Asosiy mavzular
21 mart 2023

Samarqandning Berlindagi «ta'mi»

Gazeta. Uz nashri tagi o‘zbekistonlik Ukraina qochqinlari Germaniya boshkenti Berlinda restoran ochdi «mazasi yaxshi» deb yozgani uchun bu yemakxonani qora tortib bordim. «Opel kadet somsa abet» uslubidagi kafe ekan. (Opel kadet o‘rtacha moshina hisoblanadi Yevropada).

10 ballik tizim bo‘yicha baholasam.

1. Lokatsiya. Juda yaxshi joyda joylashgan. Berlinning turist boradigan gastronomik ko‘chasi. 10 bal.

2. Kafe tashqi dizayni 4 bal. (Ëzuvlar yaxshi o‘qilmaydi. Yarq etgan g‘oya yo‘q)

3. Ichki dizayn 5 bal. (Bitta Samarqand aks etgan grafik suvrat bor devorda. Print¸ laminat menyu bilan dizayn tugaydi)

4. Xizmat ko‘rsatish 7 bal (Xushmuomala va chaqqon xodimlar)

5. Narx 7 bal. Bir kishiga 15 yevro atrofida. (ovqatiga yarasha) Faqat naqd pul olishadi. Karta bilan to‘lash imkoni yo‘q. (Bu katta minus)

6. Ovqatlar sifati 2. (Osh sovigan edi. Quyulib qogan mastavaga o‘xshaydi. Somsani jildi paxtali ishtonning charmagi kabi qalin edi. Somsalarni qutilarga solib bir yerlardan keltirishdi. Somsalardan xuddi Sovet payti arzon yog‘da qovirilgan perashkani ta'mi keladi. Montining ham pokrishkasi qalin edi. Mantida ta'mning o‘zi yo‘q edi. Choyni choynakda berishdi bu yaxshi. Lekin sho‘rva ichadigan katta kosa qo‘yishibdi. Ikki xo‘plamay choy muzday bo‘ldi qoldi.

Bu yemakxonanini Pragadagi o‘zbek yemakxonalari bilan solishtirish paxtakor komandasini real Madrid bilan solishtirganday gap. Praga ancha ilgarida. Xullas Gazeta. Uz nashri maqtagan Samarqand ta'mi yo‘q. Umuman ta'mning o‘zi yo‘q. Lekin to‘chka zo‘r bo‘gani uchun «Boy ila Xizmatchi» spektaklidagi Solixboy aytgan kabi «pok pokiza tushirishyapti».
Bu g‘oyaning yagona yaxshi tomoni qandaydir oligarx boyotalar emas balki Ukrainadan qochqin bo‘lib kelgan musofir o‘zbeklar tarafidan ochilgani. Omad tilaymiz.

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
29 sentyabr 2023
RT: Yashash soatining oltin kapgiri  Har borib kelishi bir olam zamon.  Koinot shu damda o‘z kurrasidan  Yasab chiqa olur ...
31 oktyabr 2018
O‘zbekiston Markaziy banki mamlakat aholisi va korxonalarining inflyatsiya kuchayib borayotganidan xavotiri oshayotgani haqida ma'lum qildi. MBning joriy yilning 3-choragi ...
26 noyabr 2023
kun.uz muxbiri Bobur Akmalov tolibon formatidag propaganda bilan shug‘ullanib xotin qizlarning O‘zbekiston konstitutsiyasi kafolatlagan huquqiga shak keltirmoqda. Menimcha u ...
11 iyun 2016
“Ko‘cha tozalash, paxta terimi yoki g‘o‘za chopig‘iga chiqariladiganlar ham endilikda o‘qituvchiyu do‘xtirlar bo‘lib qoldi”, – deydi Eltuz.com nashriga bugun ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...