Video
18 may 2017

O‘zbek olimi General Do‘stimga bag‘ishlab qo‘shiq kuyladi (video)

Britaniyada yashayotgan, 69 yoshn o‘zbek professori Ahmad Hoji Xorazmiy bir soatlik qo‘shiqlari dastasini yutub kanaliga qo‘ydi.

Dam tor, dam gitara cholg‘usida kuylagan qo‘shiqlarida olim Afg‘onistonda jang qilayotgan general Abdurashid Do‘stim, hind aktyori Radj Kapur, marhum rus qo‘shiqchisi Vladimir Visotskiy haqida kuyladi.

Shuningdek, Xorazm musiqa ohanglarida u ingliz, ispan, arab, hindu, fors va rus tillarida ham kuylashga harakat qildi.

Muhlislaridan Ahmad Xorazmiy o‘z qo‘shiqlarini oddiy bir san'atsevarning primitiv usulda tayyorlagan hirgoyilari sifatida qabul qilishlarini so‘raydi.

Eltuz nashri e'tiboringizga ayni hirgoyi parchalaridan tuzilgan bir minutlik videolavhani taqdim qiladi.

Ahmad hoji Xorazmiy (Ahmad Hasanov) O‘zbekistonga kirishiga rasman taqiq qo‘yilgan olim.

Qishloq xo‘jalik fanlari doktori¸ O‘zbekiston fanlar akademiyasining sobiq a'zosi, professor Ahmad hoji Xorazmiy Xorazm viloyat hokimligi agrosanaot majmuasida va boshqa hukumat tizimlarida ishlagan.

2005 yili ishdan bo‘shatilganida, norozilik piketlari o‘tkazib, ishga tiklanish maqsadida tadbirlar o‘tkazgani va tazyiqlarga uchragani ortidan o‘sha yilning o‘zida Britaniyadan boshpana olgan.

Karimov o‘limidan keyin olim O‘zbekistondagi o‘zgarishlardan umidvor bo‘lib Shavkat Mirziyoev nomiga maktub yozdi.

Maktubda u, O‘zbekistonga safar qilib, yaqinlari bilan ko‘rishib qaytishga imkon berishini so‘ragan edi.

Ahmad hoji Xorazmiyning Bosh vazir virtual qabulxonasidan olgan javob xatida “Sizga O‘zbekiston Vazirlar mahkamasining 1996 yil 21 noyabrdagi 408-qarorining 19 moddasi asosida ya'ni “milliy xavfsizlik yoki jamoat tartibini muhofaza qilishni ta'minlash manfaatlari yo‘lida” O‘zbekiston republikasiga kelishingiz rad qilinadi, deb yozilgan.

Bundan oldin ayni mazmundagi rad javobi yozilgan maktub olimning Xorazm viloyatida istiqomat qiladigan o‘g‘li Oybekka viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sa'dullaev imzosi bilan kelgan edi.

Video: https://youtu.be/PUnoU5dxc3A

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
1 iyul 2022
Qullik zehniyati nima degani, bilasizmi? Birgina qorni uchun ajnabiyga tobe bo‘lgan xalqda qullik zehniyati bor. Misol uchun, «Mustaqillik bizga ...
19 dekabr 2022
(Nullum crimen, nulla poena sine lege) Davlatning kuch ishlatar tizimlari qarshisida shaxsning qadr qadr-qimmatini muhofaza qilishning eng muhim vositasi ...
31 iyul 2023
Shaxrixonsoyda uch o‘spirin jasadi topildi. 30 iyul kuni Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanidan oqib o‘tuvchi Shahrixonsoydan uchta o‘spirin yigit murdasi ...
7 fevral 2017
Shu kunlarda hokimlar, prezidentning viloyatga qachon kelishi xaqida fol ochishmoqda. Mirziyoevning istagan vaqt, istagan hududni borib ko‘rish xohishi, viloyat ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...