Asosiy mavzular
17 iyun 2024

Quvilgan afg‘onlar, Isroilga otilayotgan raketalar va Ukrainaga yordam – 600’55

Germaniyadan O‘zbekistonga deport qilinayotgan afg‘onlar, Isroilga otilayotgan raketalar, ODKBni tark etayotgan Armaniston. Shuningdek Xisorak suv toshqini tafsilotlari Eltuzning 600 sekund ko‘rsatuvida.

–          10 iyun kuni Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi «Hisorak» suv ombori to‘g‘onining chap tarafidan yangi qo‘shimcha tunnel ochilayotgan vaqtda yoriq paydo bulgan. Manba taqdim etgan ma'lumotlarga ko‘ra, paydo bulgan tunnel yorig‘idan 40 metr balandlikda yirik suv zaxirasi mavjud bulib, yoriqdan sekundiga 80 litr suv oqib chiqqani aytildi. Avariyani bartaraf etishga ja'mi 50-ga yaqin og‘ir-muhandislik va maxsus texnikalar va 160 dan ortiq ishchi xodimlar jalb etilgan. Shahrisabz tumani hokimi va Qashqadaryo viloyati FVB boshlig‘i videomurojaat bilan chiqib vahimaga o‘rin yo‘qligini bildirdi. Talofatlar yo‘q, suv toshqini bartaraf etildi.

–          Sergelida mashina ustaxonasi yonib ketdi. Bino ichida odamlar borligi aytildi. Yong‘in oqibatida avtoservisning ichki qismi va erda bo‘lgan 3 ta avtomobil yonib zararlangan. Yong‘in bartaraf etildi. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida Eltuzga ma'lumot kelib tushmadi.

–          Shofirkonda bolasini 2 yildan buyon kaltaklab kelgan ayol 3 yilga qamaldi. Shofirkon tumanida bolasini ikki yildan buyon kaltaklab, qiynab kelgan ayol 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. 6 yoshli bolaga vasiy tayinlanib, unga topshirildi. Bolalar ombudsmani ayolni onalik huquqidan mahrum qilish masalasi ham ko‘rilayotganini bildirdi. Bu haqida bolalar ombudsmani matbuot xizmati xabar berdi. Yanvar oyida ombudsman Surayyo Rahmonovaga Shofirkonlik ayol 5 yoshli bolasini beshikka bog‘lagan holda kaltaklab, qiynab kelgani haqida ma'lumot va videodillar kelib tushgan edi. So‘ngra holat yuzasidan ayol Voyaga yetmagan, ojiz ahvoldaligi ayon bo‘lgan shaxsni qiynaganlikda ayblanib jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 2 may kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Shofirkon tumani sudi hukmiga ko‘ra, ayol 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. 2018 yilda tug‘ilgan bolaga tuman «Inson» ijtimoiy markazi tomonidan dastlabki vasiy tayinlanib, bola uning qaramog‘iga topshirildi.

–          Qanot Sharq kompaniyasi Toshkent-Budapesht yo‘nalishida aviaparvozlarni yo‘lga qo‘ydi. 2024 yilning 30 iyunidan boshlab, Qanot Sharq aviakompaniyasi har yakshanba kuni Toshkent va Vengriya poytaxti Budapesht o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam aviareyslarni yo‘lga qo‘yishni boshlaydi. Kompaniya 2024 yilning 4 sentyabridan boshlab, chorshanba kunlari yana bir qo‘shimcha reysni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan.

–          Germaniya hukumati afg‘onistonlik qochqinlarni O‘zbekistonga deportatsiya qilish uchun muzokaralar olib bormoqda. Germaniyaliklar Afg‘onistondagi tolibon hukumati bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilishni istamasdan O‘zbekiston vositasida deportatsiyani amalga oshirmoqchi. Germaniyada diniy ekstremistizm va radikalizm kayfiyati ortib borayotgani bois hukumat Suriya va Afg‘onistondan kelayotgan qochqinlarga cheklovlar qo‘ymoqda. Rejaga ko‘ra radikal afg‘on qochqinlari dastlab O‘zbekistonga deportatsiya qilinadi. So‘ng O‘zbekistondan xususiy aviakompaniya reyslarida Qobulga jo‘natiladi. O‘zbekiston rasmiylari bu taklifni o‘rganib chiqmoqda, rozilik evaziga O‘zbekistondan Germaniyaga malakali ishchilar borishini osonlashtirish talab qilinadi.

