UzPoster
16 noyabr 2023

Behzod Musaev o‘nlab bolakay o‘limiga javob bermaydimi?

14 noyabr kuni Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov tizimda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan nuqt so‘zladi.

U  sentyabrda bolalar yod tarkibli «Antistrumin» dorisidan ommaviy zaharlangani haqida gapirib, preparatni berishda doza oshirib yuborilganini tan oldi.

“Bu bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xodimlar qonun oldida javob berishni boshlamoqda va javob beradi ham,” dedi Amrillo Inoyatov.

O‘zbekistonda 2023 yil 20 sentyabrdan barcha maktab va bolalar bog‘chalarida yod bilan ta'minlash dasturi boshlangan edi. Unga ko‘ra, har chorshanba kunlari bolalarni yod yetishmovchiligidan himoya qilish uchun ularga profilaktik dozada yod tabletkalari ichirilishi belgilangan.

Ammo oradan 2 kun o‘tib, Namangan viloyati Chust tumanidagi 9 ta bolalar bog‘chasi tarbiyalanuvchilari va 2 ta maktab o‘quvchilari — jami 70 dan ortiq bolalar zaharlanish bilan kasalxonaga yotqizilgani haqida xabar berildi.

Shu kunning o‘zida prezident Chustdagi vaziyatdan «qattiq tashvishda» ekani uning matbuot kotibi tomonidan ma'lum qilindi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi esa o‘rganishlar yakuniga yetguniga qadar tarkibida yod bo‘lgan 100-raqamli «Antistrumin» mahalliy dori vositasidan foydalanishga taqiq joriy etdi.

«Tibbiyot juda og‘ir yo‘nalish ekan. Buyog‘iga bitta ham bunday holatga yo‘l qo‘yishga haqqimiz yo‘q. Kech bilganimiz bizning xatoimiz ekanini va takrorlanmasligini alohida ta'kidlab o‘tmoqchiman», — dedi vazir Amrillo Inoyatov.

Tan olish kerak, tibbiyot sohasida bo‘lgan va bor barcha kamchiliklar uchun Amrillo Inoyatov boshchiligidagi vazirlikning bugungi mas'ullarini ayblash urfga kirgan.

Vazir aybdorlar javobgarlikka tortiladi va bundan buyon xatolarni takrorlashga haqqimiz yo‘q deyapti.

Bu samimiy va mardlarcha qilingan e'tirof.

Ammo, «Antistrumin» hodisasi fonida 65 nafar bolalar o‘limi bilan yakun topgan undanda og‘ir fojiani ko‘pchilik unutib qo‘ygan ko‘rinadi.

O‘tgan yilgi Dok-1 Maks hodisasini eslaysizmi?

Hozirda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri bo‘lgan Behzod Musaev o‘shanda Sog‘liqni saqlash vazirligiga rahbar edi.

Behzod Musaev videomurojaat orqali Dok-1 Maks dori vositasini ichish natijasida dunyodan ko‘z yumgan 18 nafar bolaning ota-onalari va yaqinlariga hamdardlik bildirgandi.

Qurbonlar soni keyin 65 taga yetdi.

O‘shanda Behzod Musaev ko‘zini lo‘q qilib mazkur ishga aloqador bo‘lgan va xatolikka yo‘l qo‘ygan barcha aybdorlar javobgarlikka tortilishi hamda hech kim bilan murosa qilinmasligini aytgan edi.

MUSAYeV GAPLARI

Bu gapni aytdiyu, ko‘p o‘tmay silliq qilib Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga o‘tib ketdi.

Amrillo Inoyatov mas'uliyatdan qochayotgani yo‘q. Lekin, Behzod Musaev, nega o‘lib ketgan o‘nlab bolakayning ruhi poki  hurmati, hech bo‘lmasa iste'foga chiqmadi? 

Nega o‘shanda Bosh prokuratura sas sado chiqarmadi?

Bugun Behzod Musaev bu inqirozga hech qanday aloqasi yo‘qday bemalol yuribdi.

Lekin «Dok-1 Maks» siropidan 65 nafar bolaning nobud bo‘lganini ularning ota onalari unutgani yo‘q.

Tag‘in o‘qing
7 iyun 2018
Uchko‘prik tumani hokimligi majlislar zalida Xalqaro mehnat tashkiloti eksperti Svetlana Yegorova ishtirokida majburiy mehnatning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan seminar-trening ...
12 yanvar 2017
Prezident Sog‘liqni saqlash vaziri Adham Ikromovga uch oy ichida chet elga ishga ketgan 50 ta o‘zbekistonlik medikni qaytarishni buyurdi. ...
16 sentyabr 2020
Vashington shtatidan o‘zini «mustaqil olim» deb atagan shaxs surgundagi o‘zbek ayirmachilarining yetakchisi uchun AQShdagi agent sifatida ro‘yxatdan o‘tgan. Asli ...
12 fevral 2019
Toshkentning Mirobod tumanida joylashgan Lolazor mahallasidagi tarixiy binolarning yiqilishi va ular o‘rnida ko‘p qavatli uylar qurilishi haqida uy egalariga ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...