Document UZ
22 sentyabr 2015

Zayniddin Asqarov intervyusi

Zayniddin Asqarov jasadi 2010 yilning 11 oktyabr kuni turmadan uyiga qaytarildi. Aytilishicha, SNB xodimlari mayitni tez dafn qilish va shov-shuv qilmaslikni marxumning yakinlaridan talab qilishgan. Zayniddin Asqarov 2003 yilning noyabr oyida Ozodlik, VVS va Amerika Ovozi radiolariga intervyu bergan. Intervyuda, Askarov 1999 yil 16 fevral portlashlarini Toshkent xukumati uyushtirganligini paytdan foydalanib aytishga jazm kilgan edi.

Xozir ma'lum bulishicha, Askarov Toshkentdagi Sangorodda yurak xurujidan o‘lgan. Ayni paytda, Asqarov o‘ldirilgan bo‘lishi ehtimoli katta. Asqarov, Toshkent xukumati tashqariga sizdirishni istamagan sirlar soxibi edi. Yaqinda, unga belgilangan 10 yillik jazo muddati tugab, Askarov ozodlikka chiqishi kerak edi. Zayniddin Askarov 1971 yil Namanganda tug‘ilgan, Uzbekiston Islomiy Xarakati yetakchilaridan xisoblanadi. 1999 yil Turkiyada kulga olinib Uzbekistonga topshirildi.

Toshkent mahkamasi Askarovni 10 yilga ozodlikdan maxrum kildi. Avvaliga, Uzbekiston davlat televideniyasi orqali 16 fevral portlashlarini Toxir Yo‘ldosh va Muhammad Solih uyushtirdi deb aytgan Asqarov, oradan 4 yil o‘tib, bu iddaolardan voz kechdi. Boz ustiga, Asqarov, portlashlarni hukumat uyushtirdi degan gapni aytdi. El tuz taririyati, Assarov intervyusining to‘liq matni va audio variantini sizga taqdim qiladi.

www.Eltuz.com

Pahlavon Sodiq: Baxtiyor aka aytdilar nimani. Qanaqadir muddatlar qisqargan deb. Boshidan gapirib bersangiz. Qaerda jazo muddatlarini o‘tayotganingiz, kelayotgan amnistiya sizlarga taalluqli bo‘ladimi bo‘lmaydimi.

Zayniddin Asqarov: Boshlayveraymi?

Pahlavon Sodiq: Ha, boshlayvering.

Zayniddin Asqarov: Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuh. Men Asqarov Zayniddin Abdurasulovich. 1971 yil 18 fevralda tug‘ilganman. O‘zbekiston jinoyat kodeksining 159 va bir qator jinoyatlari bilan 1999 yil 5 martda 16 fevral voqealariga aloqadorlikda ayblanib¸ 11 yilga ozodlikdan mahrum etilganman. Hozirgacha O‘zbekiston muassasalaridan beshtasida bo‘ldim. Jumladan UYa 64/65 Zangiota zonasida, Navoiy 64/46 zonasida bo‘ldim. Qashqadaryoda UYa 64/33 zonasida, yana Qashqadaryoda UYa 64/61 zonasida va hozirda Qashqadaryo Shayxalidagi 64/49 zonada jazo muddatini o‘tab kelmoqdaman.

Pahlavon Sodiq: Siz bilan birga jazoga hukm qilinganlardan bir qanchasi¸ xususan o‘lim jazosiga hukm qilinganlarning taqdiri borasida biror narsa bilasizmi? Demak¸ siz bilan ayni aybda ayblanganlarning taqdiri borasida.

Zayniddin Asqarov: Ular to‘g‘risida Bi-Bi-Si orqali 2000 yil Bahrom Abdullaev to‘g‘risida bir xabar eshitgandikki, 11 yilga otmen bo‘ldi degan, lekin qolganlar to‘g‘risida eshitmadik. Uni ham keyin bu xabar noto‘g‘ri bo‘lsa kerak, uyidagilar ko‘rishmaganligi yoki shunchaki bir gap ekanligi to‘g‘risida axborotlar yetib keldi. Lekin hozir ular otildimi¸ otmen qilindimi – u to‘g‘risida aniq ma'lumotimiz yo‘q. Qaerdaligini bilmaymiz hozir. Ehtimol ijro qilingandir, ehtimol qilinmagandir. Aniq bilmaymiz buni.

Pahlavon Sodiq: O‘zingiz jazo muddatini o‘tagan va o‘tayotgan qamoqxonalardagi sharoitlar haqida va mahbuslarga munosabat haqida nima deysiz?

Zayniddin Asqarov: Endi boshidan¸ 1999 yildan bu yog‘iga bo‘lgan voqealarni qaraladigan bo‘lsa, oldin davlenie nihoyatda qattiq edi. Nihoyatda kuchli edi. Xossatan 159 lar uchun. Lekin hozirgi kunlarda, qanaqa desam bo‘ladi¸ demokratik liberallashuv o‘zlashtirishlar¸ har xil voqea-hodisotlarga hozirgi kunda UYa 64/49 yashayotgan joyimizda umumiy mahkumlarga nisbatan 99 ga qaraganda ancha davlenielar yo‘q, pasaygan. Xossatan namoz o‘qish yoki bibliotekada Qur'on o‘qishlar, madaniy dam olishlar, mahkumlar bemalol shikoyat, arz-dodini aytishliklariga o‘xshagan o‘zgarishlar bor.

Oziq-ovqat masalasi to‘g‘risida ham oldingiga qaraganda o‘zgarish yaxshi. Ko‘chadan kontsertlar olib kelib klublarda kontsertlar qo‘yishliklar, shunga o‘xshagan ancha narsa yaxshi. Chunki 99 ga qaraganda yaxshi demoqchiligim 99 yili bizning birinchi ko‘rgan zonamiz Navoiy 46 bo‘ldi. Undan keyin 2001 UYa 65 bo‘lgan vaqtida, biz u zonalarni ko‘rgan vaqtimizda hozirgiga solishtirsak, 100 foiz o‘zgarish katta desak bo‘ladi. Masalan¸ oldingi suhbatlarimizda ham aytib o‘tganmiz¸ Zangiota 64/65 zonasida namoz o‘qish umuman mumkin emas edi. 159 larga nisbatan davlenie nihoyatda haddan tashqari qattiq edi. O‘limlar bo‘lganligi, qattiq davlenielar. Mani o‘zimga bo‘lgan narsa Turkiya davlatida yurgan vaqtimda qamoqlar to‘g‘risida ancha inson huquqlariga reportaj berib yoki ancha-muncha narsa yozgandikda¸ bu yoqqa kelib bu narsalar noto‘g‘ri degan xulosaga kelgandik. Lekin zonaga borgan vaqtda o‘zimiz ko‘rdik. Mani o‘zimga o‘sha vaqtda bo‘lgan zulmlardan eng kattalaridan bittasi besh-olti kishi qattiq qiynashlik natijasida xristian diniga o‘tkazishlik, majburan cho‘qintirish¸ Xudoni yo‘q deysan…

Pahlavon Sodiq: O‘zbeklarmi?

Zayniddin Asqarov: O‘zbeklar. Qamoqxona ma'muriyati tomonidan 2001 yil 15 yanvar kuni bo‘lgan voqealar.

Pahlavon Sodiq: Qaysi jazo muassasasida bo‘lgan bu?

Zayniddin Asqarov: UYa 64/65 Zangiota jazoxonasida. Xo‘p o‘sha mahalda qattiq bo‘lardi. U ma'naviy-moddiy zulmlar natijasida u vaqtda ruhiy kasalvand bo‘lib qolganman. Qattiq kasal bo‘lib¸ 45 kun jinnixonada yotdim o‘sha muassasada. Keyin u zonadan Qashqadaryoga etap bo‘lgandan keyin Qashqadaryoda sekin davlenielar ozay-ozay¸ hozirgi kunda endi davlenie yo‘q deydigan darajada.

Pahlavon Sodiq: Jazoni o‘tashning ilk davrida jimoniy va ruhiy qiynoqlarga tutilgansiz.

Zayniddin Asqarov: Ha, shunday. Buni oldingi suhbatlarda ham aytilgan. Ba'zi joylarga, tegishli ma'muriyatlarga aytganmiz. O‘sha vaqtlarda o‘ng oyog‘im, o‘ng qo‘lim ishlamaydigan darajada bo‘lib qolgan edi. Bu 2001 yil yanvar oyida bo‘layotgan voqealar. Undan keyin Navoiy 46 ga oldinroq borgan vaqtimizdagi 159 bo‘lganimiz uchun yoki terrorizmda ayblanganimiz uchun u yerda bo‘lgan davlenielarda ham ancha qiynalgan edik. Masalan jumladan¸ chap qovurg‘amiz sinishligi o‘sha paytda. Ana endi hozir muassasa rahbariyati mana Sobir Qalandarov podpolkovnik yoki yordamchilari suhbat o‘tkazsa ham hurmat-ehtirom bilan¸ huquqimiz oyoqosti qilinmagan holda talab qilsak biror narsani ijobiy javob qilishlik yoki namoz o‘qisak, namozlarga indamaslik – shunga o‘xshagan ancha ijobiy o‘zgarishlar bor. Shuning uchun 99 nimalarga qaraganda zonalardagi, hammasini deya olmayman, man ko‘rgan zonalarda o‘zim guvoh bo‘lgan zonalarda ijobiy o‘zgarish deya olaman.

Pahlavon Sodiq: Siz hozirga qadar Erk demokratik partiyasi raisi Muhammad Solihni 1999 yil 16 fevraldagi Toshkent portlashlariga aloqadorligi borasida ko‘rsatma bergan yagona guvoh, yagona ayblangan shaxssiz. Lekin keyinchalik masalan internetda, matbuotda go‘yoki sizni bu ko‘rsatmadan qaytganingiz, xususan Bi-Bi-Si radiosiga bergan intervyuda mana shunaqa ishoralar bor edi va hatto masalan bizga kelgan ma'lumotlarga ko‘ra¸ ba'zi kameradoshlaringizga, siz bilan bir joyda jazo muddatini o‘tayotgan shaxslarga Muhammad Solihning bu portlashlarga aloqasi borligi haqida hech narsa bilmasligingiz¸ to‘g‘rirog‘i aloqasi yo‘qligi haqida ma'lumotlar bor bizda. Demak¸ Muhammad Solih faqat siz bergan ko‘rsatma asosida 15,5 yilga hukm qilingan. Mahkama jarayonida boshqa dalil, sizga o‘xshagan boshqa guvohlik bergan shaxslar bo‘lmagan. Hozir ham shu ko‘rsatmalaringizda qat'iymisiz?

Zayniddin Asqarov: Endi bu to‘g‘risida bitta ha yoki yo‘q deyishlik bilan ikkala tomon ham qanoatlanmaydi. Shuning uchun agar iloji bo‘lsa, vaqt bo‘lsa, ozgina tarix to‘g‘risida ozgina gapirilsa, aloqa bor yo‘qligi ochiq-oydin chiqadi. Mani gapirmoqchi bo‘lgan gapim ko‘p bo‘lgan bilan endi o‘sha savolga tegishlik joyiga, to‘g‘ri Muhammad Solihga chiqsak bo‘lmaydida.

O‘zbekistonda men Muhammad Solihni umuman ko‘rmaganman, tanimayman O‘zbekistonda yurgan vaqtimda. Man xorijga chiqqan vaqtimda ko‘rishdim. O‘zbekistonda eshitganmiz xolos “Muhammad Solih bor ekan. Prezidentlik lavozimiga bor ekan” degan ma'noni. Lekin biz xorijiy davlatga chiqqan vaqtimizda ko‘rdik Muhammad Solihni. Birinchi marta Turkiya davlatida ko‘rishayapmiz. Mani akam Obidxon Asqarov 92 yil voqealarida qamalib ketgan edi. Hozir chiqdi.

Pahlavon Sodiq: Qamoqdan chiqdimi?

Zayniddin Asqarov: Ha. To‘rt yilga qamalgan edi, 10,5 yilda chiqib ketdi. 7 sentyabr Navoiy 46 dan chiqib ketdi.

Pahlavon Sodiq: Hozir uyda.

Zayniddin Asqarov: Ha. Hozir ahvoli ham yaxshilashayapti ekan. Sanatoriyada davolanib, uyda davolanib turibdi ekan. Shu Obidxon akam Namangandagi mitinglarni boshqarishlik, Nosir Zokirlar bilan “Birlik”, “Erk” harakatlarida yoki “Islom adolat uyushmasi” harakatlarida qatnashganligiga shu vaqtda qamalib ketgan. Oxiri mana 2002 yil 7 sentyabr kuni Navoiy 46 dan 10,5 yil o‘tirib¸ srokdan chiqib borgan edi uyga. Hozir uyda ekan.

Obidxon akam O‘zbekistonda emas nafaqat xorijda ham ko‘p mashhur odam bo‘lgan. O‘ziga yarasha obro‘-e'tibori bo‘lgan kishi bo‘lganligi uchun xorijga chiqqan vaqtimizda bu yerda endi muhojirda yurgan hamshaharlar, Erkchilar, Birlikchilar, Abdurahim Po‘latov, Muhammad Solih, Jahongir Mamatov deganga o‘xshagan kishilar Obidxon akamiz to‘g‘risida ma'lumotlari bor ekan. Biz chiqqan vaqtimizda kimsiz, nimasiz deganda “Biz Obidxonning ukasimiz” deganda u to‘g‘risida oldin ham Ozodliklar ancha-muncha ma'lumot bergan bo‘lgan. Shu orqali Muhammad Solih bilan ko‘rishayapmiz. Mani ko‘rishishdan maqsadim uni partiyasiga kirish yoki har qanday moddiy-ma'naviy manfaat emas. Chunki o‘zim hamma tomonlama to‘q holatdaman Turkiyadagi sharoitim. Ko‘rishaylik u odam kim¸ nima. Birinchi marta Istanbulda ko‘rishayapmiz. Oldin telefonda Germaniya orqali gaplashib keyin Istanbulda ko‘rishayapmiz. Hali u vaqtda man Tohir Yo‘ldosh, Jumaboylar bilan xorijda ko‘rishmaganman. Umuman jihodiy harakatga qo‘shilgan vaqtim emas u vaqt.

Pahlavon Sodiq: Turkiyada nima qilib yurgandingiz?

Zayniddin Asqarov: U vaqtda, buning tarixi bor. 1990-1991 yilda Turkiyadan Naqshbandiy domlalari kelib Buxoro Samarqandlarni, vodiyni aylangan vaqtida, ziyorat qilgan vaqtida man arab tili, turk tili bilganim uchun tarjimon bo‘lib, ular bilan yurib keyin o‘shalar orqali savdo qilishni o‘rganib, aloqada bo‘lib ulardan ancha adres olingan edi.

O‘zbekistonda ba'zi iqtisodiy qiyinchiliklar, o‘zimni diniy-dunyoviy ilmlarda xorijda o‘qishlik niyati bilan Namangan davlat universitetida o‘qirdim, o‘sha yerdan o‘sha yoqqa borib ham savdo qilaman, ham o‘qiyman degan maqsadda borgan edim. Adreslarga muvofiq o‘sha kishilarni topdik. Topib, uyli-joyli bo‘lib savdo bilan ish yurish bo‘ldi. Bo‘lgan vaqtida tabiiyki u yerda, oddiy armiyaga borib qolgan odam bir zemlyagini ko‘rib qolsa, darrov borib quchoqlashib so‘rashadi.

Biz u yerga borganda kimsan Muhammad Solih, Jahongir Mamatov, Abdurahim Po‘latov, muftiy Muhammad Sodiq shunga o‘xshagan xorijda O‘zbekistonni ma'lum sabablarga ko‘ra chiqib ketgan kishilar bo‘lganligi uchun biz ular bilan ko‘rishdik. Hammasi bilan ko‘rishdik. Ular biz bilan ko‘rishgan vaqtida terrorist deb yoki xalq dushmani, siyosiy harakat deb ko‘rishmadi. Biz ham ularni unaqa niyatda emas, hamshaharlar ma'nosida ko‘rishdik ular bilan. Shunda man qiziqib qoldimki, Muhammad Solih nima qilib yuribsiz bu yoqda, nima qilmoqchisiz yoki Abdurahim Po‘latov siz nima qilmoqchisiz, Muhammad Sodiqqa yoki Jahongir Mamatovga savol-javoblar. Bular endi u yoqda demokratik o‘lkada yoki erkin fikr aytib yurganligi uchun bular kim edi, nima qildi, nima qilmoqchi, nima qilayapti – bular to‘g‘risida menga ancha tushuncha berdi. Mani maqsadim u yerga o‘qigani borish, pul topish maqsadida chiqqan bo‘lsam ham lekin bularning gaplaridan ko‘rib, boshqa qilib o‘zim qo‘shilib qiziqib, “Bir mahallar Namanganda 1991 yil miting bo‘lgan vaqtida Tohir Yo‘ldosh degan bo‘lardi. Prezident Karimov obkom binosini olib qo‘yganda borib o‘tirilgan u yerda, shu voqealar bor edi. O‘sha Tohirjonlar qayda hozir, sizlarning aloqalaringiz bormi yo‘qmi, umuman nima qilib yuribdi, bizning hamshahar edi ular, Obidxon akani ham tanirdi ular”, degan savollarni berdik. Shunda bular aytdiki, “Biz Erk demokratik partiyamiz. Ular O‘zbekiston jihodiy harakati. Biz ularga bo‘ysunmaymiz, ular bizga bo‘ysunmaydi. Ular ham bir O‘zbekiston muxolifati. Hozirgi kunda ular Pokistonda bo‘lishi mumkin, Saudiyda, Afg‘onistonda yurgan bo‘lishi mumkin. Ë Tojikistondadir”.

Man endi ular bilan ko‘rishish ishtiyoqida bo‘lib qoldim. Endi bu uzun tarix. Man qisqa-qisqa qilib aytmoqchiman. Oldin bularni muftiy Muhammad Sodiq yoki boshqa tanish-bilishlarni yordami bilan oldin Umra¸ Hajga bordim Saudiya Arabistonga. Borgandan keyin u yerda Saudiya Arabistonida Turkiyada ko‘rgan kishilarimni aytib, Muhammad Solihni, boshqalarni ko‘rganimni aytib maqsadim Tohir akani ko‘rmoqchilik. Qiziqib qoldim man bu yerda.