–          Pedofil Qori. Germaniyaning Boxum shahrida Qur'on va arab tili o‘qituvchisi pedofiliya jinoyati uchun tergovga topshirildi. 30 yoshli, asli Suriyalik Qur'on o‘qituvchisi 6 ta voyaga yetmagan qizchaga jinsiy tajovuz qilgan. Qizlarning yoshi 5-9 orasida bo‘lgan. Qur'on muallimi qizlarga jinsiy tegajoqlik qilgan, bir qizchani esa zo‘rlagan. Nemis matbuotiga ko‘ra, ota-onalar qizlarini o‘zlari shu muallimning uyiga yetaklab borishgan. Ustoz ularga Qur'on va arab tilidan dars beradi deb o‘ylashgan. Ishonchni suiste'mol qilgan Qur'on o‘qituvchisi bolalarga nisbatan mana shunday jirkanch harakatni amalga oshirgani ma'lum bo‘ldi.

–          Livanning “Xizbulloh” harakati Isroil shimolini o‘qqa tutmoqda, shimoliy hududga qarata yuzga yaqin raketalar uchirildi. Bu “Xizbulloh” uyushtirgan eng yirik hujum. Shu yilning 12 iyun kuni Isroil “Xizbulloh” harakatining qo‘mondonlaridan biri Tolib Somiy Abdullani o‘ldirgan edi, raketalar hujumi shunga javob bo‘ldi.  Tolib Somiy Abdulla “Xizbulloh”ning An-Nasr bo‘linmasini boshqargan, Janubiy Livan hududlari ham to‘liq uning hukmi ostida edi. Eslatib o‘tamiz, “Xizbulloh” ekstremistik tashkilotini qo‘llab quvvatlash O‘zbekistonda qonunan taqiqlangan.

–          Rossiyaning Rostov shahridagi vaqtinchalik saqlash hibsxonasida ikki qo‘riqchini garovga olgan pichoq bilan qurollangan olti nafar terrorchi amaliyot chog‘ida otib o‘ldirildi. Rus matbuotiga ko‘ra Maxsus kuchlarning qamoqxonadagi amaliyoti chog‘ida SIZO xodimlari jabrlanmagan. Garovga oluvchilar terrorizm, jumladan,  «Islomiy davlat» (IShID – ID) guruhiga aloqadorlikda ayblangan. Ular ikki qo‘riqchini garovga olib, mashina, o‘qotar qurol va qamoqxonadan erkin chiqib ketishni talab qilishgan. Tarqalgan videolarda o‘ldirilgan ayrim mahkumlarning qo‘llari kishanlangan holatda ekani aks etgan. Bu esa rossiya kuchishlatar tizimlari garovchga oluvchilarni sudsiz qatl qilishganini anglatadi.

–          Germaniyaning eng yirik gaz importyori Yuniper Rossiya Gazpromi bilan uzoq muddatli shartnomalarini bekor qildi. Shartnomalar 2030 yilga qadar davom etishi ko‘zda tutilgan edi. Biroq Shvetsariya qonunchiligiga asoslangan arbitraj sudi ushbu shartnomalarni bekor qilish huquqini Yuniperga taqdim etdi.

–          Qrimda Rossiyaning mast komandiri bir askardan hafa bo‘lib uni avtomatda o‘qqa tutdi. Katta serjant Dmitriy Chochumarov mast holatda navbatchi askarlarga qo‘ng‘iroq qilib aloqa sifatini tekshira boshladi. Askarlardan biri qo‘ng‘iroqqa javob bermagach Chochumarov blindajga bordi. Blindajda ikki erkak orasida nizo kelib chiqib komandir askarni AK-74 avtomatidan otib o‘ldirdi. Sud komandir Chochumarovga 11 yil qamoq jazosini tayinladi.

