Asosiy mavzular
12 aprel 2022

Havoga sovurilayotgan 500 milliard haqida

Kollumnist Komil Jalilov 12 aprel kuni o‘zbek va rus tillarida gazeta.uz nashrida chop etilgan maqolasida o‘quvchilari e'tiborini bugungi o‘zbek matbuotining achinarli ahvoliga qaratdi.  

«Qanday qilib hamyurtlarimizning ongiga o‘nlab kanallar va 500 mlrd so‘mdan ortiq byudjetga ega Milliy teleradiokompaniya (MTRK) emas, xorijiy mamlakat telekanallari ta'sir qilmoqda? Nima uchun «aholiga ob'ektiv va ishonchli xabar yetkazish, O‘zbekiston mediamakonini sifatli axborot-tahlil mahsulotlari bilan boyitish, siyosat, xavfsizlik, iqtisod, madaniyat, ilm-fan va sport, shuningdek boshqa davlatlardagi muhim voqealarni tezkorlik bilan yoritish» maqsadlarida tashkil etilgan mamlakatning asosiy axborot kanali Rossiya federal kanallariga ommaboplikda yutqazmoqda, tomoshabinlar esa mahalliy televidenieda joylardagi haqiqiy muammolar haqida reportajlar va ijtimoiy-siyosiy teleko‘rsatuvlar yetishmaydi, deb hisoblashadi?».

«Haftaning asosiy dasturida boshqa muhim yangiliklar uchun efir vaqti yetmadi. Ukrainadagi voqealar tahlili, BMT Inson huquqlari kengashida Rossiya a'zoligini to‘xtatib turish bo‘yicha ovoz berishda O‘zbekiston pozitsiyasi bo‘yicha izoh, Pokistondagi siyosiy inqiroz sabablari, klasterini o‘zgartirishga majburlanayotgan fermerlar ishi bo‘yicha tushuntirish — bularning barchasi e'tibordan chetda qolib ketdi».

Gazeta.o‘z kolumnisti bizning nashrlarimiz jim turgan paytda, xorijiy ommaviy axbrot vositalari odamlarimiz ongini egallayotgani haqida savollar bermoqda.

Faqat horijiy (yoki rus matbuoti) aybdormi?

Aslida muammo zaiflashgan milliy zehniyatga ega o‘zbek matbuotiga sarflanayotgan milliardlardan ko‘ra jiddiyroqdir. Masalan, O‘zbekistonda Rossiya Atom elektrostantsiyasi qurilishi kabi g‘oyani maqomiga yetkazib targ‘ibot qilgan ham aslida o‘zbek nashrlari bo‘lgan edi. Bu g‘oya amalga oshirilishidan sal oldin MTRK negizida yangi “O‘zbekiston 24” kanalini tashkil etish uchun o‘zbek jurnalistlari Rossiya kanallari mutaxassiclari qo‘lida malaka oshirishgan. Natijada “O‘zbekiston 24” ikki tomchi suv kabi “Rossiya 24” kanalining o‘xshash nusxasi sifatida tashkil topgan edi.

O‘tgan 2021 yilning 3 may kuni, Toshkentda o‘tkazilgan xalqaro erkin matbuoti kuniga bag‘ishlangan anjumanga sharafli mehmon sifatida, taqdirning hazilini qarangki, Rossiya dunyoni bir lahzada radiatsion kulga aylantirishi mumkinligini bashorat qilgan rossiyalik teleboshlovchi Dmitriy Kiselev taklif etildi.

O‘zbekiston Oliy O‘quv yurtlari jurnalistika fakultetlarida ham ayni shu rus propaganda mashinisti master klasslar o‘tkazdi.

Propaganda o‘z yo‘liga deyish mumkin. Lekin, Mavr o‘z ishini allaqachon qilib ulgurgan edi. Endi siz O‘zbek boshqaruv elitasiga joylashtirilgan o‘risqul mulozimlar kasofati bilan O‘zbekistonda qurilishi kerak bo‘lgan Rossiya Atom Elektrostantsiyasi yaqin kelajakdagi kasofati haqida o‘ylang.

