Asosiy mavzular
13 noyabr 2023

Tirmog‘ichga qoqilish: Tag‘in valyuta konvertatsiyasi cheklovi

Yana o‘sha eski tirmog‘ichga qoqilish. Markaziy bank milliy valyuta konvertatsiyasini cheklash bo‘yicha yangi takliflar bilan chiqdi. Ushbu tashabbusning O‘zbekistonga korruptsion va innovatsion xavflar haqida Gazeta.uz nashri Karen Srapionovning maqolasini chop qildi.
Qadrli muhlislar, Eltuz o‘zining kundalik ko‘rsatuvlarini gazeta uz kolumnisti Karen Srapionovning O‘zbekistonda valyuta konvertatsiyasini cheklash rejalariga oid maqolasi tahlili bilan davom ettiradi.
Moliyaviy tahlilchi Karen Srapionov 8 noyabrda gazeta uz nashrida chop etilgan Markaziy bankning yuridik shaxslar tomonidan valyuta konvertatsiyasiga kiritilayotgan yangi cheklovlariga oid maqolasida, bu chora aniq katta korruptsiya, shuningdek investitsiya xatarlariga ega ekanligini ta'kidlaydi.
Tirmog‘ichga qoqilish – bu bizning azaliy milliy sport o‘yinimizdir! Aniqrog‘i, agar bu holatning qanchalik tez qaytalaninishini hisobga olsak, bu hatto yurish ham emas, balki yugurishdir, deya yozadi Srapionov.
Uning yozishicha, horijlik sarmoyadorlar uchun Markaziy bankning valyuta nazorati tartibiga kiritilgan o‘zgartirishlar loyihasini o‘qib chiqib u shunday qarorga kelgan.
Sentyabrning o‘rtalarida Markaziy bank hech kimga bilintirmay, juma kuni tun qorong‘usida bu cheklovlarni joriy qilgan esada, shanba kuni ertalab matbuot anjumani o‘tkazib, bu siz o‘ylaganday g‘irrom ish emas, barcha asoslar mavjud, hujjat loyihasi muhokama qilingan degan tarzda tushuntirishga urindi.
Yaxshiyam jurnalistlar bu holatni o‘z vaqtida monitoring qildi, aks holda bu lahza ham o‘tkazib yuborilgan bo‘lar edi.
Ma'lum bo‘lishicha, endi Markaziy bank aholining savodi pastligini hisobga olib, o‘zgarishlarni o‘zi xohlagan shaklda tayyorlab ommaga yetkazmoqchi bo‘lgan, shu yo‘l bilan tushunmovchiliklar kelib chiqmasligiga erishmoqchi bo‘lgan ekan.
Biroq, «Men bunday deb o‘ylamayman. Agar Markaziy bank muhokamani chindan ham xohlaganida edi, huddi 16-sentabrdagidek avval matbuot anjumani o‘tkazishi, barcha manfaatdor tomonlarni taklif qilishi, rejalashtirilgan o‘zgarishlarni tushuntirishi, muhokama va mulohazalarga aniqlik kiritirishi kerak edi. Ayni paytda biz sentyabrda taklif etilgan ayni g‘oyalarning, boshqacha ifoda etilganini ko‘rayapmiz» deya yozadi Srapionov.
Uning fikriga ko‘ra, valyuta konvertatsiyasi va repatriatsiyasini cheklash kabi mavzu barcha xalqaro moliya institutlari, mamlakat investorlari va kreditorlari, O‘zbekistonda aktivlari bo‘lgan xalqaro biznes sub'ektlari, moliya birjalaridagi minoritar sarmoyadorlar tomonidan e'tiborga olinishi va faol muhokama qilinishi hisobga olinishi kerak.
Muallif ayni loyihaning o‘zbek tilida e'lon qilinishiga e'tirozi yo‘qligini e'tirof etib, uning hech bo‘lmaganda ingliz tiliga o‘girilishi kerakligini bildiradi.
«Bu izoh behuda emas – xalqaro moliya institutlarining ko‘plab mahalliy va xorijiy idoralarning ingliz tilida chop etiladigan axborot byulletenlarining eng yumshoq sarlavhalari, “O‘zbekiston valyuta nazoratini kuchaytirmoqda…”, «Uzbekistan to tighten currency control” deya atalmoqda.» deya pisanda qiladi muallif.
Uning ta'biriga ko‘ra bu kabi zararli takliflar “xalqning og‘irini yengil qilish…”, “qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish…”, “foydalanuvchilarga qulaylik yaratish uchun…” kabi iboralar bilan boshlanadi. Buni ahir nafaqat, tinglab, mohiyatiga yetmaydigan ongi past mahalliy odamlar, balki Markaziy bank yoki boshqa hukumat hujjatlari matnida ortiqcha so‘z bo‘lmasligi har bir so‘z o‘zining ma'nosiga ega ekanligiga o‘rgangan xorijiy hamkorlar ham o‘qishadi.
Biroq asosiy nuqtaga qaytsak! Asosiy masala bu yerda – chet el valyutasini sotib olish imkoniyatini cheklash. Aynan cheklov, ya'ni «tartibga solish» yoki «sharoit yaratish» kabi boshqa chiroyli so‘zlar emas.
Biroq nima uchun bank filialidagi ba'zi bir ayrim shaxslar valyutani kimga sotish yoki sotmaslikni hal qilishi kerak? Biz buni ilgari boshdan kechirmaganmidik? Bu korruptsiya oxuri emasmi? Jarayonni bolta bilan to‘g‘irlagandan ko‘ra avtomatlashtirish ma'qul emasmi, deya savollar bilan yuzlanadi maqola muallifi.

