Document UZ
22 noyabr 2023

Shveytsariyadan qaytarilgan millionlar qanday xarjlanadi?

O‘tgan yilning avgust oyida O‘zbekiston va Shveytsariya Gulnora Karimovaning musodara qilingan 131 million dollarni qaytarish bo‘yicha kelishuv imzolagan edi. Bu Karimovaning Shveytsariya banklarida muzlatilgan va yakin kelajakda O‘zbekistonga qaytarishi kerak bo‘lgan 800 million dollaridan bir qismi xolos.

Gulnoraning xalqdan o‘margan pulining bir qismi ya'ni 95 million dollar o‘zbek xalqiga qaytarildi. Bu pulga 190 ta maktab qursa bo‘ladi. Bu pul bilan minglab bolalar o‘limini oldini olish mumkin. Tepadagi sarvat egalari nazarida arzimas bo‘lgan bu pul pastdagi qashshoqlar hayotini bir qadar yaxshilashi mumkin…

Kobra bilan raqs

Balki Gulnora mavzusi joningizga tekkandir. O‘zbekistonda korruptsion sxemalar bilan o‘g‘irlik qilish hech kimni hayron qoldirmasligini bilaman. «Gulnoraning o‘rnida men bo‘lsam ham o‘g‘irlardim» deydigan millionlar ham bor. Bozorga borayotib cho‘ntagidagi puliga qarab baribir buni o‘g‘ri uradi deya oldindan musibatga ko‘nikish hissi bor avomda. Bu yaxshi xislat emas. O‘z haqingni talashib tortishib qozonishni o‘rganmog‘iz kerak. Boz ustiga xozir qamoqdan manzil koloniyaga chiqarilgani iddao qilingan Gulnora Karimova bozordagi oddiy o‘g‘ri emas. U Uzbekistonni 27 yil boshkargan diktator Karimovning sevimli kizi edi.

Gulnora Karimova qanday qilib millionlarni chet eldagi banklarga tashmalagani haqida uch yil oldin Eltuz maxsus film qilgan edi. Kimdir qayta ko‘rmoqchi bo‘lsa Eltuzning yutub kanaliga kirib mana bu ssilka bilan kirib tomosha qilsangiz bo‘ladi. Ancha batafsil. https://eltuz.com/video/216169/ 

Prezident qizi degan loxotron

Uzun xikoyani qisqa aytsak. Pora olish sxemasi o‘ta sodda bo‘lgan. Telefonsevar yoshlardan iborat O‘zbekiston bozoriga kirishni istagan Shvetsiya va Niderlandiyadagi telekomunikatsiya shirkatlariga O‘zbekisonga kirish yo‘li tushuntirilgan, buning uchun ular – Gulnora Kariomovaga o‘lpon to‘lashi lozim bo‘lgan.

Qonunda litsenziya olib davlat byudjetiga pul tulab ishlashi taqozo qilingan shirkatlar Gulnora Karimovaga pora berib O‘zbekiston mobil aloqa bozoriga kirishgan.

2012 yili korruptsion sxemalar Shvetsiya televideniesya jurnalistlari tarafidan fosh qilingani ortidan bir kator yevropa davlatlarning prokurorlari Gulnoraga karshi tergov ochdi.

Rasmiy Toshkent «prezident qizining » Katta yo‘ldagi qaroqchi» ekanidan ko‘z yuma olmadi. Gulnora Karimova 2013 yilda uy qamog‘ida olindi. Keyinchalik Toshkentdagi sud uni 13 yilu 4 oyga ozodlikdan mahrum qildi.

Nihoyat Gulnora qamoqda. Ammo hali uning xalqdan o‘margan pulining asosiy kismi Shveytsariya banklarida saqlanmokda.

Restitutsiya

Restitutsiya lotincha restitutio ya'ni egasiga qaytarish degan ma'noni beradi. Falsafada bu so‘z adolat tantanasi deya tushuntiriladi. Xalqaro huquqda esa yetkazilgan zararni qoplash ma'nosida ishlatiladi.

2020 yilning sentyabrida Shveytsariya va O‘zbekiston o‘rtasidagi memorandumga asosan restitutsiya qilingan mablag‘ o‘zbek xalqiga manfaatli bo‘lishi¸ uning turmush sharoitlarini yaxshilashi va qonunsizlikka qarshi kurash uchun sarflanishi kerak.