Ukrainada Rossiya boshlagan urush bois Rosatomga nisbatan jazo choralari qo‘llanilsa, O‘zbekistondagi soliq to‘lovchilar cho‘ntagiga yemagan somsasi uchun qancha zarar yetishi, bu g‘oyaning xalq boshiga keltiradigan kulfati haqida o‘ylang.  

Zombi ritorikasi, feyklar va memlar

Jalilov O‘zbekistonda Rossiya kanallarini ko‘rib unib o‘sgan avlodning xiralashgan ongidagi stereotiplarni bir nechta jumlaga joylaydi. Muallifning ayni xulosalari Bi Bi Si jurnalisti o‘tkazgan so‘rovnomada ham aks etgan:

«Baribir Ukraina oldindan, eskitdan Rossiyaning yeri». «Ukrainaning qilayotgan ishiga qo‘shilmayman, Rossiyanikini to‘g‘ri deb bilaman». «Biz ham Rossiyaga bo‘ysunamiz». «U erda odamlar halok bo‘layotgandi, shuning uchun ham hammasi boshlanib ketdi». «Rossiya o‘zi chiqargan xabarlarda Ukrainada tinch aholiga hujum qilinmayotganligini aytishgan o‘zlari». «Zelenskiy xalqdan foydalanyapti». «Buchadagi qirg‘in sahnalashtirilgan edi».

Jalilovga ko‘ra, turli sabablarga ko‘ra, xorijiy tillarni bilmaslik, muqobil axborot manbalarini qidirishni xohlamaslik, tanqidiy fikrlash ko‘nikmalari bilan bog‘liq muammolar — ko‘plab o‘zbekistonliklar uchun dunyoda sodir bo‘layotgan voqealar, shu jumladan Rossiyaning Ukrainaga bosqini — yoki Rossiyada aytiladiganidek «denatsifikatsiya va demilitarizatsiya qilish bo‘yicha maxsus operatsiya» — haqidagi xabarlarning asosiy, va ehtimol yagona manbasi Rossiya davlat telekanallari bo‘lib qolmoqda.

Ular bo‘lsa memga aylangan «hochga parchinlangan bolakay» syujeti an'analariga rioya qilgan holda Ukraina Rossiya serialini suratga olish uchun mo‘ljallangan manekenlardan jasadlar sifatida foydalanilayotgani, 10 yil oldin yo‘q qilingan zavod omborxonasini minalayotganligi, yuqumli kasallikni tarqatish uchun ko‘chmanchi qushlardan foydalanishni rejalashtirayotganligi va hattoki «slavyanlarni o‘ldiradigan genetik qurolni» (bunda ukrainlar ham xuddi ruslarga o‘xshagan slavyanlar ekanligini yoddan chiqarib) ishlab chiqayotganligiga ishontirmoqchi bo‘lishmoqda. Bundan tashqari, «denatsifikatsiya va demilitarizatsiya qilish bo‘yicha maxsus operatsiya bilan faqat Ukraina bilan cheklanib qolmasligini» taklif qilishmoqda hamda O‘zbekiston OAVlari va blogerlarini tanqid ostiga olishmoqda.

O‘zbeklar badiga urgan “badiiy pafos”

Jalilov o‘z maqolasida, O‘zbekiston televideniesidagi asosiy axborot-tahlil dasturi bo‘lmish «Tahlilnoma» ko‘rsatuvining 10 aprel kuni efirga uzatilgan sonini tahlil qiladi. Uning yozishicha, qariyb ikki soat davom etgan dastur Navoiy viloyatida yangi konlar ochilganligi haqidagi xabardan boshlanadi. Boshlovchi esa bu «prezident tomonidan geologiya sohasini rivojlantirish, zavolga yuz tutayotgan sohani qayta oyoqqa qo‘yish borasida amalga oshirilayotgan qat'iy islohotlarning natijasi» ekanligini eslatib o‘tadi. Dastur davomida o‘tgan hafta voqealari xronologiyasi beriladi: qo‘shni mamlakatlar prezidentlari bilan telefon muloqotlari, loyihalar taqdimotlari va ob'ektlarning ko‘zdan kechirilganligi, selektor yig‘ilishlari.

