Document UZ
26 oktyabr 2022

Eltuzga maktub: Namanganda yoshlar uchun ajratilgan pullar yeb yuborilyapti

Ilgari “Kamolot” YoIH degan tashkilot bo‘lardi. Unda yoshlar, ularga pul yoki hech qanday imtiyoz bo‘lmasa ham, vatanparvarlikni namoyish qilib, uning safini to‘ldirib, harakatda faol edilar
Bunday yoshlarning ko‘pchiligi hozir katta-katta lavozimlarda ishlashmoqda. Keyinroq tashkilotni nomi o‘zgarib Yoshlar ittifoqi bo‘ldi, lekin nomdan boshqa xech narsa o‘zgarmadi.

Ayrim imtiyozlar berilgan bo‘lsa-da, baribir, davlat tashkiloti bo‘lmaganligi uchun rahbarlar tomonidan barmoq orasidan qarash davom etdi. Tashkilotning byudjeti o‘limsangi bo‘lganligi sababli biror tadbir yoki unga ishtirok etgan yoshlarni rag‘batlantirish uchun mablag‘i yo‘q edi.
Yurboshimiz yoshlarning mazkur muammolarini yechish maqsadida 2020 yil iyun oyida Yoshlar ishlari agentligi tashkil etildi. Endi davlat tashkiloti sifatida tashkil etilgan yangi tizimga qobilyatli, salohiyatli yoshlardan Alisher Sa'dullaev tayinlandi (loyiq kadr ammo).

Endi byudjetdan yoshlarning real muammolarini hal qilish uchun milliardlab mablag‘lar ajratilmoqda. Lekin bu ajratilayotgan mablag‘larni yarim yo‘lda randalab qo‘yish holatlari xam mavjud.

Buni Namangan viloyati boshqarmasi misolida ko‘rib chiqish mumkin. Misol uchun, 2021 yil 23 dekabr kuni Namangan yoshlar markazi binosida nogironlar uchun “Inklyuziv ta'lim” markazi ochilgan bo‘lib, bu markazda nogiron yoshlarning ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirish, ularning intellektual, axloqiy va jismoniy rivojlanishga bo‘lgan shaxsiy ehtiyojlarini qondirish, sog‘lom va xavfsiz turmush tarzi madaniyatini shakllantirish maqsad qilingan.

Markazga kelgan yoshlarga bir qancha asbob uskunalar taqdim etilgan, ammo bularning narxini ko‘rib esxonang chiqib ketadi.

Agentlikning Baxtiyor Mirzatov rahbarlik qilayotgan Namangan viloyat boshqarmasi hamda “Sport med action” MChJ (Xarid.uz tizimida ham bu tadbirkorlik sub'ekti to‘g‘risida ma'lumotlar yo‘q. Rekvizitlar: Namangan shahri Oromgoh 27a uy Tel: +998 90 279 01 01) o‘rtasida 30 noyabrda tuzilgan №2 sonli shartnoma (e'tibor bering, 2 sonli shartnoma bu firma yangi ochilgan degani)ga muvofiq nogironlar aravachasi 9, 500, 000 (to‘qqiz million besh yuz ming) so‘mdan 3 ta olingan (umumiy qiymati 28, 500 000 so‘mni tashkil etadi).


Vaholanki, bu aravachaning narxi 2022 yil avgust oyi davriga Toshkent shahrida 1, 136, 000 so‘mdan sotilmoqda (2021 yil dekbar oyidan hozirgi davrga qadar inflyatsiyani hisobga olsak, undan ham arzon bo‘lgan). 3 ta bunday aravachani xozir 3 480 000 so‘mga olsa bo‘ladi. 25 million qani?
Bundan tashqari, shu markazga 9, 500, 000 so‘mga oyoq kiyim tikish mashinasi olingan. Uning narxi esa 26 381 rubl yoki 2021 yil dekabr kursida 3 879 853 so‘mni tashkil etadi.
Bu yerda ham 5 yarim million yoshlarga tegishli pul «tuya» qilingan.
Vaholanki, bu deyarli bitta shartnoma asosida o‘qiydigan yoshning shartnomasini to‘lashga yetardi. Shu savdo jarayonida “Yoshlar markazi”ga musiqa asboblari ham sotib olingan, ularni nomma-nom sanab o‘tirmaymiz-da, narxlarini solishtirma ko‘rinishda keltiramiz:

