Asosiy mavzular
27 yanvar 2025

Ichki ishlar vazirligi narkomonlar qo‘liga o‘tdimi?

Davlatni butunligini uch kishi tamsil qiladi. Davlat boshlig‘i¸ huquq tartibot xodimlari va qonunga riya qiladigan odam. Qozi¸ mirshab va barcha huquq tartibot xodimlari qonunga rioya qilmasa bunday davlat parokanda bo‘lib yo‘q bo‘lib ketadi.

Korruptsiyaga qarshi bu sodda va mantiqli gapni eramizdan oldin yashagan yunon faylasufi Likurg Afinskiy aytgan.

Afsuski O‘zbekistonda korrupshiya mulozimlarga tinimsiz katta boylik keltiradigan xavfsiz va yagona kommertsiyaga aylanib bo‘lgan.

Jinoyatchilikka qarshi kurashadiganlarning o‘zi jinoyatchi bo‘lsa. Ularni tiyib qo‘yish mexanizmlari ishlamasa. Pogonli odamlar nasha chekib nasha sotsa bilingki siz Yangi O‘zbekistondasiz.

Bugun surishtiruvga qaxramon bo‘lgan huquq tartibot organlarining korruptsioner xodimalarini amyobaga o‘xshatdim. Amyoba biologik borliqning asosi bo‘lsa korruptsioner mirshablar atrofizmizni o‘rab olgan koruptsiya asos tamalini tamsil qiladi.

Bu korruptsionerlar amyoba kabi primitiv¸ parazitlik qilib topkanini bo‘lishib ko‘payadigan va har qanday muxitda yashab ketaveradigan yaratiq.

O‘zbekiston Ichki Ishlar vazirligi Prokuratura va adliya tizimidagi amyobalar o‘g‘irlagan pulini bo‘lishib¸ ko‘payib yotibdi. Kir qo‘llardagi mikrob kabi muxitga yoyilgan bu bir xujayrali jonzotlar siz va biznimg hisobimizdan parazit kabi boyib bormoqda. Efirda men Qudrat Bobojon Eltuz bosh muxarriri. Nishonda esa korruptsionerlar. O‘rtaga qo‘yilgan savol. Nega jinoyat qilgan IIV xodimi qamalmay ochiqda yuribdi?

Oldingi ko‘rsatuvimizda Toshkent shahrida “qonho‘r” laqabli IIV podpolkovnigi

Yusupov Sardor Muzaffarovich 50 gramm “geroin” moddasini yarim tunda Toshkentdagi pedinstititut binosi oldida sotayotganida qo‘lga olingani haqida gapirgandik.

2025 yil 7 yanvar kuni chet elda ishlab chiqarilgan qimmat baxo inomarka avtomashinasida Chilonzor tumani, Mukimiy ko‘chasida Pedagogika universitetining filiali binosini oldidatalabalarga 50 gramm “geroin” giyohvand moddasini sotayotgan vaqtida Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida Yusupov Sardor Muzaffarovich qo‘lga tushdi.

Eltuz tasarrufidagi shakl bir hujjatida yozilishicha  “Shayxontohur tumani IIO FMB JQB katta tezkor xodimi podpolkovnik Sardor Yusupov JKning 273-moddasi 5-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilgan.

Mazkur modda bo‘yicha jazosi 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilanishi lozim.

Sardor Yusupov tushgan  holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, Toshkent shahar IIBBga olib ketilgan, lekin hozirgi kunga qadar noma'lum sabablarga ko‘ra Sardor Yusupovga hech qanday qonuniy choralar ko‘rilmagan.

Ha yanglish eshitmadingiz. Geroin sotayotib qo‘lga tushgan podpolkovnkka hech qanday jazo qo‘llashmoqchi emas. Ëpig‘liq qozon yopiq qolsin. Qo‘l qo‘lni yuvsin. Mirshab mirshabning aybini bekitsin.

