Tag‘in Karimov g‘amxo‘rligi yoki “yumshoq joylar”ga paxta qo‘yish
“O‘zbekiston ovozi” gazetasi o‘z mushtariysining: “Prezidentdek odam million-million ishidan ortib, vaqt topib, bizning bola-chaqamiz salomatligini, baxtini o‘ylab, jon kuydirib gapiryapti, g‘amxo‘rlik qilyapti”, degan so‘zlarini keltiradi.
Mushtariy “ota-onalarning ko‘pchiligi o‘z bolasi haqida shunchalik kuyinmaydi”, deb yozg‘iradi.
“Uning (ya'ni mushtariy) samimiy gaplari Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi homiylik kengashi yig‘ilishida bildirilgan fikrlar odamlarni to‘lqinlantirib, sportning ahamiyati haqida yanada chuqurroq o‘ylashga da'vat etayotganini bildiradi”, deya xulosa qiladi gazeta.
Haqiqatan ham muxlis shu gaplarni aytganmi-yo‘qmi, bu muallifga ayon. Ammo muallif “yumshoq joylar”ga qo‘yish uchun anchagina paxta ishlatgani ko‘rinib turibdi.
Eltuz.com