Rashidjon Qodirov tergov qilinib, uyiga qo‘yib yuborilganmi?
O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xodimi 23 fevral kuni telefonda «Eltuz» muxbiriga sobiq bosh prokuror Rashidjon Qodirovning hibsga olinmaganini, boshqa bir manba esa uning so‘roq qilinib, qo‘yib yuborilganini aytdi.
Ayni paytda sobiq bosh prokurorning hibsga olinmagani, bir nechta saytlarda e'lon qilingan bu xabarlar mish-mish ekani haqida 23 fevral kuni Uznews.uz sayti «raddiya» bildirdi.
Biroq Uznews sayti prokuraturaning nomi keltirilmagan manbasiga tayanadi. Bosh prokuraturaning rasmiy sayti esa bu haqda raddiya bermagan.
Qodirovning hibsga olinganligi haqidagi xabarni «Eltuz» nashri o‘zining bir nechta manbasiga tayanib 22 fevral kuni bildirgan edi. Manbalarning aytishicha, Qodirov Zangiota tumanidagi hovlisidan qo‘liga kishan solinib olib ketilgan.
Rasman tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko‘ra, o‘sha kuni bir necha sobiq mulozim ham so‘roq qilingan.
Ular orasida MXXning o‘tgan oy ishdan olingan sobiq raisi Rustam Inoyatovning ham borligi iddao qilinmoqda.
«Eltuz» nashri voqealar rivojini kuzatishda davom etadi.
Eltuz.com