Eltuz muxbiri ko‘rgan hujjatlardan ayon bo‘lishicha IIV podpolkovnigi 50 gramm “geroin” narkotik moddasini qaerdan va kimdan olinganligi biror bir aniqlik kiritilmagan, o‘zining va qarindoshlarning uylari hamda xizmat xonasi tintuv qilinmagan, katta miqdordagi “geroin” narkotik moddasi bo‘yicha hech qanday tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmagan, lekin S.Yusupov haqiqatdan IIV tizimidagi tezkor xodimdan boshlab yuqori rahbar lavozimlarda ishlagan podpolkovnik ekanligi o‘z tasdig‘ini topgan, IIB xodimi S.Yusupov ochiqda bemalol o‘z jinoiy faoliyatini davom etib yurmoqda

Narkotujjor sulolasi

Eltuz surishtiruvi jarayonida aniqlanishicha, Sardor Yusupovning akasi Zafar Muzaffarovich Yusupov ham ilgari Yakkasaroy tumani IIBda narkomaniyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab turib, narkotik moddalarini sotish vaqtida DXX tomonidan tezkor tadbir orqali qo‘lga olinib, jinoiy javobgarlikka tortilgan va qamalgan.

Kadrda Qudrat qadrli muhlislarimiz  yaxshilab o‘tirib oling¸ kontentga layk bosib superraxmat tugmasi orqali o‘z minnatdrligingizni bildirib qo‘ying. ELTUZ ni kuzating, IIB “narkobaronlari” Yusupovlar sulolasi haqida voqealar rivojini aniq ma'lumotlari bilan siz bilan birgalikda kuzatamiz.

 “Qonho‘r” podpolkovnik  rahnamolari, korruptsion “krыsha” va «tanka»lar

DXX zaiflashgani ortidan IIV narkotujjorlikka o‘tdimi?

IIVning yuqori martabali mulozimlari Pablo Eskobarga xavas qilib narkobaron bo‘lmoqchimi?

IIV va Prokuratura tizimida qachon narko tujjorlar in qurdi? Podpolkovnik rutbasidagi zobitning yarim tunda gera sotigani tasodifmi yoki jinoiy zanjirdagi halqa?

Bu savollarga javob topishdan oldin ba'zi xabarlarni sizga taqdim qilsak

Angren shahar IIB JQB xodimi giyohvand modda savdosiga aralashgani uchun qamoqqa olindi

Jinoyat qidiruv bo‘limi xodimi giyohvand moddani sherigi bilan sotish maqsadida saqlab kelgan. IIB xodimi  va uning sherigi qamoqqa olingan.

Eltuz ko‘rgan hujjatda aks etishicha Angren shahar IIB TQH jinoyat qidiruv bo‘limi tezkor vakili R.Yu. boshqaruvida bo‘lgan Cobalt mashinasi ko‘zdan kechirilganda 4 dona qog‘oz o‘ramda bo‘lgan giyohvand moddaga o‘xshash saqichsimon modda topilgan.

Sud-kimyoviy ekspertizasi xulosasida ushbu modda gashish giyohvand moddasi ekani aniqlangan. 

Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasining Jinoyat qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boshqarmasi katta tezkor xodimi o‘z tergovidagi jinoyatchini “uy qamog‘i” ehtiyot chorasini qo‘llagan holda, uozodlikda qoldirish evaziga 10 ming dollar pora olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25, 168-moddasi 3-qismi “a” bandi va 28, 211-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Toshkent shahrida muqaddam prokuratura organlarida ishlagan va sudlangan yurist muammoni Olmazor tuman prokuraturasi mansabdor shaxslari orqali hal qilib berish evaziga 30 ming AQSh dollari talab qilib, shundan 20 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ushlandi.

Sal oldin Andijonda Ichki ishlar organi xodimlari tomonidan qiynoqqa solingan kishi o‘lgani ortidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 3 nafar IIB xodimi qamalganidan xabaringiz bor. Nasha sotish¸ pora bilan jinoyatchini ozod qilish¸ gapga kirmagan maxbusni urib o‘ldirish. Bu qilmishlar silsilasi O‘zbekiston Ichki Ishlar tizimining zudlik bilan islox qilinishi zarurligini tushuntiradian anatomiya.

Mavzuga qaytamiz.

