chorshanba,
18 dekabr 2024
1 sentyabr 2023
Karimov mustaqillik tarafdori bo‘lmagan
Islom Karimov avgustdagi putch va O‘zbekiston mustaqilligi deklaratsiyasini qabul qilganidan keyin ham SSSR tarafdori bo‘lib qolgan. Ayni ikki voqeadan keyin – 1991 yil 16 oktyabr kuni “Delovoy mir” gazetasi muxbiri Yuriy Galimovga bergan intervyusida Karimov yangi sho‘rolar mamlakati uchun yagona konstitutsiya, yagona pul birligi, yagona iqtisodiy hudud lozimligini bildirgan.
Aslida mustaqillik Belovej o‘tlog‘ida SSSR tarqalganidan keyin aniq bo‘lgandi. Bundan oldin Karimov «yangilangan SSSR tarafdori» bo‘lishi haqida Gorbachyovga va'da bergan edi.
Eltuz.com