Document UZ
25 yanvar 2022

Yangilanmoqda: O‘zbekistonda elektr o‘chishlari

Toshkentning barcha hududlarida elektr energiyasi o‘chgani sababli Toshkent metropolitenining barcha yo‘nalishlarida vaqtinchalik metro harakati to‘xtadi. Hozircha mobil aloqa ishlamoqda. Lekin @EltuzTG ga yozishlaricha, Samarqand, Namangan, Xorazm va Andijon viloyatlari hamda Qoraqalpog‘istonda ham svet yo‘q.

Taxminan soat 11:00 larda O‘zbekistonning ko‘plab hududlarida, shu jumladan Toshkent shahri elektr energiyasida uzilish bo‘ldi. Mobil aloqalar ishlayapti. Manbalar O‘zbekiston energotizimida yirik avariya yuz bo‘lganini ma'lum qildilar.

Amirsoyda osma yo‘l to‘xtab qoldi. Elektr energiyasi tizimida kuzatilgan uzilishlar bois, Odatdagi hayot tarzi izdan chiqdi.

Qozog‘iston OAVlari ham Olmaota va mamlakatning janubiy hududlarida energiya uzilishi sodir bo‘lganini yozmoqda. Chimkent, Taraz, O‘sh va Bishkekda ham elektr energiyasi yo‘qligini aytishdi. Qirg‘izistonda ham svet yo‘q ekan.

Ayni paytda isitish, oqava hamda ichimlik suv tarmoqlarida uzilishlar, yirik shaharlarda svetoforlar o‘chgani sababli chorrahalarda tirbandliklar, metropolitenining barcha yo‘nalishlarida metro harakati to‘xtadi, Toshkent xalqaro aeroporti samolyotlarni qabul qilmayapti. Hozircha mobil aloqada uzilishlar kuzatilmayapti, xolos.

Soat 10:57 da Qozog‘iston Respublikasi Elektr tarmog‘ida katta avariya bo‘lishi natijasida Olma-ota, Shimkent, Taras, Turkiston (viloyatlarida) va atrof hududlarida Elektr energiya ta'minotida o‘chishlar yuzaga keldi.

Buning natijasida Qirg‘iziston elektr tarmog‘ida, jumladan Bishkek, O‘sh va boshqa barcha shaharlarda elektr energiya o‘chishi kuzatildi.

Yagona elektr tarmog‘iga ulangan O‘zbekiston elektr tarmog‘i bu avariyaning salbiy ta'siri natijasida Qozog‘istondan keluvchi 530 liniyadagi kuchlanish va chastotani keskin o‘zgarishi oqibatida Toshkent GRESi, Sirdaryo GRESi da avariya himoya vositalari ishlab ketib bu ikkala stantsiyani ham avtomatik ravishda o‘chishiga olib kelgan.

Natijada Farg‘ona va Toshkent shahri va viloyati, Farg‘ona vodiysi hududi, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlari tarmoqlarida elektr energiyasi o‘chdi.

@EltuzTG

Tag‘in o‘qing
16 fevral 2017
15 fevral kuni, avtosanoatdagi korruptsiya bois ishdan ketgan va qamoqqa olingan “O‘zavtosanoat” raisi o‘rinbosari Tohirjon Jalilov lavozimiga qaytdi. Rossiyadagi ...
13 may 2019
Boya saytda firibgarlik aybi bilan qo‘lga olingan mansabdor haqida bir maqola paydo bo‘ldi. Keyin kirib qarasam, maqola o‘chirtirilgan. Va ...
17 avgust 2021
Londondagi Sharq va Afrika tadqiqotlari instituti tahlilchisi Alisher Ilhomov o‘zining feysbuk sahifasida Afg‘onistondagi so‘nggi voqealarning O‘zbekistonga ta'sirini bunday izohladi: ...
12 iyul 2024
RT: Aziz og‘a-inilar, qadrdonlar, kunlar o‘tib hafta aylandi, yana bir jumada sizlar bilan ko‘rishganimdan xursand, shodman. MC: Nichiksizla Ho‘jkbrri, ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...