Keyin bularni bergan adreslari yoki telefonlari orqali biz Tohirvoy bilan ko‘rishdik. Tohirvoy bilan man borib, yuzma-yuz ko‘rishib, oldiniga Eronda, keyin Pokiston Peshavorda ko‘rishdim. Keyin ko‘rishib, Tohirjonning gaplarini eshitib, ancha ta'sirlandim. Uni maqsadi o‘sha mahalda man eshitishimcha, biz buni qochib ketgan o‘g‘rilarni quvalab yurgan odam sifatida ko‘rgan bo‘lsak, bu yerda biz ko‘rsak, “O‘zbekistonda islom davlati qurmoqchimiz, islom davlatini qurolli yo‘l bilan qilamiz va bunga har tomonlama tayyorgarligimiz ketayapti” degan gaplarni gapirgandan keyin bizning yoshligimiz ham, shijoatimiz ham yoki islomga qiziqishimiz ham ancha uyg‘onganligi uchun o‘shanda Tohir Yo‘ldoshevning harakatiga qo‘shildim oddiy bir muxlis sifatida.

Keyinchalik Turkiyada imkoniyatlarim ko‘pligi, Pokistonga, Afg‘onistonga qaraganda jihodiy harakat a'zosi sifatida Turkiyada nihoyatda katta imkoniyatga egaligim, Turkiyada minglab odamlarni tanib obro‘ orttirganligim munosabati bilan man Afg‘onistonda yoki Tojikistonda yurmaymanda¸ Turkiyada turib jihodiy harakatni ishlarini qilaman. Bir paytning o‘zida ham tijorat, ham ilm olishlik, ham Tohir Yo‘ldoshevning jihodiy harakatini Turkiyadan turib dastaklash maqsadida turdim.

Ilgari ular Muhammad Solih yoki boshqa muxolifat a'zolari Tohir Yo‘ldosh bilan bahs ma'nosidami yoki biror-bir ma'noda telefon orqali gaplashadigan bo‘lsa, endi ular man orqali gaplashadigan bo‘ldi. Ya'ni Tohir bu masalaga nima deydi demoqchi bo‘lsa ham oldin manga murojaat qiladigan bo‘ladi. Keyin manda bir fikr tug‘ildiki, muxolifatning hammasi birlashtirilmaydigan bo‘lsa, O‘zbekiston hukumatiga qarshi kurashib bo‘lmaydi. Chunki O‘zbekistonda Karimov shunaqa kuchliki, bunga yo “Erk” yo “Birlik” yoki islom harakatlarning birortasi bas kela olmaydi. Buning uchun yagona birlik kerak. Buning uchun har biriga birlashishlik to‘g‘risida man o‘zim fikr bilan chiqdim. Birlashsanglar nima bo‘ladi, bitta bo‘lib, mayli har kim o‘zining yo‘lida turaversin, demokrat demokrat bo‘yicha¸ jihodiylar jihodiy bo‘yicha, imomlar imomlik bo‘yicha, shuni bitta bo‘lib maydonga chiqsa bo‘ladimi degan savolni tashlasam, bular “Maydonga chiqsa bo‘ladi¸ lekin hozirgacha biz umuman yuzma-yuz ko‘rishmaganmiz. Buni ko‘rishib¸ gaplashishimiz kerak” degandan keyin man o‘zim moddiy imkoniyatim va Turkiyadagi ko‘plab bizning homiylarning yordami bilan shu uchrashuvni birinchi bora man tashkil qilgan bo‘ldim.

Pahlavon Sodiq: 1997 yilda.

Zayniddin Asqarov: 1996 yilda oldin yakka-yakka ko‘rishuvlar, 1997 yil umumiy ko‘rishuvlar. Shunda birinchi man olib kelib 1996 yilda Abdurahim Po‘latov bilan Tohir Yo‘ldoshni ko‘rishtirdim. Ko‘rishuv uch kun davom etdi, lekin Abdurahim Po‘latov bilan Tohir Yo‘ldosh umuman kelishda olmadi. Chunki Abdurahim Po‘latovda millatchilik kayfiyati nihoyatda kuchli edi.

“San musulmonchiligingda turovir. Agar biz namoz o‘qisak, islomiy bo‘ladigan bo‘lsak, bizga ergashuvchilar ergashmaydi. Bizning g‘oyamiz milliylik” degandan keyin yoki “Turkiyada yoki Amerikada bizni himoya qilib turganlar islomiyligimiz uchun emas, milliy g‘oyani ko‘tarib chiqqanmiz uchun himoya qilib turibdi. Agar biz jihod yoki islom narsasini qo‘shadigan bo‘lsak, biz himoyasiz qolamiz” degan narsalar bo‘lgandan keyin Tohirvoy “San bilan biz pozitsiya bilan gaplashamiz. Lekin ish birligi qilmaymiz” degan ma'noda ya'ni umuman kelishuvga kelinmadi. Ikkalasi ham vatandoshlik ma'nosida bir-birini ziyorat qilishadilar, lekin hech narsa ishga kelishilmadi. Chunki Abdurahim Po‘lat oshkora o‘zining pozitsiyasini e'lon qildi.

Pahlavon Sodiq: G‘oyaviy birlik yo‘q edi.

Zayniddin Asqarov: G‘oyaviy birlik qilmaymiz degan gapni gapirdi. Ikkinchi ko‘rishuv Muhammad Sodiq bilan uning ukasi Muhammadamin, man, Tohir Yo‘ldosh muftiy hazratning uyida gaplashdik. Shunda muftiy hazrat bilan ko‘rishuvimiz bir hafta davom etdi. Bir haftada muftiy Muhammad Sodiq olib borgan g‘oyasi shunga yetib keldiki, “O‘zbekistonda jihodiy harakat ham kerak emas, demokratik harakatlar ham kerak emas, chunki O‘zbekistonda odamlar dindan chiqib ketgan. Kommunistik 70 yillik mafkura vaqtida odamlar dinini unutib yuborgan. Buni qaytib tiklashlik uchun yana 70 yil ta'lim-tarbiya kerak. Shuning uchun hozir tinchlik kerak O‘zbekistonda. Faqat ….

Pahlavon Sodiq: Diniy ma'rifat yo‘li bilan.

Zayniddin Asqarov: 2O‘zbekistondagilarga diniy ma'rifat yo‘li, da'vat qilish, kitoblarni o‘qitish, dinini, millatini¸ tarixini tanitishligimiz kerak” degan g‘oyani gapirdida. “Agar shu g‘oyaga qo‘shiladigan bo‘lsangizlar, man sizlarni darhol jihodiy harakatdan to‘xtashinglarga da'vat qilaman. Toliblarga yoki Ben Lodenlara, umuman siyosiy jihodiy harakatlarga qo‘shilmanglar” deb Tohirjonni qaytargan bu Muhammad Sodiq. Ya'ni muftiy hazrat bilan ham ustoz sifatida yoki diniy ulamo sifatida ziyoratga kelishildiyu, lekin umuman ish birligiga kelishilmadi. Muftiy Muhammad Sodiq bilan ham gapimiz bir joydan chiqmadi.

Ana undan keyin Jahongir Mamatov bilan suhbat o‘tkazdik. Tohir Yo‘ldosh, man, Jahongir Mamatov. Jahongir Mamatov aytdiki, “Dunyodagi hamma ishlar hal qilinadigan narsa faqat Amerikacha demokratik yo‘l bilan hal qilinadi. Qurol ko‘tarish, to‘s-to‘polon, janjal bilan qilib bo‘lmaydi bu narsani. To‘g‘ri¸ O‘zbekistonda kamchiliklar katta. Biz ham muxolifatmiz. Bir kun bir-birimizni tushunarmiz. O‘zbekistonga qaytamiz, lekin tinch yo‘l bilan bo‘lishi kerak” dedida, Jahongir Mamatov bilan g‘oyaviy birlik bo‘lmadi. Oldiniga bitta-bitta gaplashayapmizda.

Navbat Muhammad Solihga yetib keldi. Birinchi marta va oxirgi marta ko‘rishganda ham, 17 marta ko‘rishuvning hammasini o‘zim tashkillashtirganman Muhammad Solih bilan Tohir Yo‘ldoshni. Tohirvoyni O‘zbekistondagi islomiy jihodni amiri shaklida Muhammad Solih ko‘rdi, Muhammad Solihni Tohirvoy O‘zbekiston “Erk” demokratik partiyasining rahbari sifatida ko‘rdi, lekin har bir gaplashilgan gapning tepasida man o‘zim guvoh bo‘lganman, nimaga kelishildi, nima gaplashilgan bo‘lsa, man ot i do ixirigacha guvoh bo‘lganman. Muhammad Solih bilan Tohirjonni kelishgan, kelishmagan taraflari shu bo‘ldiki, kelishgan taraflari “Islom Karimov diktator, totalitar, buni o‘ntarip tashlamasa bo‘lmaydi, O‘zbekistonda inson huquqlari oyoq osti bo‘layapti” degan g‘oyaga bular ikkovi kelishdi. Haqiqatni shunaqa dedi. Lekin kurash uslubiga kelganda Tohirjon mahkam turaverdiki, “Bu faqat harbiy yo‘l bilan bo‘ladi. Jihodiy bostirib kirishlik bilan, terror, portlatish yo‘llari bilan, yo‘q qilishlik bilan” dedi. Lekin Muhammad Solih “Yo‘q. Biz o‘zbek millati tarixda ham har bir joyda ma'rifat bilan ichkarida ilm bilan kurashgan. Hozir agar milliy demokratik g‘oyalar bilan biz xalqning ko‘zini ochadigan bo‘lsak, umuman xalqqa janjal-to‘polonsiz demokratik saylovlar bilan prezidentni olib tashlashimiz mumkin xolos” degan g‘oyani gapirdi. Hatto bularni gaplashuvlari oddiy suhbatlardan, aka-ukachilik suhbatidan urush-janjalga aylanib ketdi.

Pahlavon Sodiq: Ya'ni Muhammad Solih qurolli kurash, to‘ntarish yo‘lini qo‘llab-quvvatlamadi.

Zayniddin Asqarov: Boshidagi so‘zlar shunday ediki, “Man qo‘lllab-quvvatlash u yoqda tursin, san o‘zbek bo‘lsang, o‘zbek millatini desang, yig‘ishtir bunaqa ishingni. Chunki sani deb biz O‘zbekistonda faoliyat qila olmaymiz. O‘zbekistonga demokratik g‘oyalarni, milliy g‘oyalarni olib kira olmaymiz” deb janjallarga ham borib ketishdi. Hatto o‘zim “Ho‘y, Muhammad Solih aka, siz ziyoli odamsiz. Janjallashmanglar. O‘tiringlar” deb ajratgan vaqtlarim ham bo‘lgan orada. Xullas shu majlisning boshlanishi, so‘ng oxirigacha ana endi Muhammad Solihning Tohirvoy bilan ketma-ket emas ikki yil, uch yil orasidagi ko‘rishuvlari hammasining jami 17 martaga boradi. Boshqa man yo‘qligimda telefon orqali bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Lekin telefon orqali gapini ham Tohirjon manga telefonda yetkazardiki, Muhammad Solih shunday dedi, unga shunday dedim man deb aytardi.

Pahlavon Sodiq: Qozog‘istondagi uchrashuv ham doxilmi bunga?

Zayniddin Asqarov: Ha, bu oxirgisi bu. Hozir shunga kelaman. Ana endi Muhammad Solih qaradiki, “O‘zbekistonda Tohirjon siz bu aravangizni yig‘ishtiring. O‘zbekistonda biz demokratik harakat qilamiz” deganda Muhammad Solih qarasaki O‘zbekistonda prezident Karimovni o‘ntaramiz yoki bunga qarshi chiqamiz degan guruhlar bitta Muhammad Solih emas yoki Tohir Yo‘ldoshning o‘zi emas. O‘nlab harakatlar bor ekan O‘zbekistonda. Kimdir kuchli, kimdir kuchsiz, kimdir ichkarida, kimdir qochib ketgan. Shunda Muhammad Solihga bir narsa keldiki, “Bo‘pti. San jihodiy harakatingda turginda, man demokratik holatda turayda, man sanga qo‘shilmayman, san manga qo‘shilmaysan. Lekin avval hamma narsadan oldinga biz nimani qo‘yaylik, dialogga o‘taylik, ya'ni O‘zbekistonda qon to‘kmaslik demokratik, inson huquqlari bo‘yicha bo‘laylikda, agar bo‘lmasa, keyin san nima qilsang qilaverasan” degan so‘zni gapirayapti.

Tohirjonning bitta sharti shu bo‘layaptiki, Muhammad Solihga aytgan gapi va shu 17 majlisda to‘xtamay qaytarayotgan gapi shu bo‘lganki, “Muhammad Solih, biz saning partiyangni tan olmaymiz. Erk partiyasini umuman tan olmaymiz. Tan olmaslikda kuch sifatida emas to‘g‘ri yo‘l sifatida tan olmaymiz. To‘g‘ri emas bu yo‘ling. San agar islom diniga kirsang, shariat deydigan bo‘lsang, Qur'on hadisga yuraman, jihod qilaman desang, sanga qo‘shilamiz. Kerak bo‘lsa, lavozim beramiz. Kerak bo‘lsa, boshliq qilamiz, kerak bo‘lsa, biz boshliq bo‘lamiz, san itoat qilasan. Agar yo‘q, mana shunday turishda biz birlashamiz. Man demokrat turaveraman, san shariat turovrasan deydigan bo‘lsang, man kelisha olmayman san bilan”. Muhammad Solih orada ancha muddat o‘ylab yurdi. Qo‘shilsam bo‘ladimi, qo‘shilsam bo‘lmaydimi, qo‘shilsam bo‘ladimi qo‘shilsam bo‘lmaydimi degan ancha g‘oyalarda yuraverdi. Lekin Muhammad Solih Karimovning yiqilishi tarafdori bo‘lsa ham O‘zbekistonda inson huquqlari, demokratiya davlatini olib kirish kerak bo‘lsa ham lekin bu demokratik qoidalarga milliy qoidalarga zid bo‘lganligi uchun umuman jihod degan kalimaning j harfini ham sig‘dira olmadi u odam. “Mumkin emas” deb qat'iy turib oldi. Tohirvoy “Mumkin bo‘lmaydigan bo‘lsa, o‘sha mumkin shariatga kiraman degan kuninggacha biz san bilan aloqani uzamiz” deb aloqani uzvorib oxirgi ko‘rishma janjal bilan tugagan edi.

Ana endi Muhammad Solih shaxsi, xotini, farzandlariga keladigan bo‘lsam, ayoli namozxon, o‘g‘li Temur ham namoz o‘qiydigan, o‘zi ham namoz boshlagan shunaqa odam bo‘lganligi uchun Turkiyadagi yoki Yevropadagi har xil tashkilotlar O‘zbekiston muxolifatlari bilan tanishayotgan vaqtida Muhammad Solih shaxsini ko‘rsa, O‘zbekiston muxolifati namoz o‘qiyapti, boshqa. Muhammad Solihga ular savol berayapti, “San islomiy harakatmisan yoki demokratik milliy harakatmisan?” deyapti. Muhammad Solih tabiiy bir paytda demokratiyadan ham voz kecha olmaydi, islomdan ham voz kecha olmaydi. “Man musulmonman. Demokratik milliy g‘oyada yurgan musulmonman” degan gaplarni gapirayapti.

Ana endi Turkiya davlatidagi yoki Yevropa davlatidagi demokrat, ham millatchi, ham dinni olib yurgan harakatlar Muhammad Solihga takliflarni qilayaptiki, biz ham demokratmiz, namoz ham o‘qiymiz, islomiymizda, shunaqa bir dasturimiz bor qo‘limizda. San ham shunaqa dastur qilsang bo‘lmaydimi degan g‘oyaga. Bunaqa dastur qilamanda lekin bu dasturga manga o‘xshaganlardan boshqa yurmaydi. Jumladan Tohir Yo‘ldoshlar yurmaydi, boshqalar yurmaydi degan gaplarni gapirayapti.

Xullas Muhammad Solih namoz o‘qiganligi, 17 marta ko‘rishganligi, 17 marta ko‘rishuvdagui umumiy kelib chiqqan o‘rtaga maydondagi so‘zlar umuman Muhammad Solih terrorga qarshi va “terroristik yo‘l bilan emas demokratik saylov yo‘li bilan” degan narsani gapiraverdi. Tohirvoy Muhammad Solihni rad qilgan joyi “O‘zbekistondagilar demokratiyani tushunmaydi. Davlat tushunmaydi bu narsani. Millatku umuman qo‘rqadi. Davlat tushunmaydi. Faqat bu davlatning zolimlarini diktator bu millatni diniy rahbarlarini, kommunistlarni faqat o‘ldirish yo‘li bilan, terror yo‘li bilan yo‘q qilinadi xolos”.

Oxirgi ko‘rishmamizga keldik. Mana Muhammad Solihni man o‘zim olib bordim. O‘zim aytdimki, “Afg‘onistonga boraylik, oxirgi tochkani qo‘yaylik. Ya'ni birlashish kerak bo‘lsa, birlashish kerak, birlashish kerak bo‘lmasa, bunaqa qilib san demokrat man millatchiman man dindorman deb yuraverishning foydasi yo‘q” degan g‘oyani man taklif bilan chiqdim. 1998 yil dekbar oyida Muhammad Solihni man o‘zim Dubay orqali Kobulga olib bordim. O‘sha yerda uchrashuvda Tohirjon, Kozim Zokirov bizning poddelnigimiz, o‘sha yoqdagi bir qator kishilar bo‘ldi. Bir hafta o‘sha yerda mehmon bo‘lib yurdi.

Pahlavon Sodiq: Juma Namangoniy bo‘lmagan.

Zayniddin Asqarov: Juma Namangoniy Qunduzda edi u vaqtda. Kobul bilan orasi allaqancha joy. Xullas mana shu ko‘rishuvda man Tohirjon bilan ikkalasiga qat'iy bir narsani qo‘ydimki, “Man O‘zbekiston jihodiy harakatini Tashqi ishlar mas'uliman va voizman. Ikkalanglar hozir pozitsiyanglarni e'lon qiinglar. Birlashasizlarmi, birlashmaysizlarmi? Siz islomga o‘tasizmi yoki siz demokratiyaga o‘tasizmi?” Shunda Muhammad Solihni Tohirjon nihoyat qattiq haqoratlagan ma'noda yerga urib tashladiki, “San namoz o‘qishing ham yoki Turkiyadagi, Yevropadagi islomiy harakatlarning oldiga borib ibodat qilishing ham ulardan moddiy manfaat olish uchun yoki o‘zingni harakatingni islomiy deb tanitish uchun bo‘layapti deb o‘ylaymiz. San demokrat bo‘lsang, demokratligingcha turovirgin. Islom g‘oyalarini ko‘tarib chiqmagin. Hech qayda gapirayotganingda musulmonchilikni islom deb tushunmagin. Odamlar san bilan mani harakatim bitta deb tushunmasin”. Rostdan ham shunaqa emas. Bitta emas. Muhammad Solih “Mani e'tiqodimga qarshi chiqmaysan, u-bu” deb yana tortishuvlar, bahslar ketdi.