2023 yilning 16 avgust kuni Bern shahrida O‘zbekiston va Shveytsariya o‘rtasida kelishuv imzolandi:

«Noqonuniy orttirilgan va Shveytsariya territoriyasida konfiskatsiya qilingan pulni O‘zbekistonliklarning yaxshi turmush kechirishi uchun qaytarish shartlari»

Odam o‘qisa sevinadigan gap. Gulnora Karimovadan musodara qilingan pullarni Shveytsariya o‘zbek xalqi farovonligi uchun sarflansin demoqda. Olqish va tasanno. Pulni qaytarish uchun kelishuv shartlari esa mana bunday.

  • Ochiqlik va shaffoflik. Restitutsiya jarayoni haqida elni xabardor qilib borish.
  • Jamoatchilikning bu jarayonda ishtirok qilishi.
  • Qaytarilgan pulni ta'lim va sog‘liqni saqlashga sarflash
  • Bu borada Shveytseriya va O‘zbekiston o‘rtasida muntazam dialogni ta'minlash
  • Restitutsiya BMT qoshidagi O‘zbekiston vizion 2030 Ishonch fondi orqali amalga oshiriladi.

Demak Gulnora Karimovaing jinoiy yo‘l bilan topilib Shveytsariyada musodara qilingan pullar BMT qoshidagi «Vision 2030 – Ishonch» jamg‘armasiga qaytariladi.

43,5 million $ BMTning bolalar o‘limini oldini olish dasturi uchun! 

Bu yil sentyabr oyida BMT qoshidagi Ishonch fondi kelib tushgan 95 million dollardan 43,5 million dollarni BMTning bolalar o‘limini oldini olish dasturi uchun sarflanajagini e'lon qildi.

«BMTning Uzbekistondagi vakolatxonasi iddao qilishicha bu dastur 30 oy mobaynida 600 ming ona va chaqaloqni qamrab oladi » Dastur bir kator BMT agenliklari tomonidan amalga oshiriladi. Nimjon va oriq tug‘ilgan bolalarning bardoshini xozirgi 75 foizdan 90 foizga yuksaltirishni maqsad qilgan.

Shu bilan birga, Ishonch Fondi qoshida jamoatchilik maslahat kengash tuzilgani xakida e'lon klindi.

Gulnora Karimovaning puli qaytarilishi jarayonida jamoatchilik maslahat kengashiga rahbar bo‘lgan O‘zbekistondagi «Demokratiya va inson huquqlari» nodavlat tashkiloti rahbari Sayyora Xodjaeva 43.5 million dollarning bolalar salomatligi uchun sarflanishini qo‘llab quvvatladi.

Eltuz muxbiri Sayyora Xodjaeva bilan uchrashib O‘zbekiston yangi tarixida ilk bora bo‘layotgan restitutsiya haqidagi fikrlari bilan qiziqdi.

Gulnora Karimovadan musodara qilingan pullarni o‘zbeklar farovonligi uchun qaytarish bo‘yicha masalahat kengash raisi bo‘lgan Sayyora Xodjaeva jarayonning ma'naviy qirrasiga e'tibor qaratdi

Gulnora Karimovaning eldan o‘g‘irlagan pulini elga qaytarish uchun kelishuv shartlarida ochiqlik va shaffoflik ko‘zda tutilgan.

Restitutsiya jarayoni haqida elni xabardor qilib borish talabi bor. Ayni paytda xalq zehniyatida pul oldi berdisi yashirin bo‘lishi kerak¸ bir qo‘ling berganini narigi qo‘ling bilmasin degan tushuncha ham bor.

Bol tutgan BMT barmog‘ini yalamoqda

Ayni paytda moliyaviy aktivlarning O‘zbekistonga qaytarish jarayonidan habardor ekspertlar Gulnora Karimovaning xalqdan o‘g‘irlagan pullarini qaytarish uchun vazifalangan jamg‘armaning «bol tutgan barmog‘ini yalaydi» tutumida ish ko‘rishidan havotir izxor qilishmoqda.

Manzara tikka turgan boy odamning tiz cho‘kan tilanchi oldida kibr bilan uzoq cho‘ntak kavlaganiga o‘xshaydi.

Eltuz restitutsiya jarayonlarini yaxshi biladigan¸ o‘g‘irlangan pullarni qaytarilish tarixidan xabardor bir nechta ekspert bilan gaplashdi. Ular bu sohada yuz berishi mumkin bo‘lgan muammolarni sanab o‘tdi. Ularning havotirlariga diqqat qaratsak.

Eng birinchi xavotir «beruvchining oluvchidan tepada turgani» ya'ni kolonial yondashuv bilan bog‘liq. Ishonch jamg‘armasi O‘zbekiston jamoatchiligining pullarni qaytarish jarayonidagi aktiv ishtirokini deyarli ko‘zda tutmagan.

