Asosiy mavzular
22 oktyabr 2022

Toshkent muzeyidagi «Cho‘milayotgan ayol» magniti

Shu kunlarda Lixtenshteyn Knyazligida o‘tkazilgan madaniy tadbirda, “Yuzuk e.V.“ nodavlat notijorat tashkiloti ijrochi direktori Dilbar G‘afforovaning, «O‘zbekiston tasviriy san'ati» mavzuidagi g‘ayrioddiy taqdimoti yig‘ilganlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Yurtimizning qadimiy tarixi, Buyuk Ipak yo‘li, etnografik madaniyatiga oid, kutilgan va odatiy ma'lumotlar taqdimotning kichik bir qismi bo‘ldi xolos. Asosiy urg‘u Toshkent, Nukus, Urganchdagi muzeylarida avaylab saqlanib kelinaetgan, Yevropa klassik rassomlarining mashhur asarlariga qaratildi.

O‘zbekistonda Belloli, Benua, Kandinskiy, Kuinji, Malevich, Shishkin, Repin, Serov kabi butun dunyoga mashxur rassomlarining Markaziy Osiyodagi eng boy kollektsiyasi mavjud.

Madaniy tadbir Lixtenshteyn davlat muzeyi, O‘zbekiston Respublikasining Frankfurt-Mayn shahridagi Bosh konsulligi va Tatyana Vorm-Savosskaya hamkorligida tashkil etildi.

Hozirda Germaniya fuqarosi bo‘lgan, asli termizlik virtuoz musiqachi Tatyana Vorm-Savosskaya Toshkentdagi Davlat konservatoriyasida tahsil olgan. Tatyana, tadbirda «Sharq va G‘arb uchrashuvi» nomli kontsert dasturini taqdim qilib, Bax, Raxmaninov va professor Avaz Mansurov kuylarini ijro etdi. Musiqachi o‘z faoliyati bilan O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi madaniy aloqalarni rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shmoqda.

Shuningdek dasturda O‘zbekiston Respublikasi Bosh konsulligi xodimlari ishtirok etib, O‘zbekiston va o‘zbek tili haqida keng ma'lumot berishdi, Vatanimiz haqida qisqa metrajli film namoyish etildi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh konsulligi boshchiligida shu kabi tadbir allaqachon Shvettsingen shahrida o‘tkazilgan bo‘lib, yaqin kelajakda Karlsrue shahrida ham Tatyana Vorm-Savosskaya bilan hamkorlikda madaniy tadbir o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
Kecha so‘ngida, yuqorida tilga olingan, O‘zbekistonda tasviriy san'atning rivojlanishi to‘g‘risida prezentatsiya bo‘ldi.

Kechaning faxriy mehmonlari orasida knyaz Yurevskiy (Aleksandr II Romanovning nevarasi) va uning rafiqasi knyaginya Elikonida Yurevskaya ham bor edi, ular Toshkentdagi san'ai muzeyida saqlanayotgan, Bellolining «Cho‘milaetgan go‘zal» kartinasini ko‘rib xayratlanishdi va asar haqidagi ma'lumotlarga qiziqib qolishdi. Kartina 19 asr oxiri 20 asr boshlarida, Romanovlar xonadonidan bo‘lgan buyuk knyaz Nikolay Konstantinovichning badiiy to‘plamida joy olgan durdona asar, knyazning faxri edi. Ushbu noyob san'at asarining mashxurligi nafaqat rassom mahorati, balki uning atrofidagi afsonalar bilan ham bog‘liq. San'atshunos Boris Chuxovichning ma'lumotlariga ko‘ra, rasmni devor ichiga yashirilishi va guyoki uning 20-asrning 30-yillarida qayta topilishi haqidagi hikoyalar haqiqatdan yiroq. Tadbir qatnashchilari Nukus shahridagi Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston san'at muzeyi, Urganch shahridagi zamonaviy san'at muzeyi (CAMUZ) dagi badiiy kollektsiyalarni tomosha qilish, umuman olganda O‘zbekistonga tashrif buyurish istagini bildirishdi.

Dilbar G‘afforovaning taqdimoti xronologik uslubda tuzilgan bo‘lib, ulkan davr ichida rang tasvir san'ati rivojlanishi tarixi, turfa madaniyatlar ta'sirida shakllangan yangi janrlar mavzusiga bag‘ishlandi. Antik davr tasviriy san'ati Fayoz-tepa, Varaxsha va Afrosiyob xarobalaridan topilgan devoiy rasmlar misolida, O‘zbekistonning zamonaviy tasviriy san'ati esa xozirda faoliyat yuritayotgan iqtidorli rassomlar asarlari misolida ko‘rsatildi.
Mamlakatimizdagi turfalik, zamonaviy san'at sohasida fikr va janrlar erkinligi, O‘zbekistonning zamonaviy dunyoga ochiqligi ko‘rsatkichidir.

“Yuzuk e.V.“ nodavlat va notijorat jamiyati kelgusida Turizm va madaniy meros vazirligi bilan hamkorlikda turli loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirgan. Lixtenshteyn davlat muzeyi rahbariyati bilan muloqot ham juda samarali bo‘lib, muzey direktori Rayner Volkommer O‘zbekistonning zamonaviy rassomlariga qiziqishi va «Yuzuk e.V.» jamoasi bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.

Lixtenshteyn Knyazligi mitti davlat (160 km²) bo‘lishiga qaramay, u yuqori turmush darajasiga ega, moliyaviy salohiyati yuqori, rivojlangan mamlakatdir. Turizm soxasi, Lixtenshteyn iqtisodiyotining asosiy tarmoqlaridan biridir.

@eltuz

Tag‘in o‘qing
13 yanvar 2017
13 yanvar kuni Andijon viloyat xo‘jalik sudi Soliq boshqarmasining andijonlik tadbirkor ustidan da'vosini qondirib, uning mulkini musodara qilish va ...
16 iyun 2016
Pilla qurti boqish turli tashkilotlar, tibbiyot va ta'lim muassasalari qatorida fermer xo‘jaliklari uchun ham qo‘shimcha majburiyatdir.  Quyida bir fermer ...
31 oktyabr 2016
6 oktyabr kuni, roppa rosa 23 yilu 4 oy qamoqda bo‘lib barcha jazo muddatlarini o‘tagan Samandar Qo‘qonovga, ertasigayoq sud ...
15 avgust 2019
Shvetsiyaning Ostersund shahrida 14 avgust kuni odamlarni mashinasiga bostirib terror akti uyushtirishga uringanlikda gumon qilingan 32 yashar o‘zbek qo‘lga ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...