Xullas shu narsaga kelishildiki, Muhammad Solih jahli chiqib, “Mana Afg‘onistondagi oxirgi ko‘rishishimiz. San xohlasang terror qilasanmi, boshqa qilasanmi san o‘zingni yo‘lingdasan. Man sanga prikaz ham qilmayman. Man sanga itoat ham qilmayman. Man o‘zim o‘sha boshlagan yo‘lim, orqamda O‘zbekistonda o‘zimga ergashgan erkchilar va xorijiy davlatdagi o‘zimni Erkni yoki demokratiyani himoya qilguvchi harakatlar, mana shular bilan man ish qiluvraman”. Qur'onda bir oyat borki, “Lakum dinikum va liya din” degan oyat bor. 2Sani dining o‘zingga, sani tutgan yo‘ling, mani tutgan yo‘lim o‘zimga” degan tablo chiqdi o‘rtaga. Xullas shu yerda ajrashishdi.

Keyin man “Muhammad Solih xafa bo‘lmang. Man sizni bu yerga razbor qilish uchun olib kelmadim. Janjal, to‘polonga olib kelmadim. Millatning g‘amida birlashib qolinsa yaxshi bo‘lar edi. Millatimiz 70 yil ezildi. Yana 10-15 taga bo‘linib olib, kuchsiz qolib, man birlashtirmoqchi edim xolos” deb Muhammad Solihdan kechirim so‘ragan bo‘ldim. Birga Boburning qabrini ziyorat qildik. Amir Olimxon qabrini ziyorat qildik. Keyin yana Turkiyaga biz qaytib keldik.

Turkiyaga qaytib kelgandan keyin Muhammad Solih mandan ham xafa bo‘lib “Bilardingku bizni o‘t bilan suvligimizni. Nimaga endi bir-birimizni razbor, janjalga o‘tib ketdik? Nimaga mani vaqtimni ketkazib olib bording?” degan ma'noda manga raddiya bildirdi. Hay ozgina tortishgan bo‘ldik.

Ana endi bu yerda muhim nuqta borki, nihoyatda bir hamma masalaga oydinlik keltiradigan narsa borki, 16 fevral voqeasi u. Ana endi man nima uchun pokazanie berayapman, nima uchun Muhammad Solih 16 ga aloqador bo‘lib ketib qolayapti yoki Tohir, Jumalar hammasi aloqador bo‘lib ketib qolayapti, mana shu joyda muhim bir nuqta bor. Buni hammasi oydinlik topsa, Muhammad Solih kim, Tohirvoy kim, boshqa muxoifatdagilar hammasi yasno chiqaveradi bu narsa. Lekin bu narsani bilmaguncha yoki ochiq-oydin dalillar bilan “Nima uchun Muhammad Solih aralashib qoldi? Nima uchun mani pokazaniem bunaqa chiqdi?” bilmaguncha, bu narsa oydinlik bo‘lmaydi.

16 fevral po‘rtillagan vaqtida Muhammad Solih manga telefon qilayapti, po‘rtillagan kuni, man uxlab yotgan edim, telefon qilsam, “Zayniddin, Toshkentda po‘rtillash bo‘libdi. Kim qilganini bilasizmi?” deyapti. Birinchi ko‘rishishimiz. Manam uyqusiradimda “Yo‘q, man bilganim yo‘q. Televizorni ko‘raychi” dedim. Televizorda ko‘rsam, haqiqatan po‘rtillabdi. Lekin man va'da qilaman shuni surishtirib berishga. Rosa kechasi qattiq charchagan edim. Betni yuvib, uyda ovqatlarni tayyorlab, ovqatni yeb bo‘lgunimcha, to‘rtta-beshta joydan faks kelayapti mani faksimgaki, jumladan xalqaro radiostantsiyalardan. Abdurahmon Mansur edi meni otim u yoqda. “Abdurahmon Mansur 16 fevral to‘g‘risida nima deysiz? Kim po‘rtillatti, qanaqa?” degan ma'noda Bi-Bi-Sidan, Golos Amerikadan, har xil joylardan fakslar kelayapti. Hamma fakslarni ko‘rdim. Muhammad Solih bu yoqdan so‘rayapti. Endi man buni o‘rganishim kerak kim qildi, qachon qildi, qanday qildi. Chunki o‘zimni ham xabarim yo‘q edi.

Man darrav shu mahalda o‘zimga qarashli O‘zbekiston, Qozog‘iston, Bishkek, Moskvadagi bizning harakatning vakillari bilan telefonga chiqdim aloqaga. Hamma ishni yig‘ishtirib qo‘yib boshladim. 16 fevral to‘g‘risida nima bilasiz deyapman Bishkekdagiga. Bilamiz ko‘p narsa. Lekin yuzma-yuz ko‘rishmaguncha, telefonda ayta olamymiz deyapti. Olmaotaga aytayapman. Olmaotadagi Rustam Mamatqulov ham shu gapni gapirayapti. Biz bilamiz kim qildi, qanday qildi hamma yog‘ini. Lekin yuzma-yuz ko‘rishmagunimizcha gaplashmaymiz. Moskavadagi ham. Xullas man bularga buyruq berdimki, barcha tafsilotlarni olinglar. O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan 16 fevral terakti to‘g‘risidagi barcha tafsilotlarni olinglar. Video kasseta, kerak bo‘lsa rasm, kerak bo‘lsa qatnashuvchilar. Srochno Turkiyaga yetib kelinglar. Chunki nafaqat ommaviy axborot balki Turkiyadagi islomiy harakatlar, o‘zimizning O‘zbekiston muxolifati, Afg‘onistondagilar, hatto Usama Ben Laden harakatini Sharqdagi katta rahbarlari ham manga telefon qilib, chunki hammasi bilan kontaktda man turar edim, shuni tafsilotini so‘rashayapti. Juda zarur. Zudlik bilan manga xabar beringlar degan prikazni berayapman. Ana endi bu prikazni bajarishlik uchun Rustam mamatqulov, bizni poddelnigimiz, oyoqlanayaptida, ana shu Toshkentda po‘rtillashda qatnashgan kishilarni oltitasini ko‘rgan ekan. Po‘rtillatib qaytib Toshkentdan Olmaotaga kelgan ular. Olmaotada bu po‘rtillatganlarni Rustam Mamatqulov ba'zilarini Chechenistonga, ba'zilarini boshqa davlatga, ba'zilarini Qirg‘izistonga jo‘natib, keyin qolgan hammasidan eshitib ot i do kim qildi, kim buyruq berdi, qanday bo‘lid hammasini tafsilotini olib, mani buyrug‘imga binoan mani oldimga xabar bergani uchishi kerak 20 fevral kuni. Shu asnoda man Bishkekka telefon qilayapman. Mani Fozil Asqarov degan akam bor edi manga poddelnik bo‘lgan. Fozil Asqarov o‘sha mahalda Bishkekda savdo bilan shug‘ullanayotgan edi. Man unga kvartira olib berib, o‘sha yoqda firma ishlari bilan band qilib qo‘ygan edim. Fozil akamga telefon qildimki, “16 fevral to‘g‘risida man Rustamni chaqirtirayapman. Uydagilardan xavotirman. O‘shanga biznikidagilardan biror kishi kelsayu, man uydan ham xabar olsam. Birga kelsa” desam, Hamidxon degan akam bor edi mani, “Shu akam Bishkekda yuribdi, shuni jo‘natib yuboray bo‘lmasa. Rustam bilan borib kelsin” dedi. Hamid akam Rustamni tanimaydi. Umuman ko‘rmagan. Umuman bu islomiy harakatlaru Muhammad Solih hech kimni tanimaydi. Umuman bizni harakatdan uzoqda bo‘lgan odam. Shu akam ketayapti. Keyin aytdim, bizni uyimizda to‘y bo‘lgan ekan. To‘yni video kassetasini berib yuborgin. Akamni bir nimasini uylantirishgan ekan. Shu video kasseta bilan birga Rustam mamatqulov 16 fevral voqealari zapis qilingan parabolcheskiy antennalardan, xorijiy ommaviy axborotlardan, hammasidan to‘plangan video kassetasi bor ekan. Shu kassetalarni olib yetib kelinglar deb buyurayapman. Rustamga aytayapman, hozir bir kishi keladi, birga uchib kelinglr deyapman. Bo‘pti deb kutib turibdi. Samolyotni bir kunga kechiktiriv turibdi. Akam Bishkekdan yetib kelayapti. Akam bilan ikklasi ko‘rishib, man Zayniddinni akasiman deyapti. Ikklasi shu opaytda ko‘rishayapti bular. Rustamga video kasseta berayapti, to‘yni video kassetasini. Rustamda 16 fevral video kassetalari bor. Ikkovi uchib kelayapti. Besh soatdan keyin yetib kelishi kerak. Men Muhammad Solihga telefon qilib aytayapmanki, “Hurmatli rais. Biz u kishini rais derdik. 16 fevral voqeasini ot i do biladigan hujjatlar bilan kelayapti. Kelsa, man sizni uyingizga olib boraman. Tafsilotini batafsil gaplashamiz. Ungacha man hozir kim qildi, nima qildi bilmayman. Tohirgayam, boshqa radiostantsiyalargayam, Ben Ladenni odamlariga ham hammasiga mana shu gap. Hammasi javob kutayapti mandan. Chunki O‘zbekistondan to‘g‘ri axborot ololmaydi. Xullas bu kassetalar borayapti. Yetib kelishayapti ikkovlari. Man besh soatu 20 minutdan keyin Istanbul aeroportida kutib olayapman. Kutib olib mani yo‘lda ketishimga telefonim jringladi. Olsam Muhammad Solih. Kelgan bo‘lsa, tezroq bu yerga olib kel. Bilay O‘zbekistonda nima bo‘lganini. Man uyga ham choy ichgani oliob kirmasdan to‘g‘ri Osiyodagi Muhammad Solihning uyiga olib borayapman bularni. U yerda uch kishi qatnashayapmiz. Man, Hamidxon akam, Rustam Mamatqulov. Hamidxon akamga aytdim, san video ko‘rib tur. Bizning o‘zaro gapimiz bor. Gap boshladik. Rustamga qarab “Siz kimsiz?” dedi. “Man Mamatqulov Rustamman. O‘zbekiston jihodiy hasrakatini moliyaviy ishlari bilan shug‘ullanaman. Markazim Olmaotada” deb tanishtirayapti o‘zini. “16 fevralni kim qildi?” deb so‘rayapti Muhammad Solih. Keyin menga qarab “Aytishim shartmi bu odamga. Bu odam bizning harakatga aloqasi bormi yo‘qmi?” deyapti. Keyin man aytdimki, “Bu odamga manga ishonganday ishonaver. Gapiraver nima bilsang”. Keyin tushuntirib berayapti, “Shunaqa Kaziy Murodullo boshchiluigidagi to‘qqiz kishi Chechenistonda trenirovka qilib kelgan bolalar ikki tonna bomba tayyorlashgan Abdulla Qahhor ko‘chasida. Bu bombani mana shu tochkalarga qo‘yishgan. Mana video kassetasi. Po‘rtillatishdi. Prezident o‘lmay qoldi. Ular keyin qochib kechasi mani firmamga kelishdi. Man bularni beshtasini Chechenistonga o‘tkazib yubordim. Uchtasini Bishkekka jo‘natib yubordim. Oxiri sizni chaqiruvingizga binoan bu yerga keldim” degan gapni Rustam Mamatqulov gapirayapti. Keyin Muhammad Solih savol berayapti, “Vzrыvni kim buyurdi sizlarga?” degan narsani. Rustam Mamatqulov aytayaptiki, “Vzrыvni kim buyurdisini man bilmayman. U bolalarga buyurgan. Man po‘rtillagandan keyin yetib kelgandan keyin ko‘rayapman buni. “Vzrыvda Karimov o‘lmadi yoki o‘sha yerda bir natija bo‘lmadi. Natija bo‘lish bo‘lmasligi manga qiziq emas. Lekin bu yerda bo‘lgan vzrыv O‘zbekiston xalqiga, O‘zbekiston muxolifatiga katta zararli narsa bu nima bo‘lganda ham. Agar Tohir qilgan bo‘lsa yoki Juma qilgan bo‘lsa, bularni tarix la'natlaydi. Biz ham la'natlaymiz” deb haligi joyda baqir-chaqir boshlanib ketib qoldi. Keyin aytdim to‘xta san uspokoit qilgin. Agar ular qilib biz qilmadik deyayotgan bo‘lsa Tohir Jumalar, manam ularga qarshi san bilan birga kurashaman. Sani xabaring bo‘lib turib bo‘lmayapti desang, man sanga ham qarshui kurashaman. Xullas Tohirvoyga chiqayapman. “Tohirjon, to‘g‘ri gap. Kim qildi 16 fevral Toshkentni?” Tohir aytayaptiki, “Rustam nima deyapti?” dedi. Rustam keldida, kaziy Murodullolar biladi. Man bilmayman, deyapti. Rustamni kassetasi bilan mani oldimga jo‘nat. Man gaplashgandan keyin aniqlayman. Hozir mnan kim qilganini aytolmayman” deyapti. “Bilasanmi yo bilmaysanmi?” deyapman. “O‘sha kelsin. Surishtirib bilaman. O‘zbekiston da harakat qilayotgan jihodiy harakatlar besh-oltita bor”. Keyin bo‘pti deb Muhammad Solihning uyidan chiqib Rustam Mamatqulovni man Tehronga uchirib yuborayapman. Tohir Yo‘ldoshning oldiga uchirib yuborayapman. Bular u yoqda Tohir Yo‘ldosh bilan ko‘rishayapti. Ular ko‘rishayotgan vaqtida Turkiya televideniesi, radiolari orqali O‘zbekistonda terrorda qatnashuvchilardan Mamatqulov Rustam istab yurilibdi. Zayniddin Asqarov istab yurilibdi. Topganga shuncha pul mukofoti degan e'lon bo‘layapti. Keyin man xotirjammanki, Rustam Mamatqulov nimaga uchib ketgan. Mani har qanaqasiga Turkiyada hech kim ushlay olmaydi. Man qochib ketaman. Keyin darrov telefonlarni, uylarni yig‘ishtirib aytdimki, mani ham istashayapti, uni ham istashayapti. To bir haqiqat u yoq bu yoq aniq bo‘lib olmaguncha bekinib turishimiz kerak. Muhammad Solihga “Endi man bilan telefonda gaplashing. Bir birimizning uyimizga bormay turaylik. Chunki u yoqdan rozыsk boshlanibdi ekan. Akam bu yerda qoldi. Muhammad Solihning uyida video ko‘rib man bilan birga qaytib kelgan bo‘ldi. Ana endi bu Muhammad Solih 16 fevralga aloqasi bor degan gapni nima uchun sudda aytildi degan gapga Rustam Mamatqulovning ko‘rsatmasi shunaqa bo‘layaptiki, Zayniddin bizga buyurgan edi 16 fevral voqeasining tez tafsilotini olib kelgin deb. Olib kelgan vaqtida bizni oyog‘imizni yerga tekkizmasdan Muhammad Solihga borayapti. Solihga hamma narsani dolojit qil deyapti. Man kim qilganini bilmayman. Muhammad Solihning prikazi bo‘lsa kerak degan tablo chiqayapti o‘rtaga.

Pahlavon Sodiq: Lekin siz aytmagansiz Muhammad Solihning to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqasi bor deb.

