Elak
3 noyabr 2015

Yakkabog‘ tuman prokurorining tekintamoqligi

Malohat Eshonqulova
mustaqil jurnalist

Qashqadaryoning qonun himoyachilari o‘zlarining g‘ayriqonuniy ishlari bilan hamisha mashhur!

Bu gal ham shunday bo‘ldi!

Viloyatning Yakkabog‘ tuman prokurori ko‘rsatgan “Karomat”ni hech bir ikkilanmay, sira hijolat bo‘lmay Ginnesning rekordlar kitobiga kiritish mumkin.

Aniqroq qilib aytganda, Yakkabog‘ tuman prokurorining tekintamoqligi mana-man degan muttahamlardan ham o‘tib tushdi.

Ishonmayapsiz-a?

Bu haqda Yakkabog‘ tumani Amir Temur jamoa xo‘jaligi, Xo‘ja ilg‘or mahallasida istiqomat qiluvchi Manzura Turobova shunday hikoya qiladi:

  • Oilaliman. Ikki nafar go‘dagim bor. Turmush o‘rtog‘im Botirov Ulug‘bek G‘ayrat akaning fermer xo‘jaligida suvchi bo‘lib ishlaydi. Lekin ism-sharifi ro‘yxatlarda, vedomostlarda yo‘q. 2015 yilning 30 oktyabr kuni soat 16.00 larda turmush o‘rtog‘im dashtdan o‘zimizning sigir va qo‘ylarimizga qo‘shib, hamsoyalarning ham qo‘ylarini qishloqqa haydab kelayotgan bir paytda ikki nafar milditsiya xodimi zo‘ravonlik bilan podani oldiga solib ketgan. Shulardan 6 ta qora mol va 5 ta qo‘y o‘zimizniki edi. Qolgan qo‘ylar esa hamsoyalarimizga tegishli edi. Milisalar jami bo‘lib 6 ta qora mol va 32 ta qo‘yni tortib olishgan. Sababi bitta: mahallamizdagi G‘ayrat fermer bu yilgi paxta planini bajara olmagan ekan. Shunga tuman prokurori IIB xodimlariga planni but qilolmagan fermerlarning mol-qo‘ylarini tortib olishni buyurgan ekan.

Turmush o‘rtog‘im podani aynan G‘ayrat fermerning dalalari yon bag‘ridan haydab o‘tayotgan bir paytda “Mol-qo‘ylar G‘ayrat fermerga tegishli” degan xayolga borgan militsiya xodimlari sigir va qo‘ylarni kuch bilan haydab ketishgan.

“Bu mol-qo‘ylar kimga tegishli?” deb so‘rashmagan ham. Mollarning asl egalarini aniqlashmagan ham. G‘ayrat fermerning mollari deb qishloq aholisiga tegishli bo‘lgan mol-qo‘ylarni tortib olib qo‘yishgan. Mol-qo‘ylarni olib ketishganlari haqida davlolatnoma ham tuzishmagan. Qo‘llariga qog‘oz ham berishmagan. Hech qanday dokumentsiz olib ketaverishgan. Turmush o‘rtog‘im Ulug‘bek Botirov mollarni qaytirb
olish umidida tuman prokuraturasiga 4 kun qatnadi. Lekin prokuraturaga ularni kiritishmadi. Biror kimsa arzlarini eshitgan emas. Oxiri yosh bolalarimni tashlab, 1935 yilda tug‘ilgan nogiron qaynonamni olib prokuratura binosiga o‘zim borishga majbur bo‘ldim. Qaynonam keksa. Insult olgan. Oyoqlari ishlamaydi. Prokurorni oldiga kirmoqchi edik. Kiritishmadi. Prokuror qaynonamning keksaligini ham, nogironligini ham inobatg olmadi. Shu kuni yomg‘ir sharros quyayotgandi. Qaynonam ikkalamiz shunday yomg‘irda, namda yerga o‘tirib olib prokurorni qabul qilishini talab qilib kun bo‘yi kutdik. Baribir foydasi bo‘lmadi. Prokuror bizdan qochib, binoni gir aylandi. Ish payti tugagandan keyin ham darvozadan chiqib ketaolmay yashirini o‘tirdi. Oxiri mashinasi bilan chiqqan edi shunda men mashinasining oldiga chiqib oldim: “Yo meni bosib o‘ldirasan, yo mollarimni qaytarib berasan. 5 ta qo‘yni qaynonam o‘z pensiyasidan o‘limtigiga atab olib qo‘ygandi. Kampirning o‘limtigidanam umid qilasizlarmi? 6 ta mol bolalarimning risqi, bermasanglar mashina bilan bois keta qolinglar!” deb turib oldim.