  1. Solo gitara – 4 360 000 Bozor narxi 2 380 000 so‘m
  2. Bas gitara – 4 997 000 Bozor narxi 2 380 000 so‘m 3.
    Akustik gitara – 3 550 000 Bozor narxi 470 000 so‘m
  3. Solo sintezator – 19 500 000 bozor narxi 3 500 000 so‘m
  4. Sintezator Akkord – 29 950 000 bozor narhi 5 750 000 so‘m
  5. Tinbal (Baraban) – 3 990 000 bozor narxi 1 650 000 so‘m
  6. Udarnik (Baraban) – 20 950 000 bozor narhi 5 650 000 so‘m
  7. Saksafon – 8 650 000 bozor narhi 3 600 000 so‘m
  8. 2 ta Rubob – 4 000 000 bozor narxi 750 000 so‘mdan 1 500 000 so‘m va boshqa ilovada keltirilgan barcha musiqa asbob-uskunalarining narxlari bozor narxlaridan kamida 50 % ga baland ko‘rsatilgan.
    Bizdagi ma'lumotlarga tayanib qilingan hisob-kitoblarga ko‘ra, 198 million so‘mlik bitta Inklyuziv ta'lim markazi uchun olingan asbob- uskunalarning narxlaridan 100 millionga yaqin qismi “TUYa” qilingan.
    Endi o‘zingiz hisoblang, bitta tadbirdan 100 millondan pul yuvilsa, bir yilda 10 ta shunday tadbir o‘tkazilsa, 1 milliard bo‘ladi.
    Bu bitta viloyat misolida.
    Yuqorida keltirilgan ma'lumotlarning barchasi hujjatlar bilan tasdiqlangan. Muhrlar va imzolar bor.
    Yoshlar ishlari agentligi Namangan viloyat boshqarmasi hisobchisi, rahbari va tegishli o‘rinbosarlar bu masalaga nima deb izoh berishar ekan?
    Bu yuvib yuborilgan mablag‘lar nechta qiynalgan talabaga kontrakt, yigitlarga safarbarlik chaqiruvi rezerviga to‘lov yoki qizlarimizga tikuv mashinasi bo‘lishi mumkin edi.
    Bu masala yuzasidan Alisher Sa'dullaev, viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov va Moliya vaziri Timur Ishmetovlardan amaliy harakatlar kutib qolamiz.
    Agar bunday vallomatlarga chora ko‘rilmasa, Agentlik rahbariyatini ishga sherik, moliya vazirligi va moliyaviy nazorat boshqarmasini befarq, viloyat hokimini esatanish bilishchilikka yo‘l qo‘ygan deb topish mumkin.

(Muallifning iltimosiga ko‘ra ismi sir tutilmoqda)

eltuz.com

Tag‘in o‘qing
25 fevral 2016
O‘zi bir xilu muallifi har xil maqolalardan bino bo‘lgan o‘zbek gazetalarida e'tiborimizga chalingan tendentsiya o‘zbek parlamenti Hisob palatasi hisobotiga ...
31 yanvar 2022
(Rassom Tuz hikoyalari. Davomi, boshi o‘tgan sonlarda) Xolli uyga kelib, divanga yonboshladi. Moyka egasi bo‘lib boyish orzusi uning hayolini ...
20 mart 2016
“Diyonat” gazetasi Uchqo‘rg‘on tumanilik hamqishloqlarini Qozog‘istonga olib borib, 500 ming tangaga sotib yuborgan shaxs besh yil muddatga qamoq jazosiga ...
21 may 2018
Prezident Mirziyoev 19-20 may kunlari Andijonda o‘tgan yig‘ilishda DXX xodimlariga uy qurish va maoshini ko‘tarishga va'da berdi. «Hozir qo‘l ...
Bloglar
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...
10 oktyabr 2024
Yuksalish maktabining gender ayirmachilikka asoslangan boshqaruvi haqidagi maqolaga o‘quvchilar ikki xil munosabat bildirdi. Bir suruv ...