Eltuz surishtiruvi asnosida Toshkent shahrida avjiga chiqqan IIB va Prokuratura idoralarida korruptsion faoliyat yuzasidan qilgan ishlarni va IIB xodimlari orqasida turgan jinoyatlarini berkitib qelayotgan PROKURATURA xodimlarini qilaetgan ishlari bo‘yicha quyidagi malumotlar aniqlandi.

Nima sababdan IIV podpolkovnigi Sardor Yusupovga nisbatan choralar ko‘rilmadi degan savolga mana bu  ma'lumotlardan o‘zingiz xulosa qilasizlar.

Sardor Muzaffarovich Yusupov 1984 yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan, 2003 yilda O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasiga o‘qishga kirib, 2006 yilda nojo‘ya harakatlar uchun tinglovchilar safidan haydalgan, 2009 yilda o‘zining yuqori lavozimlaridagi tanish-bilishlari va qarindoshlari orqali yana qayta o‘qishga tiklangan va 2011 yilda o‘qishni tamomlagan va shu yildan Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani IIBda ish faoliyatini boshlagan, shundan keyin Toshkent shahar IIBBning o‘zida va shaharning boshqa tuman IIBlarida tezkor vakil bo‘lib xizmat qilib kelgan, shu jumladan Yakkasaroy tumanida “shaxsga qarshi jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi”da mayor unvonida tezkor xodim va Sergeli tumani IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida podpolkovnik unvonida ishlab kelgan.

Sardor Yusupov Yakkasaroy tumanida ishlab kelgan davrida bir qancha jinoyatlarni pul evaziga yashirib kelib va o‘zi ham bir qancha jinoyatlarni sodir etgan bo‘lsa ham, uni Sergeli tumani IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlab, podpolkovnik unvonini berishgan. 

“Taxta” qilish

Eltuz bu mavzuni o‘rganarkan IIV tizimi xodimlari lug‘ati xuddi jinoyatchilar fenyasi kabi o‘ziga xos terminlarga boy ekanligini bilddi. Shunday terminlardan biri “Taxta qilish” deb ataladi. Bu jinoyatni bekitish degan ma'no beradi.

Eltuz tasarrufida mavjud hujjatlar va manbalar iddaosiga asosan misol keltirsak.

Sardor Yusupov Yakkasaroy tumanida ishlagan vaqtida bir buxorolik xotin  o‘zining erini pichoqlab o‘ldirganda, mazkur xotinning otasi buxorolik katta biznesmenlardan biri bo‘lib, hamyurti Sardor Yusupovga 200 ming AQSh dollar pul berib, ushbu puldan 100 ming AQSh dollarni Toshkent shahar prokuraturasi xodimlari X.Ataev va B.Sheranovlarga berib, ularning yordamida “qasddan odam” o‘ldirish jinoyatini “taxta qilib”mazza qilib kelishgan. Bu Sardor Yusupovning Yakkasaroy tumanidagi “qonli” ishlaridan bir misolidir, qolgan mayda 5.000-10.000 AQSh dollarlar evaziga “taxta” qilgan ishlarini gapirmasa ham bo‘ladi.

Eltuz suhbatlashgan IIB zobiti iddaosiga ko‘ra Sardor Yusupov Sergeli tumanida ham rahbar lavozimida ishlab kelib bir-qancha og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni pul evaziga yashirib kelib, o‘z xizmat faoliyatini davom ettirib kelgan.

Iddaoga ko‘ra Yusupov Sergeli tuman IIBda faoliyatini olib borgan vaqtida 30 ming AQSh dollar pul evaziga o‘ta og‘ir jinoyatni yashirganligi (odamni qasddan o‘ldirishga suiqasd)uchun unga va qo‘l ostidagi xodimlariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganiga qaramasdan, u lavozimdan bo‘shatilmagan va unga hamda uning qo‘l ostidagi xodimlariga nisbatan hech qanday choralar ko‘rilmasdan, ularga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi esa Yunusobod, Yashnobod va boshqa tuman prokuraturalarida tergov qilinib, ohirida chang bostirib, harakatdan tugatilib, “taxta” kilib arxivga topshirilgan.