Keyin esa MTRK versiyasiga ko‘ra, o‘tgan haftaning eng asosiy xabarlari boshlanadi. Masalan, prezidentning Islom tsivilizatsiyasi markaziga tashrifi buyuk ajdodlar haqidagi tarixiy «ekskurs»dan boshlanadi. Umuman olganda, axborot va tahlil uchun to‘g‘ri kelmaydigan «badiiy-pafosli» uslub yurtimizdagi davlat OAVlari jurnalistlarining sevimli uslubidek tuyuladi.

Haftaning asosiy dasturida boshqa muhim yangiliklar uchun efir vaqti yetmadi. Ukrainadagi voqealar tahlili, BMT Inson huquqlari kengashida Rossiya a'zoligini to‘xtatib turish bo‘yicha ovoz berishda O‘zbekiston pozitsiyasi bo‘yicha izoh, Pokistondagi siyosiy inqiroz sabablari, klasterini o‘zgartirishga majburlanayotgan fermerlar ishi bo‘yicha tushuntirish — bularning barchasi e'tibordan chetda qolib ketdi.

Efir bo‘shlig‘ini to‘ldirayotgan mafkura

Maqola muallifi, «Tahlilnoma» bilan birgalikda MTRKning asosiy kanali bo‘lmish «O‘zbekiston»ning haftalik teledasturlari rejasini ham tahlil qiladi.

Uning tushuntirishicha, televidenie efirida o‘zbekistonliklarga dunyoda nima ro‘y berayotganini tushuntiradigan, nima fakt va nima feyk ekanligini anglashda yordam beradigan, turli xil muhim masalalar bo‘yicha O‘zbekiston pozitsiyasini tushuntiradigan bitta ham ko‘rsatuv yo‘qligining guvohi bo‘lish mumkin.

Bunday dasturlarning o‘rnini Rossiyaning «Pervыy» kanalidagi deyarli uzluksiz «axborot kanali», «Rossiya 1» kanalidagi siyosiy tok-shoular va Solovev, «Zvezda» kanalidagi «ochiq efirlar», va albatta 24 soatlik «Rossiya 24» kanali bajonidil egallab olgan. Ushbu kanallarning aksariyati OAV to‘g‘risidagi qonunlar va xolisona jurnalistika tamoyillarini buzganligi uchun Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida taqiqlangan.

Ong zaifligi – milliy jurnalistika uchun ogohlik signali bo‘lishi kerak

Jalilovning fikricha, BBC o‘zbek xizmatining so‘rovini jurnalistlarimiz ogohlik signali sifatida qabul qilishlari kerak. Bu — kontent jihatidan ham, axborotni yetkazish jihatidan ham nimanidir o‘zgartirish kerakligi haqidagi signal. Jamiyat qandaydir xorijiy mamlakat kategoriyalari asosida fikr yuritmasdan, mustaqil fikrga ega bo‘lishi uchun sifatli axborot va sifatli tahlil kerakligi haqidagi signal. Va soliq to‘lovchilar cho‘ntagidan to‘lanayotgan yarim trillion so‘mni yurtdoshlarimiz axborot olish uchun birinchi navbatda ularga murojaat qiladigan tarzda sarflash kerakligi haqidagi signal. “Kasalxonalar va jarrohlik bo‘limlari sterillangan bo‘lishi lozimdir, lekin suveren davlatning «asosiy axborot kanali» maqomiga da'vo qilayotgan kanalda bunga hojat yo‘q”, deya yozadi Jalilov.

@eltuz

Tag‘in o‘qing
5 aprel 2022
AQSh prezidenti Jo Bayden Vladimir Putinni harbiy jinoyatchi deb atadi va rus harbiylari tomonidan Buchada tinch aholining o‘ldirilishi uchun ...
20 aprel 2024
Farg‘ona viloyatidagi va umuman vodiydagi barcha professional jurnalist va ziyolilarga ikki og‘iz gapim bor. Vodiy azaldan mehmondo‘stligi bilan tanilgan. ...
25 iyul 2017
To‘ytepa shahri Toshkent viloyati markaziga aylantirilarkan, uni smart – «aqlli» shaharga aylantirish uchun 2 milliard dollar sarflanadi. Prezident Mirziyoevning ...
19 dekabr 2017
Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir tumani ustalari «Ferrari» avtomobilining nusxasini yaratishdi. Eng qizig‘i, unga «Zaporojets» avtomobili motori o‘rnatilgan. «Eltuz» nashrining Urganchdagi ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...