Kelishuvda pul qaytarish jarayoni haqida o‘zbek xalqiga muntazam bilgi berilib turiladi deyilishiga qaramasdan barcha hujjatlar xususan veb sayt faqat ingliz tilida.

Jamg‘arma nizomining 11 bandida hisobot faqat ingliz tilida bo‘ladi deb yozilgan. Bu esa o‘zbek jamoatchiligi uchun jamg‘arma faoliyati deyarli yopiq deganidir. Chunki oddiy o‘zbeklar bu hujjatlarni o‘qib bilgi ololmaydi.

Pullarni qaytarish bilan bog‘liq harajatlar smetasi va sxemasini tuzgan o‘zbek va shveytsariyalik mulozimlar o‘zbek xalqini emas, ko‘prok BMT xizmatchilari haqida o‘ylagan va o‘z xodimlariga yaxshi oylikni Gulnoraning pulidan olib to‘lamoqda degan manzara ko‘zga tashlandi.

2022 yil hisobotidan ma'lum bo‘lishicha jamg‘arma Gulnora Karimovaning qaytarilgan pulidan bir million 136 ming dollarni o‘z harajatlari uchun olgan.

Bir million 136 ming BMT jamg‘armasi rahbar xodimlari va kotibiyat o‘rtasida taqsimlab olingan.

«Bol yalagan» BMTchilar orasida isnson xukuklar faollarni xush kurmagani bilan tanilgan BMT sobik xodimi Jozef Astrup ham bor.

Moliyaviy hisobotga ko‘ra, 948 ming 467 dollarlik qo‘shimcha mablag‘ Nyu Yorkdagi adminstrativ xodimlar orasida bo‘lib olingan..

Qaytarilgan puldan o‘zlari mo‘l maston foydalangan BMT bu pulning qaytarilishini kuzatishga safarbar qilingan o‘zbek jamoatchiligi uchun qori ishkamba kabi ziqnalik qilishdi.

Bu pulning kprruptsionerlarga yem bo‘lishini kuzatadiganlar oyliksiz tekin ishlashi ko‘zda tutilgan. Ularning ofis rasxodlariga 19 ming dollar ajratilgan xolos. Maslahat kengashi sarfini qoplash va komandirovkalar uchun 20 ming¸ kengash a'zolarini o‘qitish uchun 6 ming dollar ajratilgan xolos.

Afandi aytganday tanga menga jiringi senga!

Shu tariqa pul qaytarishning ilk yilida xalqaro tashkilot mulozimlari ikki million 84 ming 559 dollarni keng shim cho‘ntagiga solib qo‘ygan bo‘lsa. Bu jarayonni nazorat qiluvchi o‘zbek faollariga 45 ming ajratildi. Farqni ko‘rdingizmi.

Shu o‘rinda o‘zbek faollari zimmasiga yuklangan vzifalar zalvoriga diqqat qaratsam.

1 Karimovadan qaytarilgan pul O‘zbekiston aholisining eng qashshoq va extiyojmand qatlamiga yetib borishini nazorat qilish.

2 «Inson huquqlari»¸ «erkak va xotinlarning teng huquqliligi» «doimiy hisob berish» «o‘z gapida turish» «botirlik» kabi talablarga rioya qilish.

  1. Pul qaytarilishi bo‘yicha o‘zbek xalqini bilgi bilan ta'minlash

4 Pul qaytarilish jarayoniga O‘zbekiston jamoatchiligining barcha va eng faol qatlamlari ishtirokini ta'minlash.

Shunday og‘ir yuk yuklangan maslahat kengashiga ozgina pul ajratilgan.

Ayni paytda pul qaytarishda qatnashayotgan xalqaro mulozimlarga katta maosh¸ imriyozli bonuslar ato qilingan. Bu pullar o‘zbekistondagilar oyligi bilan solishtirib bo‘lmaydigan darajada ko‘p.

Korruptsiya

Yana bir xavotir esa korruptsiya bilan bog‘liq.
Ishonch 2030 fondiga ko‘ra Karimovadan qaytarilgan pulga olinadigan barcha uskunalar haridini BMT agentliklari amalga oshiradi. Hisobot esa faqat BMT portalida mavhum shaklda e'lon qilinadi. Bu esa jiddiy havotirimizga sabab bo‘ldi.

Chunki BMT portalida uskunalar kimdan sotib olingani va tender bo‘lgani haqida umuman ma'lumot berilmaydi.

BMTning mavjud hisobot tizimi Gulnora Karimovadan qaytarilgan pul bilan bog‘liq haridlarni o‘zbek faollari tarafidan nazorat qilinishi uchun yopiq qolmoqda. Bu esa jinoiy guruxlar va kartellarning sog‘liqni saqlash tizimida bo‘lgani kabi pul o‘marishini extimoldan soqit qilmaydi.

