Elak
31 oktyabr 2016

Qo‘qonovga jazo muddatining cho‘zilishi nimadan darak?

6 oktyabr kuni, roppa rosa 23 yilu 4 oy qamoqda bo‘lib barcha jazo muddatlarini o‘tagan Samandar Qo‘qonovga, ertasigayoq sud qarori bilan tag‘in uch yilu 5 kun jazo qo‘shib berilishini, faqat qabih o‘zbek rejimi siyratining o‘zgarmagani bilangina izohlash mumkin.

rasm4047
O‘zbekiston JIBBning Qo‘qonov ustidan sud hukmi haqidagi xati

27 oktyabr kuni uning ozod etilgani haqidagi chaqmoq kabi paydo bo‘lgan umid shu kunning o‘zidayoq so‘ngan, uning hamon Navoi turmasida qolayotgani ma'lum bo‘lgan edi.

Islom Karimovning shaxsiy dushmani sifatida qamoqda saqlanayotgan siyosiy mahkumning boshqa muassasaga etap qilish harakatlari, uning ozod etilgani haqidagi gap so‘zlarning tarqalishiga sabab bo‘lgandi.

«O‘zbekiston Jazoni Ijro etish Bosh Boshqarmasi Nelson Mandela o‘rnatgan rekordni yangilamoqchi shekilli», deya yozdi jurnalist Sirojiddin Islom o‘zining Feysbukdagi mikroblogida.

O‘tgan asr o‘rtalarida Janubiy Afrika xalqi mustaqilligi uchun kurashgan Nelson Mandellaning 27 yil turmada o‘tirgani ma'lum.

O‘zbekiston xalqi mustaqilligi uchun kurashgan demokrat siyosatchi Samandar Qo‘qonovning qariyb shuncha muddat qamoqda qolishi va ayrim o‘zbek faollari tomonidan bu rejimni qo‘llab quvvatlash xitoblari bugunning aqlga sig‘mas manzaralaridir.

Mahkumning umr yo‘ldoshi Shohida Qo‘qonova olgan maktubda «Jazo muddatini o‘tash davrida muassasada o‘rnatilgan ichki tartib-qoidalarni muntazam buzib kelgani uchun 2016 yil 07 oktyabr kuni Navoiy viloyati Zarafshon shahar sudi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 221-moddasi 2 qismi «b» bandi va 60-moddasi bilan 3 yil 5 kun»ga ozodlikdan mahrum etilgani aytiladi.

«Zulmning oxiri qaerda? Shu savolimga O‘zbekistondagi qonxo‘r rejimni puf-puflaydiganlar javob berishsin. Karimovning chorak asrlik prezidentligi Samandar Qo‘qonov oilasining bir qatra ko‘z yoshiga arzimaydi! Qo‘qonovning kenja o‘g‘li Sardor bilan ko‘zimda yosh bilan suhbatlashdim. Alloh bu oilaga sabr bersin. Yo‘qolsin ZULM, yashasin Hurriyat!», deya yozdi Ozodlik jurnalisti Sirojiddin Islom o‘z mikroblogida.

O‘zbekiston Oliy kengashi deputati, «Erk» Demokratik partiyasi a'zosi va Chinoz neftni qayta ishlash korxonasi sobiq boshlig‘i bo‘lgan Samandar Qo‘qonov bugungi kunda hamon qamoqda qolmoqda.

Qudrat Bobojon
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
8 dekabr 2020
Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida jasadi 6 noyabr kuni katta ariqdan topilgan 55 yashar fermer Muzaffar Muhammadievning yaqinlari u tuman ...
20 sentyabr 2019
Nepotizm lotincha nepos so‘zidan olingan bo‘lib, uning lug‘aviy ma'nosi – “nevara” yoki “jiyan” deganidir. Ammo bu so‘zning zamonaviy ma'nosi ...
23 mart 2020
O‘zbek kinorejissyori Sarvar Karimov 21 mart kuni o‘zining feysbuk sahifasida «Sarviqomat dilbarim» filmidagi o‘pishish sahnalari va ayrim titrlar kesib ...
2 oktyabr 2015
Xozarasp tumanining Sanoat qishlog‘ida Sanoat xo‘jaligining paxta dalasida joylashgan shiyponida bo‘ldik. U yerda qishloq xo‘jaligi kolleji talabalari joylashtirilgan ekan, ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...