Asosiy mavzular
2 avgust 2018

Yondirilgan ko‘priklar

Yevropada yashay boshlaganim qochqinlikning o‘ninchi yili yakunlanarkan, bugun ilk bor yarim asrlik umrim ortiga qaramoqchi bo‘ldim. Jo‘n ma'noda esa Internetga kalit so‘zlarini tashlab, eski eshiklarni bir-bir ochmoqchi bo‘ldim.

Garchi qochayotgan odam odatda o‘zi qurgan ko‘priklarni buzishga harakat qiladi yoki uni quvg‘inga olayotganlar qiladi bu ishni. Internetni titkilarkanman, yondirilgan ko‘priklar – qilingan, qilinmagan, oxiriga yetmagan loyihalar, tashkilotlar, sahifalar, saytlarning xarobalaridan aks sado kabi qaytayotgan so‘zlarga, jumlalarga duch keldim.

Ko‘priklar odatda odamlarni biror manzilga yetkazish uchun yoki biror to‘siqni, jarlik, daryoni kesib o‘tish uchun quriladi. Ommaviy axborot vositalari, internet saytlari, bugungi kunda sotsial tarmoqlardagi sahifalar ham shu ma'noda bamisoli ko‘prik kabi.

Biroq ortga boqarkanman, nimaiki sayt qilgan bo‘lsam, yaroqsiz holda ko‘rdim. Uzbekinfo, Isyonkor, Tegirmon, Ponauz, Jadidlar, Uznews… Ularni yaxshi bir niyat bilan, boshqalarga erkin fikr imkoniyatini yaratish uchun ko‘prik bo‘lsin, deya qilmaganmidik?

Ehtimol, ularning Intenet bag‘rida xarob va tashlandiq yotishida ham qonuniyat bordir. Bu qonuniyatlar endi alohida boshqa mavzu… va oldga boqish, yurishda davom etish kerak.

Yaxshilik qilu suvga tashla, deyishadi. Shu ma'noda siz ham mening ayni blogimni kimningdir saytida, sotsial tarmoqda, guruhda ko‘rib qolsangizu buni o‘zingiz uchun foydali deb bilsangiz biror layk, belgi, izoh qoldiring, ularsiz eski ko‘priklar kabi muhtasham saytlar nurar, sahifalar eskirib sarg‘ayarkan, so‘zlarimiz ham keraksiz tosh kabi yo‘qlik qa'riga cho‘kadi.

Qudrat Bobojon,
eltuz.com, 2015 yil 28 sentyabr

Tag‘in o‘qing
16 yanvar 2023
Rassom Tuz @eltuz
22 iyul 2017
E'tiroz bildirishga urinib ham ko‘rmang, chunki bu bugunning haqiqati. O‘zbekistonning qaysi viloyatiga bormang, paxtazorda yurgan, ko‘cha supurayotgan, tezak, qog‘oz, ...
4 iyun 2018
O‘zbekistonning 90 foiz bozorini egallagan qo‘shma korxona shaklidagi “O‘zBAT” aktsiyadorlik jamiyati 2017 yil yakunlari bo‘yicha 1 trillion so‘mdan ortiq ...
15 aprel 2017
15 aprel kuni yozuvchi Nodir Normatovni taniqli rassomlar, ijodkorlar so‘nggi yo‘lga kuzatishdi. Marhum Toshkentdagi «Yalang‘och ota» qabristonida dafn qilindi. ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...