Zayniddin Asqarov: Yo‘q, man u gapni u yerda gapirmayapman. Endi hzoir suddagi gapimizga ham kelaman. Bu ham juda muhim jiddiy masala. Rustam Mamatqulovning gapirgan gapi. Keyin Rustam Mamatqulovga man qancha pul berganman 100 ming dollar yoki katta-katta tovarda men tovarlar uch-to‘rt yil ichida men tovar berganman. 1996 yilning bu yog‘iga 1999 yilgacha bo‘lgan muddatda. Endi u yerda bizni Muhammad Solih bilan samimiy do‘stligimizni ko‘rib turib, bu yerga kelayotganda pullar qaerdan kelardi sizga, tovarlar qaerdan kelardi desa, Zayniddin berardi. Zayniddin bilan Muhammad Solihning aloqasi qanaqa? Juda aka-uka, samimiy. Bular 17 marta ko‘rishgan hammasi. Demak, bu pullarning ham hammasini Muhammad Solih bergan degan tablo chiqayapti o‘rtaga. Muhammad Solih berayapti bu pullarni menga. Muhammad Solihning shaxsiga kelsak, 16 fevral voqeasida o‘zini qo‘yarga joy topa olmayapti. Chunki O‘zbekistonning ichidagi Erk harakati ham, tashqari ham endi qat'iy bir to‘xtashga, inqirozga uchrayapti. Qilsa ham, qilmasa ham aloqasi bor-yo‘qligi qiziq emas. Bu yerda harakatga qattiq napadenie bo‘lishlikka povod bo‘ldi bu yerda kim qilgan bo‘lsa ham. Ana endi man biolan Tohir Yo‘ldoshevning orasida katta janjal chiqib qolayapti. Tohirjonga aytayapman telefonda kim qildi. Aytmayapti. Jumabpyga qilsam mani xabarim yo‘q deyapti. Muhammad Solih kim qilgan bo‘lsa, topib beringlar deyapti. Mamatqulov Rustamga aytsam, po‘rtillatib keldim deganlarni man jo‘natib yubordim deyapti. Man aytdim shuncha besh-olti yil jihodiy harakat xizmatini qilib yurib nahot man bilmasam kim qilayapti. Man ham izmenkadaman. Hammalar bilan tortishuvdaman. Masalani yechimini hammasini O‘zbekistonga yetib kelgandan keyin tergov mahalda Bahrom Abdullaev bilan, Boltaev Olouddin bilan ko‘rishib, Kozim Zokirovlar bilan mana shular bilan bo‘lgan aloqalarda keyin yasniy 100 foiz bildim kim qildi, kim orqasida turibdi, imenno kimlar bildi hammasini 100 foiz bildim keyin. Haqiqatda man xorijda yurgan vaqtimda bu vzrыvni bular qilganligini bilmasdim man. Rostdan. Chunki har qanaqa vzrыv bo‘ladigan bo‘lsa, avvalo biz Qobulga yoki Qunduzga to‘planishimiz kerak edida, Tohir Yo‘ldoshev boshchiligida bir majlis o‘tkazishimiz kerak edi. Endi man oldin o‘yladimki, Tohir Yo‘ldosh mandan oxirgi mahalda ko‘p narsani sir tutadigan bo‘lib qolgan. Manga ishonmaslik ma'nosida emas mani Turkiyadagi ………………….. partiyasi bilan aloqam kuchli bo‘lganligi uchun, hozirgi Bosh vazir Rajap Toyyip Erdo‘g‘onlar bilan aloqam yaxshi bo‘lganligi uchun bular terrorizmga qarshi, bizga ko‘p marta aytgandiki, sizlar O‘zbekistonda demokratik harakat qilinglar deb yurardida. Man ularni fikrini ko‘p ma'qullardim. Mana bular ham aytayaptiku degan ma'noda. Tohir Yo‘ldoshev bu Zayniddin ham demokratlarga qo‘shilib ketayapti, millatchilarga qo‘shilib ketayapti. O‘zbekistonda jihodiy harakatni to‘xtatib, shunaqa qilmoqchi degan ma'noda manga sirlarini aytmayapti deb degan tushunchada yurardim. Lekin O‘zbekistonda qamalib tushganimdan keyin o‘sha hamma fikrim noto‘g‘riligi, man qattiq yanglishganligim fikrda, hammasiga tushundim yasno. Ana endi 16 fevral voqeasini agar yasno donama-dona osnovaniesi bilan aytib beradigan bo‘lsam, kim qildi, qachon qildi, nega qilindi degan masala hammasiga oydinlik chiqadi. Solihning aloqasi bor-yo‘qligi, boshqasi, hammasi o‘rtaga 100 foiz chiqadi. Mana hozir yaxshilab eshitingda 16 fevral voqeasining sababi nimayu, kim qildi. Mashhur olimlarimizdan bittasi shayx Abduvali qori aka 1995 yil 29 avgustda o‘g‘irlab ketilganini bilasiz. Buni atrofida yurgan xizmatchilardan, teleoxranitellardan Zokirov, Zohid Dehqonov, Nazirov Fayzullolar yoki Kaziy Murodullolarga o‘xshagan bolalar, bular sportsmen teleoxranitel bolalar. Bular boshida domlamizni chiqarishimiz kerak, topishimiz kerak, miting uyushtiraylik deb Andijon jome masjidlarida aytishayapti, quloq solishmayapti. O‘zlari bilgan barcha tashkilotlarga aytishayapti, quloq solishmayaptida oxiri Moskvaga borib, Moskvada ba'zi bir arab biznesmenlari bilan gaplashib, biz domlamizni nima qilib bo‘lsa ham topishimiz kerak degan savolni tashlayapti. Keyin ular aytayaptiki, buni hal qilib berguvchi bitta guruh bor. Borsanglar, hal qilib beradi deyapti. Kim hal qiladi buni desa, Chechenistonda Hattob degan mashhur boevik bor. U bilan ko‘rishsanglar, maslahatinglar yechiladi deyapti. Mana bu Kaziy Murodullo boshchiligidagi uch kishilik Chechenistonga borishayapti o‘sha vaqtda. Chechenistonga borishayapti, chechen hukumatida o‘shalarni tavsiyasdi bilan Hattob kutib olayapti bularni. Qarasa bolalar arabchani yaxshi biladi, e'tiqodli, taqvoli bolalar. Bo‘lib ham Abduvali ori akaning atferofida teleoxranitel bo‘lib yurgan bolalar. Maqsadinglar nima deyapti. Maqsadimiz Abduvali qori akamizni O‘zbekistondan topib olish, chiqarib olishlik. Biz bilamiz SNB olib ketgan, lekin davlat tan olmayapti. Davlat yo‘qolib qoldi deb gapirayapti. Shuni nima qilib bo‘lsa ham qilamiz. Agar pul bilan qutuladigan bo‘lsa, bizga pul beringlar. Boshqa narsa bo‘lsa, boshqa narsa. Shunda Hattob bularga fikr berayaptiki, buni yagona yo‘li prezidentni o‘ldirasizlar. Prezidentni portillatasizlar. Pokushenie qilasizlarmi, samolyotda ketayotganda stinger bilan urib tashlaysizlarmi, prezident Islom Karimov jismonan yo‘q qilinsa, O‘zbekistondagi hamma holat ham yo‘lga tushib ketadi, yo‘qolgan domlanglar ham qaytib keladi, O‘zbekistonda hech qanaqa urush-janjal bo‘lmaydi. Bitta odamni o‘ldirishlik bilan hamma yoq kifoya bo‘ladi deyapti. Bo‘lmasa, buning uchun nima qilishimiz kerak? Buning uchun harbiy podgotovkadan professional darajada o‘tishinglar kerak deyapti. Bular bor kuchini, mahoratini tashlab avvaliga uch kishi, keyin 150 kishi bo‘layapti bular. Chechenistonda qat'iy lagerda trenirovka qilayapti bu bolalar. Ana endi bu chechenlar qattiq trenirovkadan o‘tganlarning ichidan 10 ta professional deb Hattob o‘zi tanlab olayapti. 10 talasiga boshliq qilib Kaizy Murodulloni olayapti bular. San Kaziy Murodullo san mana shu 10 talasining rahbarisan. Hatto Dog‘istonga Hattoblar hujum qilgan vaqtida ham ana shu hujumda ikkita brigadaning bittasining qo‘mondoni qilib kaziy Murodulloni olayapti. Laqabi Izzat bo‘lgan u yerda. Izzat boshchiligida katta zafarlar bo‘layapti. Bu bola otish bo‘yicha, qurol tay.yorlash bo‘yicha, zahar tayyorlash bo‘yicha, bomba tayyorlash bo‘yicha hamma tomonlama yutayapti professional. Maqsad bitta qori akani olib chiqib olish. Boshqa maqsad yo‘q. Islom davlat qilish, u qilish, bu qilish, bunaqa maqsad yo‘q. Bular endi trenirovkadan nihoyatda mukammallashgandan keyin endi bular Hattobdan ajrab chiqib u yerdan endi biz O‘zbekistonga ketdik. Biz O‘zbekistonda shunday qilmoqchimiz. Shunda Hattob aytayaptiki, sizlar hozir borib portlatmoqchimisizlar deyapti. Bu vaqtlar 1998 yilning voqealari bular. Biz po‘rtillatmoqchimasmiz. Hozir biz tayyorgarlik qilmoqchimiz. Tayyorgarlik qilasialarmi, po‘rtillatasizlarmi man sizlarga bir narsani auytib qo‘yay. O‘zbekiston jihodiy harakati bor, buning rahbari Muhammad Tohir deyapti, markaziy qarorgohi Qunduzda deyapti. Sizlar bu bilan aloqaga chiqinglar. Ular boshlaydigan jihodiy harakat bilan birgalashib harakat qilmaydigan bo‘lsalaring, bu maqsadinglar ham amalga oshmaydi, yoki ular sizlarga meshat beradi yoki sizlar ularga meshat berasizlar degan gapni aytayapti. Hattobga aytayaptiki, biz Tohirni eshitganmiz, ko‘rmaganmiz. U o‘zi qachon kirmoqchi O‘zbekistonga? U aytayaptiki, shariatga ko‘ra, islom dini qoidasiga ko‘ra avval yetarlicha trenirovka qilinishi kerak, katta kuch to‘planishi kerak. Keyin ommaviy hujum holatda yoki partizan usulida O‘zbekistonga bostirib kiriladi. Hpozir man ertaga, bir yildan keyin kiradi deya olmayman. Lekin O‘zbekistonga aniq kiradi ular. O‘zbekistonga kirga vaqtida biz ham yordamga boramiz deyapti. Lekin man sizlrni trenirovkada tayyorlab yetishtirdim borib turib ish qilishing uchun emas, sizlar o‘jsha jihodiy guruh bilan bitta bo‘lib maslahat qilinglar deyapti. Bular kelib Tohirni tanigan mashhurlar bilan gaplashayaptiki, Tohirning xarakteri qanaqa? Biz hozir Karimovni tinchitib yuboramiz desak dobro beradimi? Rozi bo‘ladimi bo‘lmaydimi? Hammasini so‘rayapti. Ular aytayaptiki, Tohir ruxsat bermaydi deyapti. Nimaga desa, Tohirvoy buni terror buni otish emas, O‘zbekistonga umuman bostirib kirish bilan, O‘zbekiston hukumatini o‘ntarib tashlashlik bilan, perevorot yo‘li bilan ichki ishlar ministrlari, SNB, harbiylarni yoki prezidentlarni terror qilib tashlashlik bilan qat'iy bir hujum bilan O‘zbekistonni olmoqchi bular. Unaqa kirib turib bang ettirib qochib ketish emas deyapti. Desa, biz Tohirga aytmay turaylik hozir. Hozir biz tayyorgarlikni qilaveraylik, vaqti kelsa aytamiz deyapti. 1998 yilda bo‘layotgan gaplar bular hammasi. Keyin bular harakatini boshlayapti. Mablag‘ ham to‘plashayapti. Mablag‘ asosan bomba tayyorlash uchun bo‘lmayapti. Mablag‘ asosan infiormatsiya sotib olishlik uchun. Bular o‘zining atrofiga Bobojonov Ulug‘bek Sherov Sherzodga o‘xshagan kishilarni topayapti. Ba'zisi prezident apparatida telefonda ishlaydigan kishilar, ba'zisi u yerda bu yerda. Bular bilan yaxshi kontakt qilgan. Yaxshi bolalar, musulmon bolalar. Bularga bo‘layotgan vaqt prezident meqachon majlisga keladi, qachon Do‘rmon qarorgohida yuradi, biz qaysi payt o‘ldirsak prezidnetni o‘ldira olamiz, faqat shuni o‘ldirishlik uchun bular axborot to‘playapti. Olti oy axborot to‘playapti. Har axborot to‘planganda bular o‘tirib majlis qilayapti. Kaziy Murodullo o‘tirib qanday qilib vzrыv qilishlikni. Birinchi majlis shunday bo‘layaptiki, Karimov kortejda kelayotganda besh-oltita mashinasi bilan shuinday chiqamiz otib tashlaymiz deyapti. Axborot berganlar aytayaptiki, bu ishinglar noto‘g‘ri bo‘ladi, chunki Karimov mashinaning ichida bo‘lmaydi. Mashinaning o‘zi qup-quruq borib keladi deyapti. Bu plandan voz kechishayapti. Ikkinchi KamAZga mashina yuklab Zikir Hasanov mashinaga o‘tiradida Do‘rmon qarorgohiga bostirib kirib portillatamiz deyapti bular. Desa, Do‘rmonga kirguningizcha uchta-to‘rtta post bor. Bitta postdan o‘tarsiz, ikkita postdan yo‘lda halok bo‘lasizlar. Karimovni qo‘riqlash nihoyatda kuchli deyapti. Buyam otmen bo‘layapti. Ëki Karimovning qizini Lola Karimovani o‘g‘irlab ketamiz. Karimovga ultimatum qo‘yamiz bizni domlamizni chiqarib berasan deb. Bular aytayaptiki, Karimov shunaqa diktator zotki, Saddam Husaynga o‘xshaydi. Kuyovi kelsa ham otib tashlayveradi. Shunga o‘xshagn bu odam. Bezpolezno bu narsa deyapti. Bo‘lmasa binoga kirganda Oliy Majlisda po‘rtillatib yuboramiz deyapti. Desa, binoga kirgan vaqtida video kassetalarga olinadi. Majlis tugagandan keyin ikki kundan keyin majlis boshlandi deb e'lon qilinadi. Aslida majlis tugab bo‘lgan bo‘ladi. Mabodo vzrыv bo‘lsa ham binoning o‘zi po‘rtillagan bo‘ladi. Kirmaydi u yerga deyapti. Bular faqat chora izlayapti. Keyin yana bir axborot tushayaptiki, Isrouil posolstvosi yoki Ameirka posolstvosida Karimov majlis o‘tkazadi. Demak, posolstvoni uramiz deb turib bular Isroil posolstvolariga, Amerika posolstvolariga bomba o‘rnatish harakatini chizayapti. Chizsa aytayaptiki, kelishi aniqku, lekin qachon kelishini hech kim bilmaydi deyapti. Bular hech yo‘lini topolmayotgan bir paytida Bobojonov Ulug‘bek bularga informatsiya olib kelib berayaptiki, 98 yil yakuniy hisobotlariga binoan Toshkentda katta majlis bo‘lmoqchi. Shunda Islom Karimov nutq so‘zlaydi. Uch yarim soat bo‘ladi shu yerda. Ana shu binoni po‘rtillatsang yutasan deyapti. Bu fikr Bobojonov Ulug‘bekdan chiqayapti. Ana endi bular zudlik bilan to‘qqiz kishi o‘zini mahorati bilan selitra, oltingugurt, alyumin pudralar tratil shashkalari bilan qo‘l bola qilib ikki tonna bomba yasayapti bular. Bombani yasab bu chislosi qachon bo‘ladi desa, 98 yil noyabrlarga taxminan bo‘lmoqchi. Lekin chislosini bo‘lishiga bir hafta qolganda aytaman deb va'da berayapti. Bu informatsiyani sotish uchun har qancha pulga tayyor berishga bular 16 fevral voqeasi uchun. Davlat hech kursda emas, bilmaydi bu vzrыv bo‘lishligini. Xavfni Tohirvoylardan kutayapti. Ichkaridan bu chiqqanini bilmaydi. Chunki davlat bilmasligi Tohir Jumalar ham bilmaydi. Tanimaydi bularni. Bular harakat qilib yurgan vaqtida bizni Bahrom Abdullaev degan O‘zbekiston bo‘yicha jihodiy harakat amiri bor edi. Oxirgi mahalda saylovimiz tan olgan edi shuni O‘zbekiston jihodiy harakatni boshqaradi deb. Shu endi har bir viloyatga o‘zining mas'ullarini terayotgan vaqtida Toshkentga ham Chechenistonda trenirovkadan o‘tib kelgan bolalardan bir kishini mas'ul qilib qo‘yayapti. Mas'ul hamma chechenga borib kelgan bolalarni ro‘yxatini olib, bu yerda jihodiy harakatga shay turishlik Tohirjon ikki yildan keyinmi, besh yildan keyinmi bostirib kirsa, Toshkentda terroristik harakatni boshlaymiz degan harakatlarga tayyorlanish kerak. Shunda Hattob bularga aytayaptiki, O‘zbekistonni ichida, Toshkentda deyapti shunaqa professional yigitlar bor Izzat boshchiligida. Buni man tayyorlab jo‘natganman. Bularni ham safinglarga qo‘shib olinglar deb Hattob aytayapti. U aytmaguncha bularni tanimaydi ular. Keyin Bahrom Abdullev u yoqdan kelgan nakolka bilan kelib bularni topayapti. Topib, kodlarini aytib, siz Izzat ekansiz Kaziy Murodulloga. Shunaqa Hattob szinign adresingizni aytdi. Xullas O‘zbekistonda shunaqa qilmoqchi ekansizlar. Shu narsa rostmi deyapti. Ha desa, mana hozir sening askaring qancha bo‘lsa, menda ham shuncha askar bor. Birgalashib qilamiz. Faqat bir shart borki, san bizga itoat qilasan, man Tohir Yo‘ldoshga itoat qilaman. Tohir Yo‘ldoshg‘ev jihodiy harakat, xalqaro jihodiy harakatlarga itoat qiladi. O‘zimcha man ham ish qilmayman, o‘zingcha san ham ish qilamysan deyapti. Kelishdikmi, kelishdik. Bo‘lmasa nima qilamiz desa, bo‘lmasa hozirgi birinchi taqdimot shu bo‘layaptiki, prezidentimizni po‘rtillatmoqchimiz. Bombamiz tayyor. Biz Toshkentda bir eylam o‘tkiza olamiz. Go‘zal bir to‘y qilib bera olamiz. Jihodni to‘y deymiz biz. Tohir nima deydi deyapti. Bahrom Abdullaev aytayaptiki, sizlar juda shijoatinglar kuchlik. Tayyorsizlar. Qo‘shilib bir narsa bo‘lmasdan turib u qilib yuboramiz, bu quilib yunoramiz deyapszialr. Sizlar Tohir bilan ko‘rishinglar, boshqa qilinglar. U aytayapti Yo‘q san amirimisan O‘zbekiston bo‘yicha? Ha. San bilan kelishganimiz kelishganimiz. Bo‘lmasa san to‘xtab tur. Tohir Yo‘ldoshga borib mana shu maqsadlaringni bitta-bitta tushuntiray borib. Tohir Yo‘ldosh nima deydi. Keyin unga qarab gaplashamiz deyapti. Bahrom Abdullaev manga telefon qilayapti. Telefonni olayapman Tohir bilan srochno ko‘rishtiring mani deyapti. Man aytayapman Bahromga bo‘pti tez sizlar yetinglar. Dubayga yetib kelinglar. Dubay orqali man sizlarni ko‘rishtiraman keyin. Bular Dubayga yetib borayapti. Uch kishi borishayapti bular. Bir kishi andijonlik o‘sha yerda qolayapti. Buni teleoxraniteli bo‘lgan Zohid Dehqonov bilan Bahrom orqaga qaytayapti. Tohir Yo‘ldoshev bilan yuzma yuz ko‘rishayapti Bahrom Abdullaev. Bahrom Abdullaev Tohir YO‘ldoshga boshlayapti. Xullas, deyapti, sizning hamma aytgan narsangizga binoan biz O‘zbekistonning hamma yog‘ini tayyorgarlik qilib qo‘ygan edik. Lekin bir muammo bor. Qanaqa muammo? Kaziy Murodulla boshchiligida Izzat laqabli Hattobning podgotovkasidan o‘tgan to‘qqiz kishilik gruppa bor ekan. Ularga gruppasining dastaklari yana 50-60 ta boshqa gruppalari ham bor ekan. Ular rezerv ekan. Jihod kerak bo‘lib qolsa boshlaydigan. Bularning maqsadi jihod emas, faqat Karimovni o‘ldirish ekan. Qachon Karimov majlisga keladi, nima qiladi, hammasini yaxshi bilar ekan bular. Shuning uchun man srochno maslahatga keldim. Nima deysiz? Ular vzrыvni boshlasinmi boshlamasinmi? Nima qilsin? Degan ssavol tabloni berayapti. Tohirjon o‘tirayapti, maslahat qilayapti, uch kecha uch kunduz maslahat qiladigan o‘zining sho‘rosi bilan maslahat qilib, kelib aytayaptiki, Biz O‘zbekistonda haqiqatan jihod qilmoqchimiz. Chunki bu totalitarik sistemani faqat qurolli yo‘l bilan o‘ntariladi xolos. Lekin bu bolalrni chiqib hozir o‘zi qilishligi bizni ishimizni to‘sib qo‘yadi yo‘lini. Shuning uchun darhol borasan. Srochno yetib borasan. Birinchi qiladigan ishing Kaziy Murodulla boshchiligidagi to‘qqiz kishini Tohir Yo‘ldosh sizlar bilan beseda o‘tkazmoqchi ekan. Sizlar bilan yuzma yuz ko‘rishib, qurol desanglar qurol beradi, pul desanglar pul beradi. Shu bo‘ladigan, qilmoqchi bo‘lgan narsani professional shaklda qilib bermoqchi. Tez ko‘rishuvga deb olib kelasan. Olib kelish yo‘li Turkmanistondan Afg‘onistonga olib o‘tasan. Turkmanistondan Afg‘onga o‘tishlik uchun Turkmanistonni Afg‘onistondagi konsuli bilan gaplashtirayapti Bahrom Abdullaevni. Bahrom Abdullaev boradi, shu bolalarni shu yerdan o‘tklazib berasan deb Hirotga o‘tkazadsi u yerdan. Shunaqa kelishuvlar bo‘lo‘ayapti. Bahrom u yoqdan yetib kleayapti. Bahrom bilan Tohir nimaga kelishdi, Kaziy Murodulla bilan nimaga kelishdi man umuman bilmayman. Chunki o‘rtada man bir biri bilan ko‘rishtirayapman xolos bularni. Yaxshi diqqat qilib tursangiz, Bahrom Abdullaev u yoqdan uchib kelayapti Olmaotaga. Olmaotaga yetib kelib telefon qilayaptio Toshkentga. Murodulla olayapti telefonni. Nima gap deyapti desa, to‘y san aytgandan ham a'lo darajada bo‘lmoqchi. Ya'ni jihod. Shoshmay tur. Yuzma yuz ko‘rishmagunimzicha bir narsaga harakat qilay tur deyapti. Man hozir shundoq Ashxobodga boraman, qaytaman. Qaytib kelganimdan keyin gaplashamiz deyapti. Ana bular endi 98 yilning oxirlarida Zohid Dehqonov bilan bahrom Abdullaev bularni Afg‘onistonga olib o‘tib ketishni gaplashishlik uchun Turkmanistonga yetib kelayapti. Yetib kelayapti. Uchrashadigan odamlar bilan uchrashilayapti. Uchrashib “Shunaqa to‘qqizta bola olib kelamiz. Hirotga o‘tkazasiz bizni” deyapti. Keyin qaytib kelib bularni olib ketishi kerak. Hamma dogovorlar bo‘layaptida, bular aeroportda endi Turkmanistondan orqaga qaytayotgan vaqtida Turkmaniston milliy xavfsizlik harakati tomonidan bular qo‘lga olinayapti. Bularni mujohid bo‘lganligi uchun, jihodiy haralatni rahbari bo‘lganligi uchun emas qo‘lidagi pasport Qirg‘izistonning soxta pasportligi uchun bularni podozrenie bilan ushlayapti. Bular o‘ylayaptiki, bizni sotib qo‘yibdi kimdir. Biz qo‘lo‘ga tushdik deb o‘ylayapti. Ikkilanishga tushibn qolayaptida, bularning cho‘ntagida pul bo‘lgan. Haligilarga og‘zingga siqqan pulni olasan. Bizni qo‘yib yuborasan deyapti. Desa ular bular narkomanlar bo‘lsa kerak deb o‘ylayapti. Qarasa bular namoz o‘qiyapti. To‘xta narkomanga ham o‘xshamaydi. Toza bolalar bular. Keyin alohida-alohida so‘roq qilib qarasaki, rozыskda yurgan Zohid Dehqonov, Andijondan melisani o‘ldirib qochib ketgan Andijondagi. Zohid Dehqonov, keyin O‘zbekiston jihodi haraklatining rahbari bahrom Abdullaev. Bular kelishib, suyunib ketib katta bir tilla topib olganday bo‘lib, O‘zbekiston milliy xavfsizligiga ularni topshirib yuborayapti. Bu yoqda Izzat kutib o‘tiribdi bularni. Man Izzatlarni tanimayman. O‘rtada Tohirvoy u yoqda. O‘rtada aloqamiz uzilib qolayapti. Nima bo‘lyoatganini bilamymiz. Oradan 10 kun o‘tayaptida manga telefon yetib borayapti nima qo‘lga tushibdi, ushlanibdi, man Germaniyada edim, qo‘limga telefon bo‘layaptiki, shu nima qo‘lga tushib qoldi Bahrom Abdullaev. Qaerda qo‘lga tushib qoldi? Turkmanistonda ekan. Hozir qaerda ekan? U yerda, bu yerda. Endi man pulimni, kuchimni, tanish-bilishlarimni bahromni olib chiqib olish uchun harakat boshaklyapman. Harakat boshlasam, manga natijasi shu darajada yetib keldiki, hech qanaqa natija bo‘lmaydi. Pul rol o‘ynamaydi, chunki bular uje O‘zbekiston SNBsida podvalda o‘tiribdi. Tohir YO‘ldosh bularga shart qo‘ygani shunday deganki, ularni iltimos bilan olib kelasan. Bo‘lmasa zo‘rlab olib kelasan. Mabodo unamasa, otib tashlaysan degan buyruq bergan bularga bahrom Abdullaevga. Chunki buni avtomatik to‘xtatib turish kerakki, tez orada O‘zbekistonga Tohirvoy jihod boshlamoqchi. Shuning oldini to‘sib qo‘ymasligi kerak 16 fevral. Ana endi bahrom ushlanib qolayapti. Aloqa uzilib qolayapti. Izzat ham bilgandan keyin nima qilamiz desa, ana bizning yo‘limizda 16 fevral emas shu prezident majlisga kelganda portillatib yuboraveramiz deyapti. Hamma yoq bilgandan keyin Tohir Yo‘ldoshev bizga tez telefon qilayaptiki, Toshkentga mas'ul yangi saylansin tez. Yangi mas'ul keraklui odamlar bilan ko‘rishsin deyapti. Yangi mas'ul Boltaev Olovuddin bo‘layapti. O‘rtaga chiqayapti. Yangi mas'ulga srazu xabar berilayaptiki, bahrom qilmoqchi bo‘lgan ishni kelgan joyidan davom ettiringlar. Boltaev Olovuddin birinchi marta Kaziy Murodulla bilan ko‘rishayapti. Nima qilmoqchi edinglar? Bahrom qaerga ketdi, nima bo‘ldi? Bahrom shunaqa vzrыvga ruxsat olib kelish uchun Tohirning oldiga ketgandi. Qaytib kelib ushlanib qoldi. U nima prikza olib kelganini bilmaymiz. Lekin buyam yaqin qolayapti. Bugun-erta prezident apparaturaga kelsa, portlatishimiz kerak deyapti. Bo‘lmasa to‘xtab turinglar man boraman. Manga yana telefonga chiqayapti bu. Oradagi mavzular hammasi mandan sir tutilayapti. Manga aytilmayapti. Chunki bu Izzat bilan Tohir Yo‘ldosh orasida bo‘layotgan voqea. Keyin men Ollovuddin builan Dubayga ikkinchi hay'atni jo‘nattirayapman. Mani vazifam tashkillashtirib qo‘yish xolos. Boltaev Olovuddon borayapti Dubayga. Borsa, Boltaev Olovuddinga xuddi shu prikaz kelayapti. Prikaz shuki, bularni Turkmaniston orqali olib chiqasan. Ëki boshqa yo‘l orqali katta pul bilan Olmaota orqali olib chiqasan. Mabodo chiqmasa, otib tashlagin degan buyruqni berayapti. Otib tashlashlik uchun Tohirga qarashli chechenda trenirovka qilib kelgan Murodullaga qaramasdan boshqa xorazmlik gruppalar bor edi, jabha, terroristik gruppa. Bularni kuchi bilan otignlar bularni. Chunki to‘rtta-beshtasi o‘lishligi bilan O‘zbekistonda bo‘ladigan katta jihodning oldini ochamiz biz. Maqsad bitta prezidentga paq etish emas bizniki. Davlatni 100 foiz olish bizniki. Boltaev Olovuddin u yerda ko‘rishuvda bo‘lib turgan vaqti fevral oyiga to‘g‘ri kelayapti. Man tarixni qisqa qilib tushuntirayapman sizlarga. Boltaev Olovuddin ana shu joyda nimadan Olmaotaga uchib kelayapti Istanbuldan, Dubaydan Olmaotaga uchib kelayapti. 15 fevral kunga yetib kelayapti nimaga. Bular bombalar tayyor qilingan Abdulla Qahhor ko‘chasida to‘qqiz kishi har kecha-kunduz telefonda prikazda turibdi. Bular Tohirvoydan prikaz kutmayapti. Karimov nimani boshlashligi, majlisni. Majlis 25 fevralga e'lon qilingan ekan. 25 fevral kuni 98 yil hisobotlari yakunlariga aniq bo‘ladigan. Noyabrdagi dekabrga qoldirilgan, dekabrdagi yanvarga qoldirilgan, yanvardagi 25 fevralga qoldirilgan. Ana endi 25 fevral kuni vzrыv bo‘lishlik kerakligini Olovuddin biladi. Borib Tohirvoyga 25 kuni bo‘lar ekan deyapti. Orada qancha vaqt bor? 15 kundan oshiqroq vaqt bor. 10 fevral kuni ko‘rishayapti bular. Yetib borasan, xuddi shu operatsiyani bajarasan. Buni Muhammad Solih ham bilmaydi, manam, hech kim bilmaydi bu narsani. Boltaev Olovuddin 15 fevral kuni Olmaotaga kelib tushayapti shu prikaz bilan. U ham telefon qilayapti nimaga. Telefon qilsa, Murodullo olayapti. Murodullo deyapti, ha desa, xuddi o‘sha gap. To‘y shu darajada bo‘ladi, faqat mani kutib olinglar. Man ertaga kirib boraman, 16 fevral kuni kirib boraman. Mani falon joyda kutib olinglar deyapti. Telefonni qo‘ygandan keyin oradan ikki soat o‘tgandan keyin Kaziy Murodullaning telefoni jiringlayapti. Shunday olsa Bobojonov Ulug‘bek. Alo deyapti, ha desa, majlis ertaga ko‘chirildi deyapti. 25 dan 16 ga ko‘chirildi deyapti. Endi bu izmenga tushib qolayapti. Olovuddin nima xabar olib kelgan, bu nima olib kelgan, bizga uning xabar olib kelish kelmasligining qizig‘i yo‘q. bizga qush qafasga tushsa bo‘ldi. Ya'ni Karimov kelsa, portillatib yuborsak qutulamiz diktatordan. Boshqa ishimiz yo‘q bizni. Yetib kelsa keldi, kelmasa bolalarni srazu to‘qqiztani to‘plab tayyorlanaver deyapti. Kechasi bilan namoz ibodat qilishayapti bular. Avtomat orujie hammasini tayyor qilishayapti bular. Tayyor holatda turishibdi. Vazirlar mahkamasiga ikkita mashina o‘rnatasizlar. SNB ning binosiga bitta o‘rnatasizlar. NBU bankiga bitta, bu yerga, bu yerga hamma ob'ektlar belgilanayapti to‘qqiz kishilik. Vzrыvga umuman ketgan pul, hisobotlarga ham keyin aytaman, to‘xtalaman alohida. Hamma yoq kelishilayapti. Ertalab majlis soat 10 da boshlanishi kerak ekan. Beshta kam 11 ga portillaydigan qilib hamma yoqni tayyorlayapti bular bombani. Ertalab Boltaev Olovuddin uyiga kirayapti, boshqa bo‘layapti, bu yerda O‘zbekiston hyaukumati rozыsklarni e'lon qilayapti. Kerakli odamlarni ushlash operatsiyasi boshlanayapti. 16 fevraldan 5 martgacha deyarli 16 ga aloqador bo‘lgan man, Rustam mamatqulovga o‘xshagan O‘zbekiston ichidagi kimlar ushlangan bo‘lsa, o‘zi ushlanib bo‘linayapti o‘sha vaqtning ichida. Ana endi mana shu voqealar bo‘lguncha, asosiy mavzuga man hozir o‘taman, umuman man dumkada edim. Bunaqa bo‘lishi mumkin emas bu. Nima uchun Karimov o‘lmay qoladi? Nima uchun bular po‘rtillatvordi. Nima uchun Tohirvoy bizni kursga qo‘ymasdan bunga prikaz berdi borib po‘rtillat deb. Nimaga Solih hech narsani bilmady? Hamma narsada millionta savoldaman. O‘zim bilan o‘zimman. Mani MVD ga olib yeklishgab vaqtida so‘roq, tergovlar boshlanayapti. Qarasak tergovlar o‘zi kim nimaman man, xorijda nima qilganman uje hamma pokazanielar berib bo‘lingan. Man u yerda qiynovga ham muhtoj emasman, boshqa narsaga ham. faqat bu to‘g‘ri, bu noto‘g‘ri deyishdan nariga o‘ta olmayman. Dardimni ham tushyntira olmayman man. Man bilmasdim, ko‘rmagandim, bu narsani ham ayta olmayman. Chunki rostdan ham man bilmayman. Rostdan ham boshqalar bilmasdi. Lekin endi kim qildi, qanaqa qildi, nima uchun bular o‘lmay qoldi degan tonkost bor. mana shu joyi nihoyatda opasniy narsa. Shuni bilib qolinishi kerak. keyin bildik. Bahrom Abdullaev bilan man ko‘rishayapman tergov vaqtida, Kozim Zokirov bilan ko‘rishayapman. 16 fevral voqeasidagi mashhur kishilar bilan xoh mashinada, xoh tergovda, xoh yuzlashtirishda ko‘rishayapman. Shu mahalda Bahrom Abdullaev arab tilida manga shu bo‘lgan voqealar ki tomonidan uyushtirildi, kimlar kursda bo‘ldi, hammasini tushuntirib qo‘yayapti. Manda qoldi shu narsa. Xo‘p, ana endi maqsadga o‘tamiz. Bahrom Abdullaev bu yoqda SNB ning podvalida o‘tiribdi. Podvalda o‘tirgan vaqtida Bahrom Abdullaevni “San mujohid ekansan. Terrorist yetishtirayapsan. Bu Zohid kalla olgan ekan” degan alohida ugolovniy delo ketayotgan vaqtida Bahrom Abdullaevga qat'iy buyruq bo‘lgan Tohirvoydan nima qilib bo‘lsa ham, o‘ldirasanmi, yo‘q qilasanmi to‘xtat degan buyruq bo‘lgan. Bular aytayapti “To‘xtanglar. Sizlar bu delo-peloni yig‘ishtiringlar. Toshkentda vzrыv bo‘lmoqchi. Shu vzrыvni to‘xtatgani kelayotib qo‘lga tushib qoldim” deyapti.