–          Tarixda ilk bor AQSh prezidenti oilasi vakili sudlanmoqda. Sudda Jo Baydenning o‘g‘li Hanter Bayden krek narkotik moddasini qabul qilgani va qurolga noqonuniy egalik qilganini tan oldi. AQSh prezidentining 54 yashar o‘g‘li Hanter Bayden mana shu ikki ayblov bilan 25 yilga qamalishi mumkin.

–          Yevropa kosmik uyushmasi Marsning Tarsis bo‘lgasida muz qoplamasini aniqladi. Muz qoplamaning taxminiy o‘lchami 150 tonna. Ushbu yangilikni Bern universiteti olimlar jamoasi aniqladi. Muzlik Quyosh tizimidagi eng yuqori cho‘qqi 30 kilometrlik tog‘ ustida joylashgan.

–          Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Saudiya Arabistoniga tashrif buyurdi. Zelenskiyni Saudiya shahzodasi Saud bin Mishal bin Abdul Aziz kutib oldi. Zelenskiy tashrifidan avval Saudiya hukumati a'zolari Birinchi Global tinchlik sammitida qatnashmasligi va ushbu sammitga Rossiya taklif qilinmaganidan noroziligini bildirgan edi. Biroq tashrif mobaynida Saudiyalik mezbonlar Zelenskiy bilan tinchlik sammitiga tayyorgallik haqida suxbatlashishdi.

–          15-16 iyun kunlari Shvetsariyada Tinchlik sammiti bo‘lib o‘tdi. Ukrainaning xududiy yaxlitligi va havfsizligi masalasiga bag‘ishlangan sammitda 80 davlat va turli tashkilotlardan 100 delegatsiya ishtirok etdi. Global tinchlik sammitida G‘arbda muzlatilgan Rossiya aktivlaridan olinadigan daromad hisobidan Kiev qo‘shimcha 50 milliard dollar kredit olishi haqidagi kelishuv tasdiqlandi. Sammitda shuningdek Ukrainaning yadroviy havfsizligi va oziq-ovqat barqarorligi ham muhokama qilindi.

–          Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan kollektiv havfsizlik kelishuvi tashkilotidan chiqishini e'lon qildi. Mamlakat Rossiya ishtirokidagi ODKBdan chiqib Yevroittifoqqa qo‘shilish fikrini bildirdi. Pashinyanning fikriga ko‘ra ushbu tashkilot hech qanday hal qiluvchi kuchga ega bo‘lmagan bir pufak va a'zolar Armanistonning Qorabog‘ hududini Ozarbayjonga olib berishga kelishgan. Shu sababdan Armaniston ODKB a'zolari bilan harbiy hamkorlik qilishni istamaydi

Bu 600 sekund edi. Yonginangizda yuz bergan ammo siz bilmagan voqealardan xabar topmoqchi bo‘lsangiz Eltuzga obuna bo‘ling. Agar kanalimizni qo‘llab quvvatlamoqchi bo‘lsangiz supersanks knopkasini bosing. Sog‘ bo‘ling.

Tag‘in o‘qing
7 yanvar 2018
Eltuz.com Dokument rukni ostida tarixiy hujjatlarni taqdim etishda davom etadi. Qo‘limizga tushgan 1992 yilga mansub «Erk» gazetasi parchasida, o‘sha ...
14 mart 2018
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev farmoni bilan Milliy xavfsizlik xizmati Davlat xavfsizlik xizmatiga aylantirildi. Joriy yil yanvarida prezident Shavkat Mirziyoev ...
15 dekabr 2020
Qishloq xo‘jaligi mutaxassisi, 70 yoshli Ismoil Ospanov «Eltuz» orqali o‘z turkum chiqishlarini davom ettirib, navbatdagi videosini qishloq xo‘jaligidagi ko‘zbo‘yamachilik, ...
28 iyul 2016
«Hurriyat» gazetasi o‘z muassisi bo‘lmish Jurnalistlar uyushmasiga qarashli monitoring guruhining mamlakat matbuoti joriy yilning ikkinchi choragida nima karomatlar ko‘rsatgani ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...