Document UZ
16 oktyabr 2018

Moskvada Islom Karimovga haykal o‘rnatildi

Moskvada Islom Karimovga haykal o‘rnatish ishlari 15 oktyabrga o‘tar kechasi tunda olib borildi. Yodgorlik 16 oktyabr kuni ochilishi kutilmoqda.

Lola Karimova taklifiga ko‘ra, Moskvadagi Islom Karimov xiyoboni va yodgorlik loyihasi ustida angliyalik mashhur haykaltarosh Pol Dey ishlagan.

Haykalning tunda, buning ustiga avtobus va ikkita politsiya mashinasi panasiga yashirilib o‘rnatilgani esa ijtimoiy tarmoqda g‘azab bilan qarshi olindi.

Haykalni tunda o‘rnatishdi. Foto: Andrey Morev

«Elning tinchini buzib, qo‘rqoqlarcha tunda ish qilishdi. Agar qo‘rqishmaganida edi, moskvaliklardan yashirinmasdan, haykalni kunduzi o‘rnatishardi», deya izoh qoldirdi moskvalik deputat Andrey Morev o‘zining feysbuk sahifasida.

Uning bildirishicha, u saylangan Yakimanka okrugi aholisining ko‘plab noroziligiga qaramasdan haykalni o‘rnatishgan.


Haykal Lola Karimova buyurtmasiga ko‘ra, mashhur angliyalik haykaltarosh Rol Dey tomonidan ishlangan. Foto: Andrey Morev

«Chirkin diktator. Chirkin farzandlar. Chirkin buyurtma. Ichki mustamlakachilik vositasida mustamlakachi o‘tmishiga qarshi kurashib o‘tdi, oqibat Moskvaning orqa hovlisidan joy oldi. Xizmatiga yarasha», deya izohladi voqeani Monreal universiteti ilmiy xodimi Boris Chuxovich.

Moskvadagi Karimov haykali Rassom Tuz nazdida

Bugun Frantsiyada yashab ijod etayotgan toshkentlik rassom Sergey Ignatev esa bu yodgorlikni «kaptarlar uchun hojatxona» deya atadi.

«Ertaga «dangasa»larni supurgi bilan urib haydashadi. Bevasi esa qo‘riqchilar himoyasida yig‘loqi bir nutq so‘zlaydi. Faqat kaptarlar xursand bo‘ladi, yangi tualet qurilganiga», deya izohladi rassom 16 oktyabr kuni kutilajak marosim haqida.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
3 may 2020
Rassom Kirpi
22 aprel 2020
Joriy yilning mart oyida Jeneva ko‘li sohilida joylashgan muhtasham Vilson saroyida (Wilson Palais) O‘zbekistondagi inson huquqlari masalalari muhokama qilindi. U yerda BMT Inson huquqlari ...
14 iyul 2016
Bugun rassom Elsevar Eltuz.som nashri orqali O‘zbekistonda kashpirovskiy zamonlaridan beri davom etib kelayotgan ritual, odamlarni televizor orqali uxlatish an'anasi ...
15 iyun 2020
Respublika maxsus komissiyasining hayratga soladigan so‘nggi qarori: «Agar xo‘jalik yurituvchi sub'ektning belgilangan sanitariya-gigiena talablariga rioya etmagani natijasida koronavirus aniqlansa, ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...