6 iyun – O‘zbekistonda tsenzura tashkil topgan kun
1922 yilning 6 iyunida Xalq komissarlari kengashi dekretiga ko‘ra, Adabiyot va nashriyot ishlari bo‘yicha bosh boshqarma (Glavlit) tashkil etildi.
Bu tsenzura idorasi «qayta qurish» va mustaqillikning dastlabki davrida tugatildi.
Biroq sobiq sovet mamlakatlari ichida bu idoraning merosxo‘rlari O‘zbekistonda saqlangan. O‘zbekiston Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi shu merosxo‘rlarning biridir.
«Chegara bilmas muxbirlar» xalqaro nodavlat notijorat tashkilotining matbuot va so‘z erkinligi hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston 2019 yil oldingi yilga nisbatan uch pog‘ona tushirilgan va dunyoning 180 mamlakati bo‘yicha 169-o‘rinni egallagan edi.
Jurnalistlarni himoya qilish tashkiloti – CPJning Jahon matbuot erkinligi kuniga bag‘ishlab chiqargan bayonotida jahonning tsenzura eng kuchli bo‘lgan 10 mamlakati sanab o‘tiladi.
O‘zbekiston ular orasida 6-o‘rinda qolmoqda.
www.eltuz.com