Document UZ
7 yanvar 2018

Murod Jo‘raev: «Hokimlarni xalqning o‘zi saylasin»

Eltuz.com Dokument rukni ostida tarixiy hujjatlarni taqdim etishda davom etadi. Qo‘limizga tushgan 1992 yilga mansub «Erk» gazetasi parchasida, o‘sha paytda Muborak tumani hokim va parlament deputati bo‘lgan Murod Jo‘raev fikrlari aks etgan.

rasm698
Ushbu gazeta Bosh muharriri bo‘lgan Muhammad Bekjon 16 yildan buyon qamoqda

Murod Jo‘raev
O‘zbekiston Xalq deputati

Yig‘ilganimizning boisi – nima qilsak, xalqimizni boshiga tushayotgan tashvishlardan holos qilamiz, degan savolga javob berish desam, xato bo‘lmaydi.

Hozir xalqning orasida – ilgarigi Ittifoq ming marta yaxshi edi, degan gap yuribdi.

Yana bir narsa, 1990 yili bir guruh deputatlar Mustaqillik deklaratsiyasini parlamentga olib chiqdik. 1991 yili yana mustaqillik e'lon qilindi, 1-sentyabr bayram qilina boshlandi. Unda birinchi deklaratsiya qaerga ketdi?

Hozir parlamentda 18 ta deputatimiz bor. Har qanday yo‘llar bilan ularga so‘z bermaslikka harakat qilinadi.

Boshqa davlatlarda kun tartibi uch kunlab muhokama qilingani holda, bizda bir kunda ko‘plab qonun qabul qilinishi mumkin.

Biz yo birlashishimiz yoki bitta bitta maydonni tashlab chiqishimiz kerak.

Hokimlikka tayinlanilishi haqida bu yerda ko‘p gap bo‘ldi. Shu haqda taklifim bor edi:

  1. Birinchi bosqichda hokimlarni deputatlar saylashi kerak.
  2. Ikkinchi bosqichda,hokimlarni xalqning o‘zi saylasin.

Shunday qilsak, xalqimizni ham, raxbarlarni ham demokratiyaga o‘rgatamiz, hamda hokimiyat strukturasida o‘zgarishlar bo‘lishiga turtki beramiz.

(matn parchasi tugadi)

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
18 may 2017
Britaniyada yashayotgan, 69 yoshn o‘zbek professori Ahmad Hoji Xorazmiy bir soatlik qo‘shiqlari dastasini yutub kanaliga qo‘ydi. Dam tor, dam ...
14 mart 2022
O‘zbekistondagi jinoyat olami qiroli Baxti Tashkentskiy nomi bilan mashhur Baxtiyor Qudratullaevning 28 yashar o‘g‘li Ixtiyor Toshkentning qoq markazida qimmatbaho ...
9 aprel 2019
Yaqinda bir hamkasbim yangi tendentsiya, jurnalistlar o‘rniga robotlar kelayotganidan gap ochib qoldi. Bu allaqachon matbuotda qo‘llanilayotgan amal ekan. Dolzarb ...
4 iyun 2021
Surxonga nur yog‘di, jonlandi olam, Go‘yo farishtalar bo‘lganidek jam. Otamiz keladir mard tashlab qadam, Surxonga jannatdan shamol yeladi, Ey ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...