Pahlavon Sodiq: Tergov davrida SNBga aytayapti.

Zayniddin Asqarov: Ha, buni yig‘ishtiringlar deyapti. Portillash bo‘lmasidan oldin bo‘layapti. Buni man to‘xtataman. Adresini beraman kerak bo‘lsa. Izzat kim u, qaerda trenirovka qilgan, bombasi qancha bularni. Mayli ushlab otvorsanglar ham mayli. Manga mukofot berasizlarmi, qamoqda chiqarib yuborasizlarmi bu sizlarning insofinglar. Shu narsani tez to‘xtatinglar. Srochno to‘xtatinglar. Man imenno shuni to‘xtatgani kelayotgan edim deyapti. Bular oldiniga ishonmayaptida, keyin qarasa, bu narsa jiddiy. Rostdan ham bo‘lmoqchi. Ana bu masala muhim narsa endi eshitib turilsa. Bahrom Abdullaev shu vaqtda aytgandan keyin bunga yaxshi ziyofatlar qilib berilayapti, boshqa qilib berilayaptida, kimlar qilmoqchi, qanday qilib berilmoqchi, nima maqsaddaligi so‘ralayapti bundan. Abduvali qorini chiqarishlik uchun alohida Kaziy Murodulla tomonidan shu vzrыv bo‘lmoqchi. Shunaqa, shunaqa, shunaqa, hammasi aytilayapti. Ot i do aytib berilgandan keyin Bahrom Abdullaevga vzrыv bo‘lguncha umuman tergov jarayoni to‘xtatilayaptida, alohida bir xonada saqlanayapti. Faqat u ibodat bilan, ziyofat ibodat bilan bo‘layapti xolos. Kirib do‘xtirlar qarayapti, sog‘misan yaxshimisan, boshqa gap bo‘lmayapti bu yerda. Ana endi “vzrыv” 15-ga ko‘chirilayapti. Bu bolalar umuman SNB ning odamlari emas, haligi 9 ta bola. Ular hech narsani bilmaydi. Maqsadi – xolis Karimovni o‘ldirish, bu yerda boshqa maqsad yo‘q bu yerda. Lekin bu yerda davlat “kurs” da bo‘lib qolayapti, shu ishning bo‘lishidan “kurs” da bo‘lib qolayapti.

Pahlavon Sodiq: Oldindan bilib qolayapti.

Oldindan bilib qolayapti hammasini. Va davlatni bular qaerdan biladi 16 fevral voqeasini, desa, Bahrom Abdullaev davlatning ichida ishlaydigan bularga informatsiya berib turgan odamlarimiz ham bor deyapti. Qaysi kuni bo‘ladi, qanaqa bo‘ladi hammasini. Bular oshkora e'lon qilayapti 25-kundan 16 fevralga ko‘chirildi, degan narsani oshkor e'lon qilganidan keyin, buni odamlar oshkora xodimlarga aytilganidan keyin, demak buni kutilgan mehmon darajasida bombalar kutib olinayapti Toshkentda.