Shundan keyin prokuror “Sigir-qo‘ylar sotilib ketgan dedi. Mayli, Shahrisabzdagi Bayuk degan qassobdan sigirlaringizni qaytarib ola qoling. Pulini ularga o‘zim to‘layman” dedi. Izlab-izlab topib, qassobdan 6 ta sigirimizni qaytarib oldik. Lekin haligacha menga va mahallamizdagi qo‘shnilarimizga tegishli bo‘lgan 32 ta qo‘yni qaytarishgan emas, – deydi ayol ovozlari titrab, – Endi biz nima qilamiz? Har kuni hamsoyalar “Qo‘yimizni topib beringlar” deb darvozamizni urib sindirgudek bo‘lishayapti. Prokuror “Qo‘ylaring sotilib ketdi, mollaringni qaytarganimga shukur qilinglar, qo‘ylaring baribir qaytarilmaydi” deyapti. “Erim haydab kelayotgan mol-qo‘ylarning milisalar tomonidan tortib olinganligi haqida shu paytga qadar akt ham tuzilgani yo‘q. Qo‘ylarni sotib yuborishgani haqida ham qo‘limizga qog‘oz bermadingizlar-ku?! Sotib yuborilgan bo‘lsa, 32 ta qo‘y qanchaga narxlangani va necha so‘mga pullangani haqida qo‘limizga hujjat berishlaringizni talab qilaman” deb Xudoning zorini qilsam ham birorta zog‘ ohu-nolamni eshitmayapti. Bizga yordam beradiganlar topilarmikin Toshkentda – tepada. Bu prokuror sho‘rimizni quritib qo‘ydi-ku! – “Mol achchig‘i-jon achchig‘i” deganlaridek Manzura Turobovaning ozorlari haqidagi zorlari ado bo‘lay demasdi.

Bu nima degani bilasizmi?

Qaroqchilikning zamonaviy usuli deganlari aynan mana shunday ko‘rinishda bo‘ladi!

O‘zbekiston Senati endi “Qonunchilar” atamasiga tuzatish, o‘zgartirish kiritmasa bo‘lmaydi!
Surishtirmay-netmay aholining xususiy mulkiga chang soldimi, mol-holini kuch bilan tortib oldimi, prokuror, militsiya shunchalikka bordimi, demak, ularning oti endi qonunchilar emas! Qaroqchilar!

Paxta planini bajara olmagan fermerning ham joniga, ham moliga ko‘z tikish birgina Qashqadaryogagina xos emas.

Fuqaroning xususiy mulkini talon-taroj qilish, mol-holiga ko‘z olaytirish – tortib olish va buxususida dalolatnoma tuzmaslik birgina Qashqadaryo hoqonlarigagina xos emas.

Shusiz ham ishsizlik, yo‘qchilikdan sillasi qurigan aholini kuppa-kundizi qaroqchilardek tunab ketish birgina Qashqadaryoning mahalliy hokimiyatiga – Yakkabog‘dagi qonun idoralarigagina xos emas.

Mamlakat miqiyosida ana shunday haqsizlik hukmron!

Bir so‘z bilan aytganda, prokuratura tomonidan paxta rejasini uddalay olmagan fermer uchun hamqishloqlarining qo‘ylari qurbonlik qilindi!

Bu yog‘i nima bo‘larkin?: Qo‘ylarning puli bilan paxta plani but bo‘larmikin, yoki prokurorning qorni to‘q bo‘larmikin?

Aziyat chekayotgan ayol arzini kimga aytsin endi?

Prokuratura tomonidan fermerning paxta qarzdorligini qoplash maqsadida qo‘ylari qurbonlik qilingan Manzura Turobovaning tel. raqami: +99890 7338412

Tag‘in o‘qing
24 iyun 2019
Navoiy viloyatining Karmana tumanida yashovchi faol, 2-guruh nogironi, 43 yashar Dildora Boymurodova norozilik namoyishiga chiqish haqidagi bildirgisiga viloyat hokimligidan ...
5 dekabr 2019
Ichki ishlar vaziri general Po‘lat Bobojonov uyida gaz va elektr toki yo‘qligidan sovuqda o‘tirgan oilaga elektr isitgich sovg‘a qildi ...
29 iyun 2016
Turkiya prezidentining so‘zchisi Erdo‘g‘on Ibrohim Qalin vaziyatga oydinlik kiritdi: “Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘onning Rossiya prezidenti Vladimir Putinga yuborgan ...
15 noyabr 2024
RT: Mana xafta zuvv etib aylanib yana siz bilan yuzma yuzman. MS: Ovong og‘o, bugun beshlanjiy gun. Gurungni sizdan ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...