Document UZ
15 fevral 2021

Prezident kuyovi: avtohalokat xronikasi

O‘zbekiston prezidentining kenja kuyovi Otabek Umarov 13 fevral soat 18lar atrofida Toshkent markazidagi ko‘chada yo‘l-transport hodisasiga uchradi.

Prezident davlat xavfsizlik xizmati (PDDX) rahbari o‘rinbosari bo‘lgan Otabek Umarov avariyaga uchragani haqida hozirga qadar rasmiy manbalar lom-mim degani yo‘q.

13 fevral kuni kechki payt xalq orasida “Prezident trassasi” nomini olgan Toshkentning Pushkin metro stantsiyasi yaqinida katta tezlikda ketayotgan mototsikl va yengil mashina o‘rtasida xavfli holat yuz bergan.

Mototsiklda bo‘lgan Otabek Umarov yengil avtomobilga chap berish uchun rulni buradi va yo‘l chetidagi beton bordyurga zarb bilan uriladi.

Bu hodisa yo‘l-patrul xizmati tomonidan qaydga olingani yo‘q.

Avariyada Umarovning o‘ng oyog‘i bir necha joyidan singan, chap oyog‘i suyaklari qattiq zarba oqibatida maydalanib ketgan.

Umarov xalq orasida 16-gorbolnitsa deb ataladigan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish ilmiy markaziga 13 fevral kuni soat 19lar atrofida olib kelingan.

Kasalxonadagi shifokorning aytishicha, Otabek Umarov qariyb olti soat opertsiya qilingan.

Umarov oyoqlariga “Ilizarov temirlari” o‘rnatilgan.

Sovet jarrohi Gavriil Ilizaarov ixtiro qilgan bu moslama asosan oyoqlardagi suyaklar avariya oqibatida sinib parchalanib ketgan paytda qo‘llaniladi.

Yakshanba kuni, ya'ni hodisaning ertasi kuni kunduzgi 12dan o‘tganda Toshkent aeroportiga Germaniyaning Nyurnberg shahridan maxsus jihozlangan tibbiyot samolyoti kelib qo‘ngan.

Tarmoqlarda keng tarqalgan “Kuyovning miyasi lat yebdi”, degan iddao o‘z tasdig‘ini topmadi.

14 fevral kunning ikkinchi yarmida Umarov o‘ziga kelib yaqinlari bilan gaplashgan.

«Eltuz» voqealar rivojini kuzatishda davom etmoqda. 

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
15 may 2018
Mirziyoevga «O‘zbekiston qahramoni» unvoni berish haqida ijtimoiy portalga qo‘yilgan Ibrohim Norovning taklifini 14 may kuni birdaniga bir necha o‘zbek ...
19 noyabr 2019
«Toshkent savdo markazi»ga  (sobiq «Abu Saxiy» MChJ) qarashli bozordagi do‘konlari buzilishidan norozi bo‘lgan 700 dan ortiq fuqaro 16 noyabr ...
5 iyul 2018
Bosh prokuratura 5 iyul kuni kattaqo‘rg‘onlik 31 yashar ayolni yechintirib tahqirlagan IIB xodimi, kapitan San'at Umarovga jinoyat ishi ochilgani ...
29 aprel 2021
(Shoir va siyosatchi Muhammad Solihning “Imperativ” kitobining davomi. Matnning audioversiyasini muallifning o‘zi o‘qigan. Boshi “Eltuz”ning “Imperativ” ruknida. Davomi bor.) ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...