6 ta mashina kelayapti. Karimov keladigan vaqtda bilsanglar – bu dunyoga, yosh bolagayam, kattagayam ayon – bitta qush uchib o‘ta olmaydi u yoq bu yoqqa. Lekin 6 ta katta mashina xotirjam kelib, vazirlar mahkamasining oldiga qo‘yilayapti. Hech kim qarshi chiqmayapti.

Pahlavon Sodiq: Hukumatning o‘zi kuzatib turibdi o‘sha narsani.

Kuzatib turibdi hamma narsani. Bankka qo‘yilayapti, vazirlar mahkamasiga qo‘yilayapti, hammasi qo‘yilayapti. Bular kerak emas. Maqsad – bularni ushlash emas, portlatishni to‘xtatish ham emas. Maqsad, keyin maqsadga o‘taman, asosiy maqsadga. “Vzrыv” bada-badang portlashganidan 5 minut o‘tar-o‘tmas, Islom Karimov, Rustam Inoyatov, Zokir Almatov maydonga yetib kelishayaptida xuddi oldingi tayyorlangan stsenariydan xabardor bo‘lganday, bu narsalarni diniy “religioznыy fanatik” lar qildi, kim qilganliginiyam bilamiz, biron muddatda hammasini tutamiz, degan tablo chiqayapti, hech narsadan hech narsa yo‘q. Nimaga desa, oldindan Bahrom Abdullaev “kurs” ga qo‘ygan bu narsani.

Ana undagi hozir – bir minut, gapimni tugatib olay – ana endi Bahrom Abdullaevga kelib, bular san yaxshi bilar ekansan, hamma narsani bizga aytding, endi ishondik sanga, bularni to‘xtatsak, mukofotlab seni chiqarib yuboramiz, taqdirnoma, deb ko‘tarishayapti-da, bu hamma yoqni aytib berayapti Bahrom. Falonchi, falonchi, falonchilar qildi. Darrov rasmlari shunday avtomatdan chiqarilayaptida, falon ming dollardan kim ushlasa. Ana uni vaqtida bular chiqib ketib bo‘lgandi. Bularning ushlanishi ham muhim emas edi. Chunki ushlanilsa, bular Solihgayam aloqasi yo‘q, Birlikkayam aloqasi yo‘q, muftiygayam aloqasi yo‘q, Tohir, Jumagayam aloqasi yo‘q. Ular ushlanganidan keyin tablo unaqa chiqmasdi-da, bu kerak emasdi. “S fontom” “rozыsk” e'lon qilindi-da, lekin bu yoqda hamma odamni yig‘ishtirib olindi, hammasini. Yig‘ishtirib olgandan keyin, ana endi biz nima uchun rol o‘ynab berdik “16 fevralni biz qildik. Muhammad Solihni aloqasi bor”. Ëki Kaziy Murodullo chiqib, Kozimjo Zokirov chiqib aytib hamma narsani bo‘yniga olib tashlayapti. Ëki Bahrom Abdullaev chiqib aytayapti biz yig‘lab kechirim so‘rayapmiz. Sabab bor bu yerda. Sabab, katta sabab shuki, Olloh uchun rost gap gapirishimiz kerak. Ëlg‘on gapiraverib, yolg‘on pokazanie beraverib jonimizga tegib ketgan. Rost bo‘lmaguncha, qing‘ir ishning qiyig‘i 40 yilda ham chiqaveradi. Kozim Zokirovga aytishayaptiki, “Shu Kaziy Murodullolarning hammasining san rahbarisan. Biz vzrыvga spetson jo‘natdik degan pokazanie berasan. Muhammad Solihdan man dobro olib kelganman deysan. Hammasini Muhammad Solih boshqarayapti deb bersang, mukofotiga 1,5 million dollar olasan” deyapti. U odam “pul olmayman” deyapti. Qiynovlarda ham hech narsani tan olmayapti. Oxiri bu tan olayapti. Nimaga tan olayapti desa, “Abduvali qori aka bilan sani ko‘rishtiramiz. Bizni qo‘limizda turibdi” degan va'dani berishayapti bunga. Abduvali qori akani u kishi shaxsiy teleoxraniteli, noibi bo‘lganligi uchun Abduvali qori akani ishqida bu hamma narsani bo‘yniga olib yuborayapti. Biz kirsak ham bizga iltimos qilib “Rol o‘ynab beringlar. Qori akamizni ham qo‘yib yuborishar ekan. ko‘rishtirishar ekan. hamma narsani bo‘yninglarga olinglar” degan narsani Kozimbek Zokirov bizga yalinayapti. Biz ham bo‘pti deyapmiz. Bizdan nima ketdi Muhammad Solih, falon, falonchani yomonlab qo‘yishlik yo boshqa narsa. Bizdan nima ketdi. qori akani ko‘radigan bo‘lsak, qori aka tirik ekan,. bu chiqar ekan bitta emas minglab jonimiz qurbon bo‘lsin. Biz ustozni qattiq hurmat qilamiz. Ana endi asosiy masalalardan bittasi Bahrom Abdullaev tergov vaqtida “Zayniddin, manga bular vыshka berib yuborar yoki qo‘yib yuborar. Bilmayman. Lekin vzrыvni oldindan falon kuni falon chisloda falon falonlarga xabarini berganman. Imenno Yo‘lbars Sheraliev degan SNBning katta ofitseriga men xabar berganman” degan gapni gapirayapti. Xullas vzrыvni bular qilganligi, haqiqatan Tohir Jumalar nega menga aytmaagnligi, Solihlar nimaga buni bilmasdan menga top deganligini keyin tushundim. Haqiqatda bular emas ekan. bu bolalarni ushlamasdan qochib ketishligi ham bejiz emas ekan. ana endi 17 marta ko‘rishtirgan odamman man Tohir bilan Jumani. Maqsadim Muhammad Solih muxolifat hammasi bitta bo‘lsayu, ezgu ishlarda bitta bo‘lib Karimovni o‘ntarib tashlasayu O‘zbekistonda bir demokrat harakat, islomiylar va hammasining boshiga quyosh chiqsa edi degan niyatim bor edi xolos. Aslida Solih bilan ko‘rishishni Tohir ham xohlamagan, Tohir bilan ko‘rishishni Solih ham xohlamagan. Man ko‘rishtirganman. O‘rtadagi asosan tashkilotchi manman.

Pahlavon Sodiq: Sudda sizga nima va'da qilishdi?

Zayniddin Asqarov: Endi hozir sudga ma'nosiga kelaman. Payg‘ambarimiz sollollohu alayhi vasallam vaqtlarida sahobiylardan 10 tasi kofirlarni qo‘liga asirga tushib qolgan. Shunda hammasini qatliom qilishga, o‘ldirishga buyurilgan. Shunda bitta-bitta Olloh yo‘lida qozonga tashlanayotganida sahobiylardan bittasi yig‘lab “Qaniydi mani jonim sochimni tolasicha bo‘lsayu Haq yo‘lida hamamsi qozonga tashlansa” deydi. “bu juda fanat ekan. bu yoqqa kel. Sanga bitta shart qo‘ysam bajarasanmi?” deydi. “Nima shart?” deydi. “Mani peshanamdan o‘pib san zo‘r akansan” deb qo‘ysang, man sani kechiraman deydi. Bu aytdiki, 10 ta birodarimni ham kechirasanmi dedi. Ha dedi. “10 ta birodarimni ham kechirsang, man sani peshanangdan o‘paman” deb uning peshanasidan o‘pib kechirim so‘radi. Shunda 10 tasini ozod qildi. Umar (r.a) aytdiki, “bu 10 tasini qutqarib qolishlik uchun gunoh ish qilgani yo‘q. Hammanglar shuni peshonasidan o‘pinglar” dedi.

Menga bo‘lgan va'da Bahrom Abdullaev boshchiligidagi oltita “vыshka”dagilar otilmasligi edi. Otilmay, «vыshka» berib, prezident tomonidan kechirim so‘ralishlik, keyin avf qilishlik va'da qilingan. Oxiri man va'da qildim, bo‘pti, man rol o‘ynab beraman Muhammad Solihni yomonlashmi, ha. Muhammad Solih bilan bizning kelishuvimiz shu ediki, Muhammad Solih, “Sizlar zolimning qo‘liga tushib qolgan vaqtinglarda manga tuhmat qilish kerak bo‘lib qolsa, mani so‘kish kerak bo‘lsa so‘kvoraveringlar, chunki xalq ham biladi buni, hamma yaxshi biladi”, degan. Muhammad Solih xafa bo‘lmaydi, degan maqsadda man mayli deb Muhammad Solihga tuhmat kilib, 16 ga aloqasi bor, 1 million 600 ming bergan edi, Tohir sponsor edi degan narsalarni man yig‘lamsirab gapirib, rol o‘ynab berishga rozi bo‘ldim.

Maqsadim, mani maqsadim Bahrom Abdullaevdek «legendarnыy» qorilarni asrab qolish edi. O‘zbekiston xalqining ichida 70 minglab uning orqasidan ergashtirgan muxlislari bor edi. Bizning ustozimiz bo‘ladi u. Abduvali qori akalarning chiqishi edi, qori akalarning hammasi avf bo‘lishligi edi, shularning hammasi imenno Ichki ishlar ministri Zokir Almatov mani chaqirib, “Muhammad Solihni yomonlab bersang, mana shuning rolini o‘ynab beradigan bo‘lsang, hammasi avf bo‘ladi, otilmaydi bular, sangayam yengillik bo‘ladi, sud zalidan chiqib ketasan”, degani uchun Alloh shohidki, man o‘zimni qutqarish uchun emas, ana shularni qutqarish uchun man shu narsaga majbur bo‘lganman o‘sha vaqtda. Lekin bular chiqarganiyam yo‘q, ularga “vыshka” bervordi. «Vыshka» bervorishining sababi, ular sirni bilardi. Sirni bilishligi uchun ularni yo‘q qilib yubordi. Lekin ular bizga aytib o‘tib ketgan edi hammasini, shunday-shunday-shunday bo‘lgan deb.

Shuning uchun sizlarning radiostantsiyanglar orqali avvalo “Erk” partiyasining rahbari Muhammad Solihdan kechirim so‘raymanki, o‘sha vaqtda unga tuhmat qilganmiz. Haqiqatdan majburan tuhmat qilganmiz va Tohir Yo‘ldoshevlarning qilmagan ishlarini qildi deb aytganmiz. O‘zimiz O‘zbekiston xalqining oldida gunohkormizki, chiqib 16 fevralni ba'zi bir narsalariga aldanib qolib, bu zolim diktator, kofirlarning va'dasiga aldanib qolib, rol o‘ynab, musulmonlarning obro‘siga putur yetkazganimiz uchun butun O‘zbekiston xalqidan biz kechirim so‘raymiz.

Shuning uchun 16 fevralni kim qildi desa, haqiqatda Olloh roziligi uchun, Abduvali qori akani chiqarish uchun uning shogirdlari qildi, lekin davlat 100 foiz kursda edi. Imenno Yo‘lbars Sheraliev, Rustam Inoyatov kursda edi bu narsadan. Va bu narsa oddiy kuzatib turilgan edi. haqiqatanh prezident karteji kelganda, o‘shanda mashinada yo‘q edi, hech kim yo‘q edi. Vzrыv vaqtida biror bir davlat arbobi o‘lgani yo‘q. haligi postovoylar o‘ldi. Ko‘chadan ketayotganlar o‘ldi vzrыvda. Ana endi Tohir Yo‘ldoshevlar Botkenga kirdi yoki Sariosiyoga kirdi, chiqib biz qildik deyapti, katta-katta ishlarni biz qildik deyapti. Niam uchun bir kichkinasini olmaydi. Tohir manga nimaga aytmaagnligi sababini tushunib olgan bo‘lsanglar kerak.

Muhammad Solihni – Allohga qasam ichib aytaman bu gapimni dunyo-yu oxiratda – umuman terroristlarga, terrorga aloqasi yo‘q hech qanaqa. Umuman aloqasi yo‘q. Man demokrat emasman, u odamni yaxshi ko‘rish, yomon ko‘rish maqsadim ham yo‘q. Xolisona baho berishda hech qanaqa aloqasi yo‘q. Bu bizning siyosiy ko‘rligimiz, ishonuvchanligimiz, Zokir Almatovning yolg‘on va'dalariga ishonganligimizning natijasi xolos.

Bu gapdan keyin bizni otvorsa, biz shahid bo‘lib ketaveramiz, inson huquqlari tashkilotlari himoya kilsa, yaxshi turaveramiz. Lekin bizni birov himoya qilish-qilmasligi bu gapni aytishimizdan to‘sib qo‘ymaydi bizni. Mana bu asosiy masala. Endi O‘zbekistondagi islom Karimov va bizni muxolifatlar o‘rtasida man trashqi ishlar mas'uli sifatida shu narsani murojaat qilmoqchimanki va bu murojaatim internet orqali yaqinda chiqib qoladi, tashqariga chiqarib yuborilgan, bu murojaatni beshta zonada kerak joylarga chiqartirib yubordim. Man Turkiyada yurgan vaqtimda O‘zbekistonda inson huquqlari toptalayapti, musulmonlar qiynatilayapti, islom Karimov rostdan ham islom dininign dushmani, musulmonlarni yo‘q qilib yuborayapti degan da'voda yurardim. O‘zbekistonga qaytib yeklib bularni qilgan muomalalarini ko‘rib, yolg‘ondan bular yaxshi ekan deb ko‘z yumishga majbur bo‘ldim. Lekin to‘rt yilu sakkiz oyda menga qilingan muomala O‘zbekiston zonalaridagi odamlarni, birodarlarni o‘ldirib tashlashliklar, xristian diniga o‘tkazishlar, qiynashlik, tirnoqlarni sug‘urib olishlik, ayollarga tajovuz qilishliklarni ko‘rgandan keyin oldingi yo‘lim nihoyatda to‘g‘ri ekan. oldingi yo‘limdan hech qachon qaytmadim, yana shu yo‘limdaman. Man yana inshoolloh qamoqdami ko‘chadami bu diktatorlarga qarshi kurashaman. Bu birinchi masala.

Ikkinchi masala, asosiy ikkinchi masala, bugun O‘zbekistonda diniy nazorat boshchiligida, Abdurashid muftiy boshchiligida butun xalqni aldab “Karimov musulmon. O‘zbekistonda islom diniga qarshilik bo‘lmayapti. Hamma erkin eminda yuribdi”. Xalqimizga aytmoqchimanki, bu Abdurashid qorilar, Rashid qori, Rahmatilla qorilar, Anvar qorilar, Abdulaziz Mansurlar hammasi SNBga xizmat qilayotgan O‘zbnekistonning sotqin shayton qori, o‘shanaqa odamlari bular. Umuman islom bilan aloqasi yo‘q bularni. Shuning uchun O‘zbekistonda haqiqatda Karimov dinimizga qarshi odam. Haqiqatdan dinni rostdan ham yo‘q qilib yuborayotganini, man inson huquqlarini himoya qilguvchi inson sifatida haqiqatda ko‘rdim shu narsani. Haqiqatan O‘zbekistonda toptalayapti shunaqa. Ko‘zim bilan ko‘rdim man. Bu O‘zbekistonni xalqi aldanayapti. Bizda faqat ikkita narsa yetishmaganligi, muxolifatni birlashmaganligi, bu 10 yillik 15 yillik zulmdan ham inshoolloh qutulib chiqamiz va shunday vaqt keladiki, Ivanov, Gdlyanlar 90-yillargacha uzbekskiy delo deb o‘zbeklarni qanaqa qiynatgan bo‘lsa, ular ketgandan keyin Rossiyaning ustidan uzbekskiy deloda ularning qanchalik hozir ustidan kulinayotgan bo‘lsa, bugungi hukumat ustidan, bugungi prokuratura, ichki ishlar, SNBlar ustidan bizning xalqimiz shu darajada qattiq kuladi hali. Inshoolloh shunaqa kunlar keladi. bugun haqiqatni butun dunyo, o‘zbek xalqi biladi, lekin aytolmaydi. Aytishlik uchun O‘zbekistonda inson huquqlari demokratik jarayonlar yetishmaydi. Qiyomatga qolmasligi uchun, qiyomatda hamma: “Asqarov Zayniddin, bizni aldabsan-ku”, demasligi uchun man ommaviy axborotlar orqali yetkazmoqchimanki, biz 16 fevralda rol o‘ynab berganmiz, 16 ga Muhammad Solihning aloqasi yo‘q, bizniyam hech qanaqangi aloqamiz yo‘q. to‘rt yilu sakkiz oydan beri amnistiya kutaverib qildik. Hech qanaqa sud hukmida ko‘rsatilmagan natijada uyimizga hozirga qadar 66 marta ichki ishlaer tomonidan bosqin tuzalgan. Hamma narsani yig‘ishtirib chiqib ketib uyimizda ota-onamni ovqat yeyishga qoshig‘i ham qolmagan hozir. Ikki yarim yil bo‘ldi ota-onamni ham ko‘rmayman. Nimaga desa svidaniega kelishga yo‘lkirasi ham qolmagan ularni. Man kim edim? Man millionlab pullarni aylantirayotgan firmaning direktori edim. Lekin bugun qilmagan ishimga Karimovni yoki Almatov, Inoyatovlarning va'dasiga ishonib rol o‘ynab berganim uchun ota-onamning bugun yeydigan qattiq noni ham qolgani yo‘q.

Pahlavon Sodiq: Zayniddin kechirasiz, Oleg Yakubov haqidagi bayonotingizni va xalqaro tashkilotlarga imkoni bo‘lsa himoya qilish haqidagi murojaatingizni takrorlay olasizmi?

