Asosiy mavzular
11 dekabr 2023

O‘zbek sanoati bosqinchi Rossiya uchun ishlamoqda

Buning oqibati voy bo‘ladi. O‘zbekistondagi “Foton” aktsiyadorlik jamiyati va uning rahbari Ma'rifxo‘ja Saydumarov bosqinchi Rossiya uchun «ter to‘kkani bois» Ukrainaning sanktsiya ro‘yxatiga kiritildi.

Ukraina Milliy Xavfsizlik va Mudofaa kengashi tavsiyasiga ko‘ra prezident Vladimir Zelenskiy tomonidan 7 dekabr kuni bu haqdagi farmon imzolandi.

Mazkur ro‘yxatga kiritilganlarning Ukraina hududidagi aktivlari muzlatiladi, litsenziyalari bekor qilinadi, ular bilan savdo operatsiyalari, shuningdek, ularning mamlakat hududidan o‘tishi (tranzit) 10 yilga cheklanadi hamda boshqa taqiqlar joriy etiladi.

Sakson yildan buyon faoliyat ko‘rsatib kelayotgan “Foton” elektronika zavodi aktsiyalarining 85 foizdan ko‘prog‘iga davlat egalik qiladi.
Bu degani O‘zbekiston davlati o‘ris bosqinchiga yelpatak bo‘lmoqda degan mazmun beradi¸

Zavodda 30 dan ziyod yarimo‘tkazgichli mahsulot va mikrosxemalar, changyutgich, televizor, nazorat-kassa apparatlari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi.

Uch yil muqaddam “O‘zeltexsanoat” zavod aktsiyalarining davlatga tegishli qismini rossiyalik sarmoyadorga taklif qilgani ma'lum.

“Foton” AJ Ukraina sanktsiyasiga yo‘liqqan O‘zbekistondagi korxonalarining birinchisi emas. Noyabr oyida Kiev rasmiylari Akkermann Cement CA va “Ohangarontsement” AJ, shuningdek, O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan ikki jismoniy shaxsni sanktsiya ro‘yxatiga kiritishgan.

«O‘zbek boshqaruv elitasi o‘ris qabohati bilan qo‘shilib aspilasopinga ketaversin. Ammo ularning bu qilmishi davlat ustunlarini silkitmasin», deya izohladi rassom Tuz voqeani o‘zining feysbukdagi sahifasida.

Tag‘in o‘qing
16 iyul 2016
Askar chekila boshladi… – Xo‘p, nima bo‘ldi? – Suriyaliklarga vatandoshlik masalasi kun tartibidan tushdi… – Erdo‘g‘anni oliy ma'lumot olmagani ...
15 aprel 2022
Ramazon oyining juma kuni pasportiga qashshoq deya yozilgan ulus oldiga chiqib gapirarkan, aynan ro‘za oyi bo‘lgani uchun ham hissiyotlarimni ...
30 yanvar 2020
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari Komil Allamjonov va uning o‘rinbosari Saida Mirziyoeva 29 yanvar kuni arizalariga ko‘ra lavozimlaridan ...
5 may 2023
RT: Aziz og‘a ini, opa singil qadrdonlarim. Mana xafta aylanib siz bilan birgaman. Matchonboy sen nega qo‘lingga garmon olding. ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...