Document UZ
22 oktyabr 2015

Jizzaxning sobiq quturgan hokimi

Siz ko‘rib turgan suratdagi viqor bilan xarbiylar yonida turgan kishi – Jizzaxlik fermerlar va xuquq ximoyachilari tomonidan «Quturgan xokim» laqabini olgan Yamonqulov Ubaydulla Yaxshilikovich.

Islom Karimov Jizzaxga kelib, Shavkat Mirziyaevni Samarqandga xokim qilib jo‘natib, uning o‘rniga Yamonqulovni qo‘yar ekan, og‘ziga tikilgan majlis axliga qarab, «Familiyasi Yamonqul bo‘lsada, o‘zi yaxshi yigit» deb o‘zicha askiya qilgandi.

Biroq, yangi xokim familiyasiga sodiq qoldi: viloyat axli bu QULdan qattiq jabr ko‘rdi. Oqibatda, 2008 yoki 2009 yillarda Oqsaroydagi podshox o‘z «qul»ining xaqiqatda Yamonligiga ishondi shekilli, uni xibsga olishni buyuradi.

Jizzaxliklarning aytishlaricha, viloyat xokimi Yamonqulovni, Toshkentdan vertolyotda kelgan niqoblilar kuppa kunduz kuni qullariga kishan solgan xolda olib ketishgan.

Shundan buyon sobiq xokimning taqdiri noma'lumligicha qolayapti.

Ulug‘bek Ashur
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
31 dekabr 2018
2018 yil 31 dekabr kuni O‘zbekiston, Kanada, Shvetsiya, Shveytsariya, Finlyandiya, Turkiya va Amerikadan turib 12 nafar o‘zbek vatandoshi prezident ...
15 oktyabr 2020
O‘nta roman yozay, ellikta she'riy to‘plamim nashr etilsin, yozganlarim dunyoning barcha yirik tillariga tarjima qilinsin, million nusxada kitob bo‘lsin, ...
4 iyul 2019
Shifokorlar dalalarda ishlashga majbur etilarkan, shifoxonalarda bemorlar hayoti uchun tahlikali vaziyat yuzaga keladi. 2018 yilning 28 iyun kuni Bryussel ...
20 avgust 2021
Hindikush tog‘ida gulxan yonmoqda,  Hirot tepasida olov jolasi.  Holing nima kechdi? Jabhang qayoqda?  Jayhun ortidagi yurtning bolasi?  Bu she'rni ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...