Zayniddin Asqarov: Xo‘p, Oleg Yakubov ma'nosidagi so‘zim shuki, bu butun O‘zbekistonda bo‘layotgan diktatura, zulmlarni hammasini xalqqa chindak qilib ko‘rsatib, “Qashqirlar galasi”, “Agoniya” degan kitoblar yozib O‘zbekistonda, Moskvada va xorijda ingliz tillariga tarjima qilib dunyoda bizni sharmanda qildi. Muhammad Solihni sharmanda qildi. Lekin diktatura hukm surib turgan vaqtida yozilgan biror bir adabiyotnign adibi qavul bo‘lmaydi. hammasi zulm orqali, boshqa orqali yozilgan yozuvlar bo‘ladi. Shuning uchun bu yozuvlarni bilib turib, xiyonat qilib yozganligi uchun Oleg Yakubovni xalqaro sud sud qilishligini, kerakli jazoni berishligini talab qilaman. Ikkinchidan, agar Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining xodimlari, inson huquqini himoya qilish tashkilotlari, Hyuman Rayts Uotchga o‘xshagan tashkilotlar yoki IHM degan Germaniyadagi tashkilot, Ovrupo inson haqlari mahkamasi ya'ni mani himoya qilgan mahkamalar bu so‘zlarimizni inobatga olib, siyosiy mahbuslarni ozod qilmas ekan, O‘zbekistondagi siyosiy jarayonlarni qilmas ekan, inson huquqlaridan avvalo biz iltimos qilamiz, agar bular himoya qilmaydigan bo‘lsa, bir narsani e'lon qilmoqchimanki, O‘zbekistonda yaqinda shu darajada qatliom, jihod boshlanadiki, buni na karimov, na BMT, na boshqasi to‘xtata olmaydi. Chunki jdua qattiq tayyorgarlik ketayapti. Bizni yigitlarimiz bu jihod yo‘lidan qaytmaydi. Bu safar faqat militsiya, SNB xodimi, KGB, MVD, harbiy xodimlar, qamoqxona xodimlari, prezident apparati kim ko‘rinsa o‘ldirib ketilaveradi. Boshqa gap yo‘q. Chunki zulm pichoqdan u tomonga o‘tib ketdi. Shuning uchun ….

Pahlavon Sodiq: Ya'ni shunday yashirin harakat bor hozir.

Zayniddin Asqarov: Harakat ham bor, bunga tayyor ham va bular hozir O‘zbekiston aholisi musulmon bo‘lganligi uchun, ko‘pchilik musulmon o‘lib ketmasligi uchun xalqaro tashkilotlarni bosimiga va bular “Chiqarib olamiz. Sizlarga amnistiya olib beramiz. biz himoya qilamiz” deganini kutib turibdi. Mabodo himoya qila olmasa, ikkinchi etapga o‘tiladi bu narsa. Shuning uchun bu tahdid ham emas, boshqa narsa emas. man bilgan, ko‘rgan narsamni aytganman. Xuddi 1997-1998 yil Bi-Bi-Si orqali O‘zbekistonga bo‘ladigan hujumni man aytgan edim. Xuddi Zbahrom Abdullaev 16 fevralni bo‘lishidan ikki oy oldin e'lon qilgan edi. bular ikkalasiga ham ishonmadi. Bo‘lgandan keyin bular eeee dedi. Chunki bular ishonmaydi. Ateist bular. Ateistlar ko‘rmagan, ushlamagan narsasiga ishonmaydi. Xyuddi man ertaga bo‘ladigan O‘zbekistonda islomiy harakatlarni xalqimizni zulmdan qutqarishlik uchun qiladigan terrorlari va militsiyalarni so‘yishlik kampaniya hasharlarining oldindan xabarini berib qo‘ymoqchimanki, buni nafaqat Tohir Yo‘ldosh harakati balki barcha O‘zbekistondagi mazlum musulmon harakatlar hammasi shunga ont ichishgan. Inshoolloh bu narsa keladi. Sholi sabab kurmaklar ham ketadi degan maqolga binoan prezident Karimov bilan birgalikda IIV, SNB xodimlari bilan birgalikda Abdurashid qori boshchiligidagi muftiylar, shayton qorilar, yolg‘onchi qorilar chiqib ertalabdab kechgacha Islom Karimovni duo qilib “Bu kishi bo‘lmaganda u bo‘lardi, bu bo‘lardi” deyayotgan chala mulla shayton qorilar ham hammasi o‘lib ketadi bular. O‘zbekistonda yo haqiqat o‘rnatiladi yoki xalqimizning ichidagi harakatlar har biri Olloh yo‘lida jonini berishga tayyor ekanligini man e'lon qilmoqchiman. Lekin islom rahmdil dini bo‘lganligi uchun hammamizning maqsadimiz oldin xalqaro harakatlar tashkilotlar O‘zbekistonni dialog yo‘li bilan cho‘zishni iltimos qilamiz. Mabodo ular qo‘lidan kelmay turli xil rezolyutsiyani qabul qilib qo‘yib, kelgan komissiyalarni O‘zbekiston tan olmasdan yana “Bor, borgan joyingga boraver” deydigan bo‘lsa, Islom Karimovga, Zokir Almatovga, Rustam Inoyatovlarga bu qilgan ishi nihoyatda qimmatga tushadi. Buni o‘lib ketishi bilan, qamalib ketishi bilan yuva olmaydi keyin. Chunki Navoiy bobomiz uxlab yotgan she'rga, zanjirband she'rga o‘xshatdiki, mabodo uyg‘onsa, qo‘lidan keladigan ishni qiladi bular. Keyin shu narsaga keldi. Bugun hozir zonalarda bo‘lsin va tashqarilarda bo‘lsin, chet elda bo‘lsin O‘zbekiston uchun jihod farzi ayn bo‘lganligini hech kim inkor qilmaydi. Kim O‘zbekistonda qonli jihod mumkin emas desa, dindan chiqib kofir bo‘ladi, taloq bo‘ladi. buning uchun Olloh taolo Qur'oni Karimda bizga ruxsat berayaptiki, (Qur'ondan parcha ) “Olloh yo‘lida zulmga uchraganlarga, zulmga uchragan mazlumlarga Olloh yo‘lida jihod qilishlikka Olloh izn berdi va albatta Olloh taolo bularga .yordam berishlikka qodir zotdir” deyapti. Shuning uchun bu O‘zbekistonda bo‘ladigan zulmdan qutulishlik qonli bo‘ladimi, qonsiz bo‘ladimi, demokratik yo‘l bilan bo‘ladimi, saylov yo‘li bilan bo‘ladimi – Islom Abdug‘anievich Karimov bunga qaror beradi.

Pahlavon Sodiq: Endi o‘sha portlashlarga qaytsakda. Siz “10 ga rejalashtirilgan edi, 11 da bo‘ldi dedingiz” adashmasam.

Zayniddin Asqarov: Yo‘q, 10 gab ular yetib keladi. ichkarida majlis boshlangandan keyin 11 da portillashi kerak edi.

Zayniddin, siz juda ham jiddiy bayonot berdingiz. Demak, O‘zbeksiton hukumatini, O‘zbekiston maxsus xizmatlarini 16 fevral portlashlarini uyushtirganlikda aybladingiz.

Zayniddin Asqarov: Xuddi shunday.

Pahlavon Sodiq: Butun mas'uliyat bilan aytayapsiz.

B 2: Yo‘q, uyushtirgan emas kuzatib turgan.

Zayniddin Asqarov: Kuzatib turgan, xabarda bo‘lgan, bular uyushtirmagan. Bildi oldindan.

B2: oldindan bildi.

Zayniddin Asqarov: Xuddi shunday.

Pahlavon Sodiq: Ya'ni boshqarganlikda.

Zayniddin Asqarov: Boshqargan. Islom Abdug‘anievich Karimov, Inoyatov, Almatovlar maslahatiga ….

Pahlavon Sodiq: qasddan to‘xtatib qolganlikda.

Zayniddin Asqarov: bilardi, mashina kelish chislosigacha bilardi bular.

Pahlavon Sodiq: Aybladingiz.

Zayniddin Asqarov: Aybldim.

Pahlavon Sodiq: Butun mas'uliyat bilan aytayapsiz deb o‘ylayman bu gapni.

Zayniddin Asqarov: Shunday.

Pahlavon Sodiq: va Birichnidan o‘zingizning taqdiringizda xavotirda emasmisiz? Ikkinchidan agar siz haqiqatni aytmoqchi bo‘lgan bo‘lsangiz, MXX bizga bu uchrashuvni bilmasdan tashkil qilib berdimi?

Zayniddin Asqarov: Bu uchrashuvni bilmasdan tashkil qilib berdi deya olamyamn. Bular hozir chaqirib Muhammad Solihni terrorga aloqasi bor deb pokazaniengizni qaytarib berasiz deb iltimos qilgan edi. Man bo‘pti deb keldim.

Pahlavon Sodiq: Sizning bu narsani aytmoqchi ekaningizdan bularnign xabari yo‘q.

Zayniddin Asqarov: Yo‘q, bular hech kim bexabar. Ikkinchidan taqdiringizdan bexavotir deganingizga man zonada uch marta o‘limdan qoldim. Uchalasi ham, birinchisi Zangiota 64/65 da, podpolkovnik Isroil Jumaev, podpolkovnik Baxtiyor Botirovich, kapitan Baxtiyor nachalnik oper yoki nachalnik rejim chas To‘lqin aka, proporlarni boshlig‘i Inom degan kishilar – besh kisheini oralig‘ida shu darajada qattiq kaltaklandimki, hatto kalima keltirib “man shahid bo‘ldim” deb yumalaganman. 45 kun jinni bo‘lib qolib o‘zimda bo‘lganim yo‘q. bular tursam mani xristian diniga o‘tkazdi, boshqa qildi qiynab.

Ikkinchisi Qashqadaryo 33 ga kirgan vaqtimda Obidxon Asqarovni ukasi ekan deb shu darajada qattiq kaltaklashgan vaqtida manam o‘ldim degandim. Yana bir o‘limdan qoldim. Navoiy 46 da urib qovurg‘alar sindirilganda, yana bir o‘limdan qoldim. 61 da Abdusalom Rahmatov degan mayor nachalnik operchasni qilgan zulmida, uni man aytishga uyalaman, o‘ldim endi, manga hyoat yo‘q deb hatto o‘zimga qasd qilmoqchi ham bo‘ldim o‘sha vaqtda.

Pahlavon Sodiq: Zo‘rlashdimi?

Zayniddin Asqarov: Yo‘q, zo‘rlamadi, lekin aytib bo‘lmaydigan narsa bo‘lganligi uchun aytmayman. Shunda mani tomim ketib, jinni bo‘lganman. O‘zimcha baqiradigan, oshnalarimni ham urib tashlaydigan, shu darajada jinni holatga tushib qoldim. Man eng yaxshi yashab, sal o‘zimga kelib qolgan joyim UYa 64/49 bo‘ldi xolos. Chunki u yerning xozyayni Sobir Qalandarov musulmonchiligi, millatchiligi bor, sal tushunchasi bor odam ekan. insonlarni hurmat qilib, sizlab gapirar ekan.

Pahlavon Sodiq: Qaerrda bu?

Qashqadaryo Shayxalida. Man a'lo darajada demayman, lekin o‘shalarning manga qilgan eng katta yordami manga davlenie qilmadi. Davlenie qilmaganligi uchun sog‘ligimni tiklab oldim. Aslida mani o‘zim qo‘lga tushgan vaqtimda, mani ko‘rgan kishilar ko‘rardi, 106 kilo ves bilan, chyornыy poyas ikkinchidan aykido bo‘yicha shug‘ullangan, master sport unvonim bo‘lgan edi. lekin o‘sha zonalarda shu darajaga keldimki, ikki kilodan oshiq yuk ko‘tarsam boshim aylanib yiqilib tushaman. O‘ng qo‘lim, chap oyog‘im ishlamaydigan, yuragim serdechnыy astma kasalligiga uchradi. To‘rt yilu sakkiz oyda man sangorodlarga ko‘tarishlikka harakat qildim. Ruxsat berishmadi, mumkin emas. qaerda bo‘lsa ham kuzatuvchi. Bir kishilar bilan gaplashib o‘tirsam, manga indamaydi. Gaplashib o‘tirgan odamlarni ushlab shtabda “Nima dedi? Nimaag gaplashding?” deb davlenie qiladi. Odamlar mani ko‘rsa qochadigan bo‘lib qoldi. ota-onalarim svidankaga kelsa, Xudodan yig‘lab so‘raymanki, svidankaga kelmasin bular, xat ham yozmasin deb yig‘layman. Sababi bitta xat kelishi uchun bular borib ota-onamni 10 martalab tergab “Bu xatning ma'nosi nima” deb. man uyga xat yozayapman. Biz yettita o‘g‘il, bitta singil. Mahmudaxon opam. Xatda yozayapman “Bittayu bitta Mahmudaxon opamga salom denglar. Sog‘indim” deyapman. Shuning uchun ota-onam olti oy tergov berayapti. Bu ko‘t bo‘lsa kerak. bittayu bitta Mahmuda kim u? Nima degani? Yo‘q, mana opasi. Yo‘q, bu ko‘t, topasizlar buni. Ëki mana sud tergov jarayonlarida bitta manga eng muhim narsani aytmoqchiman. Baxtiyor Azizov degan manga advokat berishdi. O‘sha vaqtda Bi-Bi-Sining xodimlari kuzatib turdi. Bu advokatni man sud zalida ko‘rdim xolos. Bu SNB, MVDlarni advokati ekan. U manga kelib “Zayniddin, man sizni himoya qilib olaman” dedi. man aytdim “Man Turkiyada advokatlarni ko‘rganman. 35 ta Yevropa davlatlarida bo‘lganman. Demokratik o‘lkalarda yashaganman. U yoqdagi advokatlar konkretno harakat qilishadi. Man sizni pul bilan, hamma tomondan himoya qila olaman. Mani huquqimni himoya qilib mani olib chiqing” desam, u aytdiki, “Pul oladigan tochkalarni aytsangiz, man shulardan pul olib sizni himoya qilib olaman” dedi. Lekin man pul oladigan tochkalarni aytganimda, ular borib hammasini olib, 10 yildan 20 yilgacha qamab yubordi bularni. Bildimki, bular hammasi orqamdan qo‘yilgan josuslar ekan. Bugun man yolg‘iz Ollohdan va xalqaro tashkilotlardan umid qilib, boshqa umid uzgan odam bo‘lib qolavergan bo‘ldim o‘sha vaqtda. Undan tashqari, tergov manga nihoyatda O‘zbekiston 16 fevral uchun bo‘lgani yo‘q. nafaqat O‘zbekiston to‘g‘risida bo‘lgani yo‘q. tergovga Germaniya davlatidan Germaniyada yashovchi Matin Qoplon degan islomiy harakat rahbari qamaldi. Bu to‘g‘risida Germaniyadan kelib tergab olib ketishdilar. Ëki Turkiyadagi harakatlar to‘g‘risida Turkiyadan kelib ko‘p pokazanielar olib ketishdilar mandan. Man o‘tirgan joyimda Turkiyada tanigan, kimni tanib qolsam, o‘shani borib terrorist deb do‘pposlayverdi bu. Demokratmi u, savdogarmi qizig‘i yo‘q.

Pahlavon Sodiq: Tagi kim O‘zbekistondan borib …..

Zayniddin Asqarov: Ular Turkiyadan kelib pokazanie olgan bo‘lsa yoki O‘zbekistondagilar kimlar bor desa, borsa borib turib masalan Najmiddin Erbaqon Riho partiyasining rahbari. 37 yillik siyosatchi. Haqiqatan man ko‘rganman. Tohir Yo‘ldosh bilan Najmiddin Erbaqonni ko‘rishtirganda Erbaqon Tohirjonga bir soat nasihat qilganki, san demokratik harakatga o‘tgin. Musulmonlarni demokratik partiya qilib tuzish imkoniyati borku. urush shartmasku desa, Erbaqonga “Siz Islomni tushunmas ekansiz. Yevropalashib ketibsiz” deb urushib qolib qaytib ketgan. Shunda biz rasmga tushganmiz. Erbaqon mani firmam uchun ko‘p homiylik qilgan edi. mani firmamni rivoji uchun. Man Turkiyada firma ochgandim. Ana shu bo‘lgan gap shu xolos. Najmiddin Erbaqonni 16 fevralga bir million dollar bergan, 100 ming dollar bergan degan pokazanielar bilan terrorist qilib ayblab sud qilib bir yil srok olib berishgacha borishdi ular. Umuman aloqasi yo‘q edi u odamni.