Gulnoradan qaytarilayotgan katta summa pulning offshor g‘orlariga yashiringan potstavnoy firmalar yoki oddiy jinoiy to‘dalar qo‘liga tushmasligining bu xolatda kafolati yo‘q.

Nazorat imkoni deyarli yo‘qqa chiqarilgan. Shaffoflik o‘rniga mavhumlikni ko‘ramiz.

Gulnoradan qaytarilayotgan katta pulga o‘zining jundor qo‘lini tiqmoqchi bo‘lganlar O‘zbekiston boshqaruv tizimida ham borligi Gonkongda hibsga olingan Karimovaning to‘shakdoshi Rustam Madumarov bilan bog‘liq iddaoli mojaroda yuz ko‘rsatdi.

O‘g‘rini qaroqchi talamasligining kafolati kerak bizga.

Shu o‘rinda taklif va tavsiyalarni ham saslantirsam.

  1. Pul qaytarayotgan «Ishonch» fondi o‘z hisobotini faqat ingliz tilida emas el tushunadigan o‘zbek tilida ham yoyinlab borsin.

2. Pul qaytarilishini kuzatayotgan o‘zbek maslahat kengashiga ko‘proq pul ajratish kerak.

3. Qaytarilgan pul bilan bog‘liq barcha haridlar tender asosida amalga oshirilib mana bu saytda kunora bilgi berilsin. (https://web.telegram.org/a/etender.uzex.uz)

4. Xalqaro mulozimlarga pul qaytarish jarayonida to‘langan summalar va fond harajatlari haqida kundalik bilgi berib borilsin.

5. Fond haridlari o‘zbek maslahat kengashi bilan kelishilgan xolda qilinsin.

Aytgan gaplarim hali otilmagan ayiq terisini bo‘lib olish haqida emas balki og‘zimizdagi oshni oldirmaslik haqida.

Bir dumaloq pishloqni bo‘lishi olmagan ikkita ayiq bolasiga tulki qanday yordam bergani haqidagi ertakni ko‘pchilik biladi.

Tulki pishloqning kattagina qismini o‘zi yeb qolgan ozgina bo‘lagini ikki ayiqchaga teng bo‘lib beradi. Bu ertakning o‘zbekcha yana bir variantida bir hirsday erkak yetimcha qo‘lidagi butun nonni tuyaga o‘xshatib beraman deb olib katta qismini yeb qo‘yadi. Yetimning nonini tuya qilish degan ibora shundan qolgan.

Haq olinur va aslo berilmas

Bundan chiqadigan hulosa nima. Birinchidan befarq bo‘lmaylik. «Gulnora Karimova kimu biz kim «deb o‘zimizni chetga totrmaylik. Gulnora Karimova bizning va sizning cho‘ntaginizdagi pulni o‘mardi. Shveytsariya sudi buni qaytardi. Qaytgan pul bizniki¸ sizniki¸ elniki. Uni o‘z farovonligmiz uchun sarflaylik. Bu puldan poy olaman degan o‘rtakashlarni uyaltiraylik. Faol bo‘laylik Haqqimizni olishini o‘rganaylik. Bundan xozirgi hukmdorlar ham hulosa chiqarib ertaga Gulnorani kuni mening ham boshimga tushadi deb o‘ylansin.

Ulug‘ jadid otamiz Mahmudxo‘ja Behbudiy yozganidek haq olinur va aslo berilmas.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
18 fevral 2019
Jizzaxning G‘allaorol tumanida yashovchi 30 yashar Akmal Ablokimov Samarqand viloyati Ishtixon tumanida ichki ishlar xodimlari tomonidan tahqirlangani va kaltaklangani ...
29 iyul 2019
Urganch shahrining Ashxobod mahallasidagi uylari buzilgan va tovon puli berilmaganidan g‘azabga to‘lgan xalq g‘alayon ko‘tardi. Poytaxtdan zudlik bilan yetib ...
14 iyun 2016
ShHT sammiti yaqinlashgan sayin o‘zbek hukumatining ho‘jako‘rsin tadbirlari ko‘lami ortmoqda. Rasmiylar o‘z harakatlarini Vazirlar mahkamasining “Toshkent shahri magistral ko‘chalarini ...
14 mart 2017
O‘zbekistonda shu kunlarda ham notaruislarning oshig‘i olchi. Mamlakatdagi eng daromadli kasblardan biri notarius. Shu paytgacha ularning qirg‘irliklari haqida deyarli ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...