Asosiy mavzular
9 oktyabr 2023

Germaniyada politsiya va bojxona xodimlari Alisher Usmonovning qator uylarida tintuv o‘tkazdi

Myunxen atrofidagi uylarda va Bavariyaning Rottax-Egern kommunasidagi villada o‘tkazilgan tintuvlar paytida narxi 140 ming yevrolik Mercedes Maybach S500, 180 ming yevrolik Mercedes Brabus furgoni, yana boshqa uchta avtomobil va qimmatbaho moddiy boyliklar musodara etildi.

Usmonovning vakili jurnalistlarning savollariga javob bermadi.

Germaniya politsiyasi Usmonovni pul yuvishga aloqadorlikda gumonlamoqda. Rasman bildirilishicha, politsiya Usmonovga nisbatan turli banklardan pul yuvish gumoni qayd etilgan 90 ta bildiruv olgan. Tergovchilar Usmonovning bank hisoblarida shubhali tranzaktsiyalar bo‘lganini aniqlagan.

O‘tgan yilning sentyabrida Federal jinoyat qidiruv idorasi va Soliq xizmati Usmonovning Tegernzee ko‘li atrofidagi villalari, Frankfurt-Mayndagi kvartirasi va Bremen portidagi “Dilbar” yaxtasida tintuv o‘tkazgan edi. Tintuv paytida kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan Rossiya oligarxining qimmatbaho san'at asarlari kollektsiyasi musodara qilingandi.

Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi ortidan “Putinga yaqin bo‘lgan shaxslar” qatorida Alisher Usmonovga nisbatan ham g‘arb sanktsiyalari joriy etilgan. So‘nggi marta 2023 yilning aprel oyida AQSh Moliya vazirligi va Britaniya hukumati Alisher Usmonovning USM xoldingiga nisbatan sanktsiyalar kiritgan. O‘shanda USM xoldingiga aloqadorligi aytilgan O‘zbekistondagi “Oxangarontsement” AJ va “Akkermann Cement CA” MChJ nisbatan ham sanktsiya ro‘yxatiga tushgan edi.

Kelib chiqishi namongonlik bo‘lgan Rossiyadagi yirik tadbirkorlardan biri Alisher Usmonov Italiyaning Corriere della Sera nashriga bergan intervyusida Putinning yaqin odamlaridan biri” ekanini inkor qildi.

Forbes jurnaliga ko‘ra, Alisher Usmonov Rossiyadagi eng boy odamlardan biridir. Uning boyligi kamida 14,5 milliard dollarni tashkil etmoqda. “Proekt” loyihasi o‘tkazgan jurnalistik surishtiruvda Alisher Usmonov Rossiya armiyasini ta'minlashda ochiq-oshkor ishtirok etib kelayotgan 81 nafar oligarxdan biri sifatida tilga olingan.

Tag‘in o‘qing
16 avgust 2017
Shoir Maqsud Bekjon 1961 yil Xorazmda tug‘ilgan. Moskvadagi Maksim Gorkiy nomli Adabiyot institutini tamomlagan. Uchta she'riy kitob va ikkita ...
15 avgust 2019
Komil Allamjonovning blogerlar postlar ostidagi izohlar uchun ham javobgar bo‘lishi haqidagi bayonoti qizg‘in muhokama qilinmoqda. Shu muhokamalarda ko‘zim tushgan ...
13 dekabr 2017
12 dekabr kuni Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) O‘zbekistonda hukumatning majburiy mehnatni tugatish choralarini ko‘rgani haqida bayonot berdi. XMT saytidagi ...
18 avgust 2020
Tushimga koronavirus kiribdi. Bemorlikka gumon qilinayotganlar test topshirayotgan kattagina xonada ekanman. O‘zim sog‘lom ekanman ammo. Mengayam virus yuqmasin deb ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...