Asosiy mavzular
18 dekabr 2024

Rus generalini o‘ldirishda o‘zbek ayblanmoqda

Rossiya Federal havfsizlik xizmati (FSB) Tergov qo‘mitasi mamlakat Qurolli kuchlarining radiatsiya, kimyoviy va biologik himoya qo‘shinlari qo‘mondoni general Igor Kirillov va uning yordamchisini o‘ldirishda gumonlanuvchi shaxsning qo‘lga olinganini ma'lum qildi.

Maxsus xizmat ma'lumotiga ko‘ra, gumonlanuvchi O‘zbekiston fuqarosidir. FSB tergovi iddaolariga ko‘ra, uni Ukrain maxsus xizmatlari yollagan. Tergov qo‘mitasi shuningdek, qo‘lga olingan shaxsga 100 ming dollar to‘lash hamda Yevropa ittifoq vatandoshligi va'da qilinganini bayon qildi.

Tergov qo‘mitasi xabariga ko‘ra, gumonlanuvchi general yashagan uy pod'ezdida qo‘yilgan elektr samokatga bomba joylashtirgan, shuningdek, Igor Kirillovni kuzatish uchun bir mashina ijaraga olgan va unga kuzatuv kamerasini o‘rnatgan.

Rossiya tergovi shuningdek ushbu tasvirlarning Dneprdagi rus Generalini yo‘q qilish amaliyoti tashkilotchilariga uzatilganini da'vo qilmoqda. Tergov qo‘mitasining bildirishicha, harbiylarning pod'ezddan chiqqani haqida videosignal kelishi bilanoq, portlovchi qurilma masofadan boshqarish orqali ishga tushirilgan.

FSB gumonlanuvchining so‘roq qilish jarayonini aks ettiruvchi videoni ham namoyish qildi, lekin O‘zbekiston fuqarosining ismi oshkor etilmadi. Videoda o‘zbek yigiti chala rus tilida Ukrain maxsus xizmatlari tomonidan yollanganini o‘qib beradi.

Bu yigitning rus generali o‘limiga qanchalik aloqadorligi va uning gapi qanday sharoitlarda tasvirga olingani Eltuzga ma'lum emas. Shuningdek, uning voqea sodir bo‘lgan bir kunning o‘zida qo‘lga olinishi ham savollar uyg‘otadi.

O‘zbekiston IIV esa hozircha mamlakat fuqarosi qo‘lga olingani haqida ma'lumotga ega emasligini ta'kidladi.

Rossiya IIV ma'lumotiga ko‘ra, general Kirillovni o‘ldirish amaliyotining taxminiy ijrochisi Moskva viloyatining Balashixa tumanidagi Chyornoe qishlog‘ida qo‘lga olingan.

Avvalroq «Kommersant» nashri o‘z manbasiga tayanib, general Igor Kirillovni o‘ldirish ishi bo‘yicha ikki gumonlanuvchi qo‘lga olingani haqida xabar bergan edi.

Nashrning suhbatdoshi jinoyat joyidan olib borilgan izlar orqali gumonlanuvchilar topilganini aytgan. Kuzatuv kameralari shubhali mashinalarni qayd etgan. «Kommersant» manbasining aytishicha, portlash tashkilotchilari gumonlanuvchilar bilan messenjerlar orqali bog‘lanib, ularga SBU bilan aloqa qiluvchi shaxsning ma'lumotini berishgan.

Rossiya Qurolli kuchlarining radiatsiya, kimyoviy va biologik himoya qo‘shinlari (RXBZ) boshlig‘i general-leytenant Igor Kirillov va uning yordamchisi Ilya Polikarpov kecha Moskvadagi portlash natijasida halok bo‘lgani haqida Tergov qo‘mitasi xabar berdi.

Portlash 17 dekabr ertalab, Kirillov yashagan uy yaqinida sodir bo‘lgan. Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, portlovchi qurilma pod'ezd yonidagi skuterga o‘rnatilgan bo‘lgan. Keyinchalik «Baza» telegram kanali portlash lahzasini aks ettiruvchi videoni nashr qildi.

Xullas, endi O‘zbekiston mehnat muhojirlariga bosimlar va tazyiqlar kuchayishi kutilmoqda.  Eslatib o‘tamiz avvalroq Eltuz Rossiyalik general Kirillov va uning yordamchisi o‘ldirilgani haqida kuchishlatar tizimlariga bog‘langan telegram-kanallaridan iqtibos keltirib xabar bergan edi.

Rus generali Kirillov urush qoidalarida taqiqlangan kimyoviy qurollarni Ukrainaning tinch aholisiga qarshi qo‘llab kelgani bilan tanilgan.

Kirilovning buyrug‘i bilan urush boshidan beri kimyoviy quroldan 4 ming 800 marta foydalangani qayd etilgan.

Ilya Kirillov Rossiya Ukrainada urush boshlaganidan beri o‘ldirilgan ilk o‘ris generali emas.

Rossiyaning bosqinchilik urushida o‘rislarning kamida 700 ming askari halok bo‘ldi. Noyabr oyidagi ma'umotga ko‘ra shuning 4338 nafari ofitserlar, 477 nafari polkovnik rutbagidagilar, 8 nafari generallardir.  

Tag‘in o‘qing
16 fevral 2024
Ismingiz shu'lasidan qamashar ko‘zim qarayman har bir harf irodasiga o‘zimga chap berib yura boshlayman eng go‘zal alfavit qorachig‘imda. MS: Og‘a ...
9 iyul 2024
Rossiyaning urushdagi talofati, Afg‘onistondan keltirilayotgan havfli ichimlik, Xalq puli degan tushuncha yo‘qligini aytgan o‘zbek mulozimiga ko‘rilgan chora va bu 600 ...
9 avgust 2016
Davlat tadbirlarida tor chalinmasligi lozimligi to‘g‘risida tavsiyalar berilganini aytgan Ozodlik radiosiga ko‘ra, O‘zbekistonda tor chalish bo‘yicha maxsus ta'lim to‘xtatilgan ...
24 iyul 2017
Xalq orasida yirik ishbilarmondan ko‘ra ko‘proq kriminal avtoritet sifatida tanilgan G‘ofir Rahimovning tug‘ilgan kuni munosabati bilan internetda u haqda ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...