Shunga qaramasdan, hozirgi kunda, Sardor .Yusupov yana o‘ta og‘ir jinoyatni (qasddan odam o‘ldirish) yana “taxta” qilmoqchi bo‘lib, yashirganligi uchun unga jinoyat ishni ochmasdan, faqat lavozimdan olib, bu shov-shuv sovugunga qadar ta'tilga chiqarib qo‘yishgan.

Bundan tashqari, Yusupovning jinoiy kirdiqorlaridan yana bir fosh bo‘ldi, bu IIV xodimi bo‘la turib, bir necha yildan beri “narkobiznes” bilan shug‘ullanib kelingani holati aniqlandi.

Sardor Yusupov O‘zbekistonda “jazo muqarar emas”, “jazo faqat qambag‘al Do‘stov va unga o‘xshaganlarga” deb bilib, o‘zining “akaxonlari”ga ishonib yurib, o‘z jinoiy faoliyatini davom ettirib, ohiri 07.01.2025 yilda juda ko‘p miqdorda 50 gramm “geroin” moddasini vaqtida qo‘lgan olingan bo‘lsada, ushbu holat yuzasidan ham “suv kuyganidek” jim-jit. O‘zbekistondagi holati haqida haqiqatni gapirgan “orqasidan hech kimi yo‘q” oddiy fuqaro G‘ayrat Do‘stovga esa 15 sutka qamoq jazosini tayinlashgan va Toshkent shahar IIBBda yerto‘lasida saqlashgan.

Nima sababdan deb so‘rashingiz mumkin. Javobni Eltuzga IIBning o‘z ismni yoyinlashini istamagan xodimi aytdi:

Mana Sizlarga javob, Sardor Yusupov ilgari turli tuman IIO FMBda tezkor vakil bo‘lib ishlagan vaqtida ham o‘zining “jadal faoliyati” orqasidan topgan “daromadlari”dan sotib olgan 01 X707FA raqamli “Leksus” avtomashinasida bemalol yurgan (O‘zR IIV vaziri yoki uning o‘rinbosarlari ham Leksusda yurishmaydi), ohirgi vaqtda Yakkasaroy tuman prokurori o‘rinbosari bo‘lib ishlagan, so‘ng Toshkent shahar prokuraturasining militsiya ustidan nazorati bo‘yicha 16-bo‘lim boshlig‘i Sheranovning o‘rinbosari, hozirda esa 16-bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan Ataev Xuseynning “xizmatlarini” qilib kelgan va shu prokuratura xodimlari orqali har qanday IIBda sodir etilgan jinoyatlarni yashirishni “hal qilishini” uddalagan, shu sababli Sergeli tumanidagi holatlari yuzasidan Sergeli tumani IIO FMB ning boshlig‘i birinchi o‘rinbosari Sardor Yusupovga nisbatan shahar prokuraturasining 16-bo‘lim boshlig‘i Ataev Xuseynning aralashuvi bilan hech qanday konuniy choralar ko‘rilmay kelmoqda.

Endi nima sababdan militsiya xodimi Sardor Yusupov va prokuratura xodimi Ataev Xuseynlar “yakin do‘st” bo‘lib qolishgani sababini so‘ramoqchi bo‘lsangiz kerak. Bu savolga ham Eltuz manbasi javob beradi.

Avvalam bor, S.Yusupov Yakkasaroy tumanida “shaxsga qarshi” bo‘limda ishlagan vaqtida jinoyatlarni yashirish maqsadida “yiqilib tushdim” deb tushuntirish xatlarni olib ko‘plab “QONLI” jinoyatlarni “TAXTA” qilib kelgan va ushbu “TAXTA” materiallarini o‘tkazish uchun tuman prokuraturasida ishlagan va militsiya ustidan nazorat qilib borgan X.Ataevning hamda o‘sha vaqtlarida shahar prokuraturasining 16-bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlagan, hozirda esa Uchtepa tuman prokurori bo‘lsa ham, o‘zining ta'siri X.Ataev orqali shahar IIBBga o‘tkazayotgan Baxodir Sheranovlarning “xizmatlarini” qilib kelgan.