Horijiy investor O‘zbekistonga kirib, qimmatli qog‘oz sotib olayotganida, dollarni sotishda undan mablag‘larning qonuniy kelib chiqishini tasdiqlovchi dalillar so‘ralmas ekan, balki investor bozordan chiqib ketayotganida, valyutani yechib olishni istashi bilanoq, bu jarayon kuchga kirar ekan.
O‘tgan yil davomida professional hamjamiyat mablag‘larni repatriatsiya qilish jarayonini soddalashtirish ustida ishladi. Endi esa siz tag‘in birjadan ma'lumotnoma, mijoz so‘rovi nusxasi, konvertatsiya qilingan hajmdagi har bir operatsiya uchun hisob-fakturalar va hisobotlarning nusxalarini taqdim etishingiz kerak bo‘ladi.
«O‘tgan hafta men mijozdan taxminan 50 ming dollarni konvertatsiya qilishim uchun 720 hisob-faktura va hisobotlarni qo‘lda imzolashni so‘rashim kerak bo‘ldi. Va bu, birja ham, savdo tizimi ham davlat tomonidan nazorat qilinishiga, litsenziyaga ega bo‘lishiga, operatsiyalar bitta bankda amalga oshirilishiga qaramay talab qilinmoqda» deydi moliyachi.
Ehtimol, Markaziy bank bu talablar allaqachon mavjud edi, endi ular faqat tizimlashtirilib, yagona standartga keltirilmoqda, deb javob berishi mumkin. To‘g‘ri bank turli hujjatlarni talab qilish huquqiga ega. Biroq, hech bo‘lmaganda, raqobatning rivojlanishi, muvofiqlik va xavflarni nazorat qilish sifatini yaxshilash bilan ushbu jarayonlarning ko‘pchiligini soddalashtirish mumkin edi.
Endi esa O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qo‘ldagi boshqaruvga o‘tib, nimani, qanday va qachon so‘rashini o‘zi belgilab o‘tiribdi. Bu juda yoqimsiz va ko‘proq ichki kiyimdan kir qidirishga o‘xshaydi. Bizning banklarimiz haqiqatan ham o‘zlari nimani so‘rashlarini tushunmaydigan darajada notavonmi? deya yozadi maqola muallifi.
Markaziy bank nazorat tartib-qoidalariga bo‘lgan talabni aniq belgilashi kerak, biroq qanday hujjatlar talab qilinishi banklarning ichki jarayonlari bo‘lib, bunday tartiblarning sifati banklarning raqobatdosh ustunligiga aylanadi. Barcha banklarni bir xil qolipga solish esa albatta raqobat uchun yaxshi emas.

Boz ustiga bularning bari forum va ko‘rgazmalarga pul sarflab horijiy sarmoyadorlar, ekspertlar va mutaxassislarni taklif qilish tadbirlari fonida yuz bermoqda. Bundan anglashiladiki, butun mamlakat tag‘in teskari yo‘nalishdagi harakatida davom etmoqda? Bunday sharoitda qaysi sarmoyador mahalliy qimmatli qog‘ozlar va korxonalarga sarmoya kiritadi, deya yozadi maqola muallifi.
Siz moliyaviy tahlilchi Karen Srapionovning gazeta uz nashrida chop qilingan maqolasi tahlili bilan tanishdingiz. Eltuz o‘z ko‘rsatuvlarini davom ettiradi. Kanalimizga obuna bo‘ling. Videolarimizga layk qoldiring.

Tag‘in o‘qing
16 iyun 2020
1947 yilda chop etilgan ilk “O‘zbekiston xalqlari tarixi” II jildining mundarijasidan bir parcha. Bundan nima xulosa qilishimiz mumkin? – ...
13 iyun 2018
Toshkent shahrining bosh imom-xatibi Anvar Tursunov 13 iyun kuni 60 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda «Eltuz»ga imomning yaqinlari xabar ...
12 aprel 2017
Erkaklarning doyalik qilishiga qarshi ma'ruzasi bilan tanilgan toshkentlik 42 yoshli imom Sayfuddinov mavzuni yoritgan jurnalistlarni fitnada aybladi. «Erkak kishini ...
16 sentyabr 2019
Sorri, albatta, biroq men progressiv Prezidentimizning kechagi farmonini tushunmadim. Nimaga to‘y industriyasini buzish kerak? Hozir to‘y an'analaridan, ayniqsa, badavlat ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...