos bo‘lgan.

Biroq, ular taqdim etgan faktlar o‘z isbotini mutlaqo topmagach, @eltuz o‘zining bugungi e'lonini olib tashlashga qaror qildi.

Akmalxon Mavlonovga nisbatan qo‘yilgan assossiz ayblovlar va noto‘g‘ri ma'lumotlar tekshirilmasdan chop qilingani uchun @eltuz DBQ raisidan samimiy uzr so‘raydi.

@eltuz DBQda tub islohotlar boshlab yuborgan Akmalxo‘ja Mavlonov ishiga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi.

@eltuz

Tag‘in o‘qing
16 dekabr 2016
Konstitutsiyada prezident faqat ikki marta saylanish huquqiga ega ekani belgilanganiga qaramay, O‘zbekistonning marhum rahbari 25 yil davomida lavozimidan ketmay, ...
25 iyul 2017
To‘ytepa shahri Toshkent viloyati markaziga aylantirilarkan, uni smart – «aqlli» shaharga aylantirish uchun 2 milliard dollar sarflanadi. Prezident Mirziyoevning ...
14 dekabr 2016
«XXI asr» gazetasi (08.12) bosh vazirning virtual qabulxonasiga kelayotgan murojaatlarga oid navbatdagi maqolani e'lon qildi. «Murojaatlar haqqoniy bo‘lsa..» sarlavhali ...
12 fevral 2020
Gapning qisqasi, «Ilhom» teatrini o‘z o‘rnida qoldirishga erishildi. Ammo Toshkentdagi «Ilhom» teatri atrofida gap chuvalashdi. Ijtimoiy tarmoqlarda «Ilhom» teatr ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...