Aripov «Do‘stlik» bog‘ini qaysi do‘stiga ato qildi?
Bosh vazir Abdulla Aripovning Toshkentdagi «Do‘stlik» bog‘ini shubhali chastnik tijoratchilarga sovg‘a qilgani haqida shikoyat keldi. Shikoyat rus tilida bo‘lib, unga ko‘plab hujjatlar ilova qilingan. Shikoyatni tarjima qildim. Mana o‘qib ko‘ring:
«Bosh vazir Aripov A. imzo chekkan qarorga ko‘ra park «Do‘stlik» shubhali chastniklarga berib yuborildi! Vazirning o‘zi bolaligida bu parkda o‘ynagan bo‘lsa ajab emas. Ammo mana xalq dam oladigan bog‘ni kimgadir berib qo‘ydi (podarka qildi) va park chastnik qo‘liga o‘tdi!
Tik turib ham, o‘tirib ham bo‘ladi. Hamma bizning ustimizdan kulmoqda. Siz hech kim emassiz. Bosh vazir xohlasa parkni sovg‘a qiladi, xohlasa buzib, o‘rnida ko‘p qavatli uy qurib qo‘yadi.
«Do‘stlik» bog‘i Toshkent markazida joylashgan bo‘lib, uning hududi 12 gektarni tashkil etadi. Bog‘ ichida attraktsionlar bo‘lmagan va uni 8 ta mahalla o‘rab olgan. Park 2021 yilda davlat hisobidan rekonstruktsiya qilingan. Davlat bu bog‘ni obodonlashtirish uchun 2,5 million dollardan ortiq mablag‘ sarflagan. Atrofdagi mahalla ahli bilan kelishilgan holda park hududi eko-zona deb e'lon qilingan.
Toshkent aholisi va mehmonlari parkka kelib qalban va jismonan dam olishadi. Yashil zonalarda kisloroddan nafas olishadi. Toshkentdagi keng qurilishlar sabab shahar havosi odamlar salomatligi uchun zararli bo‘lib qolgan. Har hafta davomida Toshkent dunyodagi eng iflos havoga ega shaharlar ichida birinchi o‘rinni egallaydi.
Parkda xalqaro kelishuvlar esdaligi bo‘lgan uchta madaniy ob'ekt mavjud: Seul (Janubiy Koreya), Sietl (AQSh) bog‘lari va Yaponiyaning «Tinchlik qo‘ng‘irog‘i». Shu bilan birga, parkda tarixiy milliy ob'ektlar reestriga kiritilgan ikki yodgorlik mavjud. Qonunga ko‘ra, bu yodgorliklar davlat tomonidan himoya qilinishi kerak va ularning 100 metr radiusida hech qanday qurilish ishlari olib borilishi mumkin emas.
Bosh vazirdan bog‘ni tekinga olgan (balki pora berib olgan) shubhali chastnik bu qadimiy yodgorlikka yaqin bo‘lgan joyda shaharning eng katta aylanma attraktsionini qurmoqda. 2021 yilgi rekonstruktsiyadan keyin bog‘ uchun byudjetdan mablag‘ ajratilmagan va park o‘zini-o‘zi qoplash holatida edi. Ammo Bosh vazir Aripov shahar markazidagi bu istiqbolli yer maydonini shubhali odamlarga shubhali tarzda berib yubordi.
2024 yilning 13 martida Bosh vazir Aripov A. imzosi bilan bog‘ va unga tutash Bratislava ko‘chasidagi hudud 49 yilga «OOO SP BMP SMART DECISION Management» kompaniyasiga sovg‘a qilindi. Aripov imzolagan hujjat va Kabmin protokolida parkdagi xalqaro kelishuvlarning yodgorliklari haqida hech narsa yozilmagan.
Joriy yilning 26 martida imzolangan Kabmin protokoli nafaqat bu uchta yodgorlik, balki atrofdagi mahalla aholisining toza havodan nafas olish huquqini ham poymol qildi. Aholi dam oladigan joyda bu chastniklar attraktsionlar qurib boshladilar.
Bu bog‘ Toshkentda 1937 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Chor davrida gubernatorning otxonasi shu yerda joylashgan. Parkda 150-250 yillik chinor daraxtlari o‘sib turibdi. Bosh vazir imzosi bilan chastniklarga berilgan bu hududda qurilish boshlaganlar bu daraxtlarni kesishni rejalashtirmoqdalar.
Qurilish uchun Aripov rozilik bergan. Mahalliy aholi bu holatdan norozi. Bosh vazir bog‘ni tijoratchilarga berish uchun mavjud qonunchilikni qo‘pol ravishda buzib, qaror qabul qilgan.