Va Sardor Yusupov Yakkasaroy tumani IIBda ishlab yurgan vaqtlaridan boshlab o‘zining hamkasblari va ko‘chada “Komil amakim orqali, men zam.gen. prokuror .Valiev bilan va u orqali shahar prokurori Yuldoshev bilan ham juda yaqinman, pryamoy o‘zim telefonda gaplashaman, zo‘rman ular bilan, shaxsan tanishman” deb g‘ururlanib gapirib kelgan va qo‘l ostidagi xodimlariga “menga o‘xshab “Leksus”da yurmoqchi bo‘lsalaring va men yashaydigan uyga o‘xshash uyda yashamoqchi bo‘lsalaring meni aytganimdek yuringlar, qancha ko‘p qon bo‘lsa, shuncha katta soqqa olsa bo‘ladi, bo‘lmasa bu IIV sistemasida quruq oylik olib ahmoq it bo‘lib pensiyaga chiqib o‘lib ketasanlar” deb, o‘zini ko‘rsatib ko‘p maqtanib, IIB xodilariga uzini misol kilib o‘rgatib kelgan. S.Yusupov ishlagan joylarida esa “QON”dan pul qilgani uchun unga “qonxo‘r ment” (gryaznыy ment) deb laqabni qo‘yishgan. Shuningdek, o‘zini qo‘l ostidagi xodimlariga “o‘zining hududlaridagi faoliyat olib boraetgan ishkal KO‘ChANI BOLLARI bilan BRATAN (do‘st) bo‘lib yuringlar, chunki ular har doim ishkal qilishadi va sizlarga murojaat qilishadi, sizlaresa hal qilib berasizlar va KO‘ChANI BOLLARI sizlarni xizmatingda bo‘lib yurishadi, kerak bo‘lsa ularga veщ.dok (daliliy ashyo) gerыch (geroin) narkotalarni o‘tkazasanlar, IIB xodimida lyuboy payt pul bo‘ladi” deb shunday tizimni tuzishni o‘rgatib kelgan.

Bundan tashqari, S.Yusupov o‘z qo‘l ostidagi IIB xodimlariga va hamkasblarga har bir aralshgan ishidan 5 ming AQSh dollaridan kam pul olmalaring, vaqti kelganda o‘lim bilan bog‘liq 200 ming AQSh dollari evaziga ham hal qilganman, shuning uchun maydalashib yurmalaring, respublika va shahar prokuraturasida 16-bo‘limida tanishlarim bor ularni oldiga borib “otmetka”dan o‘tib “dolya”sini berib bemalol yuraverasanlar, ular esa inspektsiyadagi xizmat tekshiruvlarni ham o‘zlari hal qilib tashlashadi, shahar prokuraturasida eng zo‘r “sokkalik” bo‘lim 16-bo‘lim bo‘ladi, Baxodir Sheranovga yoki Xuseynga soqqasini berasan, lyuboy ishing hal bo‘ladi, “plati leti” deb o‘rgatib kelgan.

Sardor Yusupov Sergeli tumani IIO FMBga rahbar lavozimiga 2024 yil o‘tirganidan sung, mazkur RUVDni shaxsiy tarkibi rasvo bo‘lib, normal ishlagan tizimi izidan chiqib ketgan.

Agarda tegishli ravishda S.Yusupovni Yakkasaroy va Sergeli tumanidagi faoliyati o‘rganib chiqilsa, ko‘plab “yiqilib tushdim” deb “TAXTA” bo‘lgan qonli ishlari fosh bo‘lishi aniq.

Eslatib o‘taman bu xavfsizlik maqsadida o‘z ismi sir qolishini istagan Toshkent shahar IIBB xodimi iddaosi va u taqdim qilgan xujjatlarda qisman isbot qilingan faktlar yig‘indisi. Yana xodim aytgan gaplarni eshitishda davom etamiz. 

