Toshkentlik faol Shovvozsoy qasrini videoga olishga muvaffaq bo‘ldi
Toshkentlik faol Aleksey Garshin Shovvozsoyda Mirziyoev tegishli ekani aytiladigan dam olish maskani yaqinigacha yetib bordi. Bu Toshkent viloyatining Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bog‘ida qad ko‘targan, nafaqat kirish, balki ustidan uchib o‘tish ham taqiqlangan hududdir.
Uning prezident Mirziyoevga tegishli ekani ijtimoiy tarmoqda shov-shuvga sabab bo‘lgan edi. Shundan so‘ng joriy yilning fevral oyida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ uni o‘z ishchilari dam olishi uchun qurgani haqida bayonot bilan chiqdi.
Ishonarsiz bayonotdan ko‘p o‘tmay, prezident Mirziyoev bir nechta mahalliy jurnalist oldida chiqish qilib, Shovvozsoydagi maskanning chet eldan keladigan yuksak martabali mehmonlarni olib borish uchun qurilganini bildirdi.
«Ozodlik» radiosi manbalariga ko‘ra, Shovvozsoy qasri uchun davlat byudjetidan qariyb bir milliard dollar miqdorida mablag‘ ajratilgan bo‘lishi mumkin.
Eltuz.com