Asosiy mavzular
8 iyun 2017

Andijon avtomobil bozorida mashinalar narxi ko‘tarildi

Andijon Hususiy avtomobillar bozorida ham narxlar keskin ko‘tarilib ketdi.

GM Uzbekistan shirkati 31 may kuni mamlakat ichki bozorida avtomobillarini milliy valyuta – so‘mga sotishini e'lon qilgan edi.

Mashina narxlarining dollar kursiga nisbatan ekvivalentda belgilanishi va oshirilishi bozordagi erkin narxlarning ham o‘zgarishiga sabab bo‘ldi.

Eltuz muxbirining o‘rganishicha, Andijonda deyarli hech kim yangi narxnomada zavod bilan mashina to‘lovini amalga oshirayotgani yo‘q.

Narxlarni kuzatayotgan haridorlarning aytishicha, to‘lov so‘mda amalga oshirilgan taqdirda ham “Malibu” hamda “Kaptiva” avtomashinalari narxi ularga 3 baravar qimmatga tushadi.

Mashinafurushlarning omadi chopdi

Bozorda avtomashina ehtiyot qismlari bilan savdo qiluvchi tadbirkor H. Azizovning aytishicha, 7 mingga birov so‘ramagan “Kobalt” avtomashinasini 8 ming dollarga sotgan.

Mashina haridorlari ilgarigidek 50-100 dollar ustida talashib o‘tirmayaptilar.

«Bozorda bittayam moshina qolmadi, 5,5 ming dollarga sotilayotgan yangi “Spark”lar 6,5 – 6,700 dollar bo‘pketdi», deydi tadbirkor.

“Matiz” bozorida ham shu ahvol. 4 ming dollarga sotilayotgan “Matiz”lar 4800, 5000 dollarga sotildi. 2-3 oydan beri mashinafurushlarning qo‘lida turgan avtomashinalar bir zumda sotilib ketdi.

Andijon avtomobil bozori shahar chekkasidagi Bog‘ishamol hududida joylashgan. Bu yerda xaftaning ikki kuni – juma va yakshanba kunlari bozor bo‘ladi. Narxlar e'lon qilinganidan beri bir bozor o‘tdi.

Xaridorlarning aytishlaricha, mashinafurushlarning og‘zi qulog‘ida. Keyingi 1 yilning buyog‘ida avtomobil bozorida bunaqa “o‘t” savdo kuzatilmayotgandi.

Haridorlar esa norozi

Ko‘pchilik avtomobillar narxining oshirilishi qanday omillarga asoslangani yuzasidan hukumat va “O‘zavtosanoatdan” javob kutmoqda.

«O‘zbekistonliklar boj to‘lovlari o‘ta balandligi tufayli chet davlatdan moshina olib kelib minolmaydi, garchi, yon qo‘shni bo‘lgan davlatlarda ham avtoulov bizdagidan ancha arzon». – deydi bozordan arzonroq avtomobil izlayotgan Salohiddin Tojiev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, aholi noilojlikdan o‘zimizda ishlab chiqarilgan avtomobillarni sotib olayotgandi, ammo endi ko‘pchilik bu imkoniyatdan ham mahrum bo‘lmoqda.

Mashina bozoridagi Habibullo ismli mashinafurush «GM Uzbekistan shirkati o‘z narxlarini bozor narxi bilan tenglashtirganini aytadi.

«Odamlarga farqi yo‘q, zavodga to‘laydimi yo bozorga. Dollar kursi esa ko‘tarilib boryapti. Mana bugun 100 dollar 840 ming so‘mga chiqdi. So‘mda sotadigan bo‘lsa, nega unda dollar narxini yozadi. Yangi narxlarni ko‘rib hamma odamlarning kayfiyatlari tushib, jig‘ibiyron bo‘lyaptida» deydi u.

Shohida Saidova
Andijonlik muallif tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
8 iyul 2022
Zebra degan hayvon bor. Eshshakning bir turi. Go‘shti halol bo‘lgani uchun so‘yib yesa bo‘ladi. Zebraning usti oq qora yo‘l ...
24 fevral 2020
Bryus Pane, RFERL.ORG 2005 yil 13 may kuni ertalab yaqindagina qamoqxonadan qochib chiqqan bir guruh qurollangan shaxslar O‘zbekiston sharqidagi ...
15 fevral 2023
O‘rusiya shaharlaridan birinda bir qizaloq yashardi. Sochi sariq, ko‘zi ko‘m-ko‘k qizgina. Bir kuni shu qizning otasiga voenkomatdan povestka keldi. ...
30 may 2022
Telegramdagi «Eltuz» Portaliga har kuni ko‘plab shikoyat maktublari kelishda davom etmoqda. Ba'zan ularni mustaqil manbalar orqali tekshirish imkoni yo‘q. ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...