chorshanba,
18 dekabr 2024
13 fevral 2018
Stokholmda o‘zbekistonlik terrorchi ustidan sud boshlandi
13 fevralda Stokholm shahri sudida terror jinoyatida ayblanayotgan o‘zbekistonlik Rahmat Oqilov mahkamasi boshlandi.
Ushbu jinoyat ishi 35 kun, ya'ni shu yilning 9 may oyiga qadar ko‘rib chiqilishi rejalangan.
Sudning birinchi haftasida prokurorning nutqi eshitiladi.
Ikkinchi haftada esa Rahmat Oqilovning o‘zi ish bo‘yicha so‘roq qilinadi.
Mahkamaning asosiy qismi 150 kishidan iborat jabrlanuvchilarga qaratiladi.
Rahmat Oqilov 7 aprel kuni Stokholm markazida yuk mashinasini odamlar ustiga haydashi natijada 4 kishining o‘limi va 15 kishining jarohatlanishiga sabab bo‘lgan edi.
«Eltuz» nashri Stokholmdagi sud jarayonini kuzatishda davom etadi.
Eltuz.com