chorshanba,
18 dekabr 2024
1 dekabr 2024
Mug‘lada o‘zbek odam savdogari qo‘lga tushdi
Interpol tomonidan «fohishalik maqsadida inson savdosi» jinoyati uchun qizil byulleten bilan qidirilayotgan O‘zbekiston fuqarosi Turkiyaning Mug‘la viloyati Marmaris tumanida qo‘lga olindi.
Gumondor ichki ishlar idorasida savol-javob qilingach deportatsiya markaziga topshirildi.
Mug‘la politsiya boshqarmasi xodimlari Interpol tomonidan «fohishalik maqsadida inson savdosi» jinoyati uchun qizil byulleten bilan qidirilayotgan O‘zbekistonlik gumondorning Marmarisda ekanini aniqladi.
O‘zbekistonlik ayol odam savdosi va uyushgan jinoyatlarga qarshi kurashish sho‘'basi hamda Razvedka sho‘'basi guruhlari hamkorligida tashkil etilgan operatsiyada qo‘lga olindi.