Pahlavon Sodiq: Turkiya maxsus xizmatlari so‘roq qilib…

Zayniddin Asqarov: Maxsus xizmatlari. O‘zbeklistonning SNBlari ularga berib, ular mani pokazaniemni syomkaga yozib ketib shunday qilishdilar. Shuning uchun Turkliyadagi inson huquqlarini himoya qilish tashkilotlariga ham, o‘sha Turkiyadagilarga ham aytamanki, Erbaqonlarni, Turkiyadagi Riho partiyalarini, Buyuk Birlik partiyalarini umuman aloqasi yo‘q bu narsalarga. Xuddi Solihning aloqasi yo‘qday. Undan tashqari Turkiyani MVDsini podvaliga tushdim. Birinchi kun tushsam, u yerda PKK harakatini Istanbul bo‘yicha mas'uli bo‘lganikki metrlik Sulaymon Yeter Sindiqachi degan kishi o‘tirgan ekan. Istanbul bo‘yicha Abdulla Ajalonni boshlig‘i ekan. buni tirmoqlarini sug‘urib tashlab, orqa miyanign qopqoqlarini olib, tokka qo‘yib qiynatib, o‘klishiga bir soat qolganda kirib boribman man u yerga. Keyin man namoz o‘qiyotsam, u “Manga meshat qilmang. Mani mazam yo‘q” dedi. kamera nihoyatda tor edi. Namoz o‘qiy olmadim. Keyin mani tergovga olib chiqib ketishdi. Qaytib kelsam, u o‘lgan ekan. Ana shuning uchun manga uch oy savol-so‘roq bo‘ldiki, Turkiya hukumatiga kurdlar inson huquqlari oyoqosti qilindi deb Turkiyada miting qilib, Sulaymon Yeterni o‘ldirdinglar desa, ular “Zayniddin Asqarov namoz o‘qittirmagani uchun urib o‘ldirdi” degan pokazanieni berib, kurdlar tomonidan Turkiyadagi mani firmalarim Turkiyadagi barcha tanish-bilishlarim bilan kurdlarni orasida katta janjallar ham chiqib ketdi. Zayniddin o‘ldirib O‘zbekistonga qochib ketibdi. Hatto kelib u yoqdan davlenielar bilan “Shu Sulaymonni o‘ldirdim” deb yozib berdim. Shuning uchun xalqaro inson huquqlarini himoya qilish tashkilotlariga aytamanki, kecha bo‘lsa ham, to‘rt –besh yil o‘tgan bo‘lsa ham Sulaymon Yeterni Turkiya davlatidagi Vatan jaddaasidagi ichki ishlar xodimlari toklarga qo‘yib, urib o‘ldirib bo‘lgan edi. lekin ular Turkiyada inson huquqlari oyoqosti bo‘lib ketganligini mana bu deb ko‘tarib chiqsa, “Buni o‘ldirib qochib ketdi. biz o‘ldirmoqchimasdik” deb manga to‘nkab yuborganligini ham bilishim kerak. hozir man Turkiyaga ham borolmaydigan, O‘zbekistonda ham yurolmaydigan, Yevropa davlatlarida ham yurolmaydigan odam bo‘lib qolganman. Chunki nihoyatda nufuzli odam edim, nihoyatda puldor odam edim, tanish-bilishim nihoyatda katta edi mani. Hatto Tohir Yo‘ldoshevlar, Juma Namangoniylar, Muhammad Solihlar yeta olmagan joyda ko‘rishib, ministrlar bilan yurar edim. Mani maqsadim O‘zbekistonni xalqiga moddiy, ma'naviy yordam berishlik, zavod-fabrikalarni ochish, O‘zbekistonda tinch yo‘llar bilan islomiy harakatlarni rivojlantirish, mayli 10 yildir, 20 yildir, 100 yildir harakat qilish edi. Man bu yoqdan qochib ham ketmaganman, birovni o‘ldirmaganman ham man. Lekin bular hozir man ikki o‘t orasida qoldimki, muxolifat mani “Bu sotqin. Bizlarga tuhmat qildi” deb Muhammad Solih, Tohir Jumalar mani u yoqdan yomonlab, qayda ko‘rsa o‘ldirilsin deyayotgan bo‘lsa, unaqa demayotgandir, lekin O‘zbekiston milliy xavfsizligi ular sizni o‘ldirib yuboradi degan bayonotni berishdi manga. Davlat o‘yinlarni qilib to‘rt yilu sakkiz oydan beri chiqarmayapti. Ikki o‘t orasidaman. Man kimman desa, man oxiri haqiqatni ayta olmagan munofiqman, yolg‘onchiman deyishdan boshqa narsani aytolmay qoldim bugun. Shuning uchun hayotingizga xavf bormi degan narsada o‘limni bo‘ynimga olib chiqqan bolaman. O‘lsam, xalq ham kechirar, Muhammad Solih, Tohir Jumalar ham kechirar. Haqiqat ochilib qolgani uchun shahid bo‘lib ketarman degan niyatim bor mani. Manga boshqa narsani qizig‘i yo‘q. Bir jon akan. Uch marta o‘lmay qoldim. Agar o‘shanda o‘lib ketganda, xristian bo‘lib o‘lib ketardim balki. Ë kofir bo‘lib o‘lib ketardim, boshqa narsa bo‘lib o‘lib ketardim. Shuning uchun man xalqaro inson huquqlarini himoya qilish tashkilotlariga, Turkiyadagisi Mazlumlar degan tashkilotda o‘zim ishlaganman, IHH tashkiloti bor, unda o‘zim ishlaganman O‘zbekiston inson huquqlari bo‘yicha, Germaniyaning Dyusseldorf shtatida inson huquqlarini himoya qilish tashkiloti bor, oti hozir esimdan chiqib qoldi, ular bilan hamkorda bo‘lganman. Germaniyada IHM degan tashkilot Ovro‘pa inson haqlari mahkamasi, himoya qilish mahkamasi, bular mani himoyasiga oldi, lekin nima bo‘layaptiki, Karimovga dunyoning hech qaysi davlatining gapi o‘tmayapti. Aloqasi yo‘q desa ham shundoq olib kelib, har qanaqa odam MVDga tushganda sayravoryapti. Mana shu joyda so‘zimni kichkina bir izohiya bilan aytmoqchimanki, sizlar jurnalist bo‘lganinglar uchun, juirnalistlardan bittasi o‘lim olgan, vыshka olingan odamga savol beradiki, oxirgi so‘zingiz desa, betiga tupurib yuborayapti tfuuu deb. Kim vыshka olsa, borib oxirgi so‘zingiz desa, tupurib yuborayapti. Bu tushunmayapti. Shu to‘g‘risida reportaj bermoqchi. NIma uchun bular tupuradi, shu to‘g‘risida reportaj olmoqchida. Bir prokuror do‘stiga aytayaptiki, “Prokuror, man shuni bilmoqchiman. Shunga nima deysan?” desa, “Ëlg‘ondan sanga dokument qilamiz. Sanga vыshka beramiz. san vыshka olganlar, oliy jazo olganlar bilan o‘tirib ko‘rgin. Keyin bularni ichida o‘tirib gaplashasan. Keyin chiqib yozasan” deyapti. Bo‘pti deb zindonga tushayapti boshqa bir soxta nima bilan, ubiystvo bilan. Zindonda o‘tirgan vaqtida gazeta kirayapti oldiga. Gazetani o‘qisa, prokuror oshnasi avtokatastrofada o‘ldi degan xabar chiqayapti. Orqasidan “Falonchiev, siz otishga hukm qilindingiz” deb olib chiqib ketayapti. “O‘y, man soxta ayb bilan. Buni bilish uchun reportyor edim” desa ham quloq solishmayaptida, olib chiqib dorga osishayaptida, shunday arqon solib dorga osayotgan paytidfa betiga niqob to‘sgan reportyorshik kelib “Oxirgi so‘zingiz” deyapti, desa, rosa g‘azab bilan tfuuuuuu deb tupurib yuborayapti. Keyin reportyor bundoq yuzini ochsa, o‘zining prokuror oshnasi ekan. “Endi tushundingmi nimaga tfuu deyishligini” degan so‘zni gapirgan. Ha, endi his qildim debdi. Nima uchun O‘zbekistonga kelganlar bulbulga o‘xshab sayrab “Voy dod prezidentimizni biz ota deb bilamiz, Xudo deb bilamiz. Kechiring” deb yig‘lovrardi birodarlar man tushunmasdim. O‘zim yig‘lab o‘ynab berganda tushundimki, O‘zbekistonda zulm oldida har qancha odam tiz cho‘kar ekan. lekin zulm egiladi, bukiladi, qayriladi, sinmaydi degandek mna bir kun sinmay haqiqat chiqishiga va shu chiqishiga sababchi bo‘lib qolsam, o‘zimni xalq oldida baxtli deb hisoblayman va butun 16 fevral voqeasida o‘lib ketgan begunoh odamlarga aytamanki, Olloh taolo o‘tib ketganlarni rahmat qilsin. Biz qilmaganmiz bu narsani. Muhammad Solih ham qilmagan, hech kim qilmagan, sizlar davlatdan o‘pkalanglar bu narsa uchun. Agar bu gaplarimni bu dunyoda eshitishni ilo9ji bo‘lsa, eshitishadi, bo‘lmasa oxiratda, qiyomat kuni aqidam borki, hamma haqiqat chiqadi. Man bugungi kunda bularni o‘ldirishligi, qamashi, raskrutkasidan emas, qi.yomat kuni do‘zaxga tushishlikdan qo‘rqaman man. Shuning uchun man to‘yib ketdim bularning yolg‘on narsasi. Yana bitta masala o‘tgan safar 49 ga Bi-Bi-Si korrespondenti Hamid Ismoil borib, 159 larga munosabat qanday deganda juda qattiq maqtab bergan edim. Yo‘q narsalarni yolg‘ondan ham maqtagandim. Lekin ketgandan keyin man ko‘rdimki, o‘zim o‘qiyotgan namozni ham o‘qiy olmay qoldim. Oddiy namoz. Namoz o‘qish ham go‘yo mustaqil davlat rivojlanmay qolarmish. Bular hammasini bildimki, va mani O‘zbekiston jihodiy harakatini tashqi ishlar mas'uli sifatida aytamanki, Islom Karimovning islom bilan aloqasi yo‘q va islomga qarshi. Bunga ba'zi bir misollarni keltirdim va yana keltiramanki, bizning o‘zbek xalqimizning tarixi bilan, buguni bilan, kelajagi bilan bu odam nihoyatda kulgan, tarixda la'natlangan odam deb bilaman. Sababi, biz musulmonmiz, Iroq xalo‘qi musulmon. Iroqni ustidan bombardimon qilinsa, hamma davlat jim turibdida, Islom Karimov chiqib “biz qo‘llaymiz” deb chiqayapti. Ëki Eronga iqtisodiy embargo e'lon qilingan vaqtida, shunday chiqib “biz shunga tarafdormiz” deb chiqayapti. Ëki Afg‘onistonni bombalagn vaqtida “Biz shunga tarafdormiz” deb chiqayapti. Butun buni qilayotgan narsasi O‘zbekistonning musulmonlar bilan prezidenti orasida katta adovat tushirib qo‘yayapti. Bugungi kunda O‘zbekistonda Islom Karimovni dushmani ko‘pmi, do‘sti ko‘pmi desa, dushmani ko‘p deb bilaman. Chunki O‘zbekistonda nohaq qamalgan millionlab odamlarni har bittasini 10 tadan qarindoshi bo‘lganda ham 10-15 million qarindosh-urug‘i bo‘ladi ularni. Ëki ziyolilar. Ëlg‘ondan she'r yozayotgan qancha-qancha shoirlar alamini aroqdan olib, narkotikadan olib, o‘lib, yo‘q bo‘lib qamalib ketayapti. Haqiqatni aytolmayapti. Haqiqatni aytganlar xuddi tarix charxpalagidaka Boburlar Hindistonga qochib ketgan edi, Boborahim Mashrablar Agfg‘onistonga qochib ketgan edi, qolganlarchi desa, ikki qismga bo‘lindi – yo Abdulla Qodiriyga o‘xshab shahid bo‘lib ketishdi yoki boshqa shoirlarga o‘xshab sotilib ketishdilar. O‘zbekiston ichida qolgan musulmonlar, ziyolilarni shunga o‘xshatamanki, qochib ketganlari xorijiy davlatlarga Boburga o‘xshab qochib ketdiqolganlari sotilib ketdi, qamalib ketdi yo o‘lib ketdi deb bilaman. Mani tahlilim ham, voqelik ham shu narsa. Man yolg‘on pokazanie berovrib, o‘zimdan ham, tug‘ilganimdan ham pushmonlarim kelib ketdi. lekin tlo‘rt yilu sakkiz oyda shunga amin bo‘ldimki, Olloh jonimni olsang, haq yo‘lida o‘lib ketishga ham tayyorman, agar san yer yuzida inson huquqlarini himoya qilsa qildi, qilmaydigan bo‘lsa shahidligimni ol. Qiyomat kuni sani oldingda yuzim yorug‘ bo‘lsa bo‘ldi, deyman. Shuning uchun yana haligi so‘zimni takror-takror aytaman – O‘zbekiston islomiy harakati Muhammadtohirni niyati o‘sha 16 ni to‘xtatish uchun prikaz qilgandi. Yetisholmadi va buni manga ham, Muhammad Solihga ham aytmagandi. Muhammad Solih umuman aloqasi yo‘q edi bu narsaga. Umuman bir shoir, terrorning t harfini tushunmaydigan odam edi u. hamma narsani man majburlab, “Solih aka yuring. Bir ko‘rishing. Yana bir o‘tirib ko‘ringlar” deb Tohirvoy bilan ko‘rishtirardim man. Lekin shu ko‘rishtirganim, birga rasmga tushganim bugungi O‘zbekistonda manga bo‘lgan zulm, tazyiq, aldovlar natijasida Muhammad Solih terrorist deb berishga man majbur bo‘ldim. Lekin man nima yo‘qotdim? Ota-onam bilan man umuman ko‘risha olmayapman. Agar inson huquqlari bizni uyga borsa, ahvolni ko‘rib yig‘laydiki, uydagilarga bir mehmon kelib qolsa ham mehmonlarni borib so‘roq qilaveradi. Xat yozsa ham so‘roq qilaveradi, svidanmkaga kelsa, mani uch kun izolyatorda saqlaydi. Uydagilarga nima deding, qanaqa deding. Mikrofonlar qo‘yib qo‘yib yozib olib mani qiynatishlar qamoqda. Ota-onamga “Qalaysiz, yaxshimisiz” deyolmayman man. Umuman ko‘rolmayman man. Toshkentga necha marta kelayapti, ko‘ra olmay ketayapti. Zangiota 65 ga kelayapti “Mumkinmas. Siyosiy mahbus” deb ko‘rsatishmayapti. Ëki man o‘zim odobli, axloqli, oliy ma'lumotli, uch-to‘rt xil til bilgan odamman. O‘zimni o‘zim yaxshi taniyman. Jinoyat qilmayman, urmayman, so‘kmayman. Lekin har olti oyda shundoq chaqirishadida “Asqarov. San falon-falon ishni qilibsan”. Qilmaganman. “Qilmagansan, lekin shuni qildim deb yozib berasan. Prezidentskiy nadzordasan. Sani ShIZOga yopishimiz kerak. bo‘lmasa, amnistiyaga tushib qolasan”. Men shuni majbur yozib beraman. Delom narusheniega to‘lib ketgan hozir. Xalqaro inson haqlari keltirib, “Nimaga bu bolani amnistiyaga tushirmadinglar? 11 yil ekan. to‘rt yarim yil o‘tirdi. Chiqib ketuishi kerak ediku” degan savolni bersa, “Mana 11 ta narusheniesi turibdi. Qarang. U bezori. Bu bittasini urgan, so‘kkan, haqorat qilgan”. modomiki, man hech narsa qilmaganman.

B 2: Zayniddin, hozir siz aytgan ko‘rsatmalar ertaga biror bir bosim tufayli o‘zgarib qolishi mumkinmi?

Zayniddin Asqarov: Mumkin. Bu O‘zbekistonni qiladigan muomalasiga, man zulmga chiday olmasligim mumkin. Shuning uchyaun man aytaman dunyoda ham, o‘sha vaqtda ham, oxiratda ham so‘zimda turaman man. Iloji boricha turib beraman. Lekin turib bera olmasam, mana shu so‘zim inobatga o‘tilsin deb vasiyat qilib beraman. Chunki bular zulmni bitta manga qilgani yo‘q. maslaan MVD ni podvalida chaqirib, shu narsani o‘ynaysan deyapti. Man o‘ynamasam Bahromni yechintirib ko‘tiga dubinka tiqishayapti. “Ho‘v tiqma” desam, “o‘ynasang, tiqmaymiz” deyapti. Ëki Boltaev Olovuddinni xotinini olib kelib oldimizda yechintirib uchta-to‘rtta militsiya tajovuz qilayapti. “Tajovuz qilma. Bu mani singlim, xotinim” deb, dod deb hushidan ketib qolsa, “o‘ynab berasan” deyapti. Oxiri biz aytdikki, “Xudo ko‘rib turibdi, xalqaro tashkilotlar ko‘rib turibdiku. Bir kun haqiqat chiqadiku. Bugun xalqimiz Ivanov, Gdlyanlarni la'natlagandaka, bu pidarazlarni la'natlaydiku bularni. Mayli o‘ynab beringlar dedikda, qori bolalar, namozxon bolalar chiqib yolg‘ondan pokazanie berib, yig‘lab “Prezident siz zo‘rsiz. Yashasin prezident. Bizlar qotilmiz. Otvoring. Muhammad Solih yomon. Moshennik, o‘g‘ri, balo battar” deyishga biz majbur bo‘ldik va aytmanki takror-takror bizni o‘rnimizda har qanaqa odam shu rolni o‘ynab berardi. O‘ynamasa, Nazirov Fayzullo degan mani shaxsiy qo‘riqlovchim bor edi andijonlik, oldimizda urib o‘ldirib yuborishdi, xuddi shunaqa qilib o‘ldirib yuborishardi. Nom nishonsiz, uch marta Yevropa chempioni bo‘lgan aykido bo‘yicha, nihoyatda kuchli, Abduvali qori akani teleoxraniteli bo‘lgan 37 yoshli Nazirov Fayzullo, Bulbul laqabli bola, 16 fevralda san bomba tashlaganman deysan desa, man tashlamaganman desa, o‘ldirib qo‘yib bizga aytishdiki, bu oshnangni Olmaotada qo‘lga olmoqchi bo‘lsak, oltinchi qavatdan o‘zini tashlab yubordi deb pokazanie berishdi. Man uni jasadini ko‘rganimdan keyin o‘zimni yo‘qotib qo‘ydim. Mani bularga yalingan narsam, nima yolg‘on desanglar man gapirib beruvraman. Nima desanglar man roziman. Meni urmasanglar, bularni qiynatmasanglar bo‘ldi mani oshnalarimni. Ana oradan olti oy o‘tdi, bir yil o‘tdi, ancha-muncha o‘tdida, keyin bular chaqirib olib, Ha terrorist, iflos, xoin”. Man aytdimki, “hay kechirasizlar. Man haqoratlaringni ko‘tara olmayapman. O‘zinglar chizib bergan stsenariyga O‘zbekiston prokuratuasini, rahbariyatlarni, Almatov, Inoyatovlarni stsenariysiga o‘ynab berdimku man. Nimaga mani terrorchi deb so‘kayapsizlar” desam, “ha, san-a, o‘ynab berdingmi? Endi gapingdan qaytayapsanmi? Mana telvizorda nimaga kechirim so‘rading bo‘lmasa”. Shunaqa izdivatelstvolar, shunaqa tahqirlashlar. Qayga aytasiz? Hech kimga man qilmadim desangiz, san televizorga chiqib qildim dedingku deydi. Odamlarga aytsanigz, sanlar sotqinsan, kozyolsan, KGBni odamisan.

Tag‘in o‘qing
21 sentyabr 2022
O‘zbekistondagi ko‘plab fermer xo‘jaliklari klasterlar paxta va boshoqli don xarid qilish bo‘yicha fyuchers shartnomalar nusxasini haligacha o‘zlariga bermayotganidan norozilik ...
15 avgust 2018
O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi yig‘ilishida xotin-qizlar bilan erkaklarning birgalikda basseynda cho‘milishiga e'tirozli shikoyatlar tushgani bildirilgan. O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Elmira ...
1 iyun 2017
30 may kuni ijtimoiy tarmoqda prezident Mirziyoevning bankirlarni keskin tanqid qilgani audiosi paydo bo‘ldi. Videoselektrdan yozib olingan audioda prezident ...
28 iyun 2019
Ba'zan xorijda, G‘arb davlatlarida yashayotgan vatandoshlarimizga hayron qolaman. Amerika, Kanada va Yevropada kim bilan gaplashmang, ko‘pchilik shu davlatlarning liberal, ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...