AKAXONLAR

Bundan tashqari, Buhoro viloyatida tug‘ilib o‘sgan Sardorr Yusupovni amakisi (tankalari) Komil Yusupov O‘zbekiston Respublikasi Qurash Federatsiyasini rahbari bo‘lib, keyingisi ilgari Buhoro viloyati prokurori bo‘lib ishlagan hozirda esa – O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 1-chi o‘rinbosari Valiev Baxriddin Baxodirovich bo‘ladi.

Shuning uchun ham, militsiya organlarida ishlagan Yusupov Sardorga prokuratura organlariga har qanday “kirish eshiklari” hardoim ochiq va bemalol bo‘lgan hamda Sardor Yusupov har qanday ishni hoxlasa noqonuniy jinoyat ishni qo‘zg‘atish, hoxlasa “TAXTA” qilishga qodir bo‘lganIIB tizimida taniqli xodim, o‘zining esa yakin “akaxonlaridan” Ataev Xuseyn bilan Sheranov Baxodilar esa Toshkent shahar prokuraturasi tizimda “koshelyok” sifatida rahbarlarning “shaxsiy” xizmatini qilib yuradigan “laganbardor” xodimlar sifatida tanilgan va shu qilgan “laganbardorlik”, “koshelyok” xizmatlari uchun Baxodir Sheranov 2024 yilda O‘zbekistonda “eng zo‘r prokuror” deb topilgan, Ataev esa “buyuk xizmatlari uchun” davlat mukofoti bilan taqdirlangan. Aslida esa ularni “bunday xizmatlari” uchun qamash kerak edi.

Eslatib o‘taman bu xavfsizlik maqsadida o‘z ismi sir qolishini istagan Toshkent shahar IIBB xodimi iddaosi va u taqdim qilgan xujjatlarda qisman isbot qilingan faktlar yig‘indisi.

Endi bunday “korruptsion sxemasi”ni ko‘zingizga keltiring, IIVda qonunchilik ustidan nazorat qilish o‘rniga shahar prokuraturasining 16-bo‘lim sobiq boshlig‘i hozirgi vaqtda Uchtepa tuman prokurori Sheranov Baxodir va uning “merosxo‘ri” 16-bo‘lim hozirgi boshlig‘i Ataev Xuseynlar Toshkent shahar IIBB tizimida qonunchilik ustidan nazoratni o‘rniga o‘z mansablaridan foydalanib “pulli potok-okim”niyo‘lga qo‘yib nazoratga olishgan, har qanday ishni ular aytgan puli evaziga IIBB xodimlarining qo‘llari bilan hal qilib berishadi, xohlasajinoyat ishni noqonuniy tugatish, xohlasaqamoqdan chiqarish yoki noqonuniy ishni qo‘zg‘atib qamatish. Shunday “tizim” oqibatida IIB xodimlari ham “qonun faqat qambag‘allar va Damas minib yirtiq kalish”lar uchun ishlaydi deb “o‘nga-chapga” qaramasdan, qonunni umuman unutib yuborib hammasi noqonuniy korruptsion “biznes yo‘li”ga o‘tishgan. Pul evaziga xohlagan qaroriniqabul qilishadi va qonun buzilsa ham “xizmatlari” evaziga ularga yuqori turuvchi rahbarlar tomonidan hech kim hech qanday choralarni ko‘rmaydi. Arizani yozsang ham, Ataevdan yoki Sheranovning “otmetka”dan o‘tib kelishsa bo‘ldi, “ishing besh”. Oddiy xalq “dodini kimga aytsin”, Respublika prokuraturasigaboradi, ular arizani shaharga tushirib yuborishadi, prezident portalga murojaat qilsangham, ular ham shaharga “futbol” qilib tepib yuboradi.

Xavfsizlik maqsadida o‘z ismi sir qolishini istagan Toshkent shahar IIBB xodimi o‘z gapida davom etadi

“07.01.2025 yilda “geroin” moddasini sotmoqchi bo‘lgan Sardor Yusupovni ishini “ijobiy” hal qilish uchun esa Sheranov va Ataevning eng yaqin “o‘rtakashi” deb tanilgan Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining tergov bo‘yicha o‘rinbosari Abduvosit Abdurazakov ham aralashgan degan ma'lumot ham mavjud, chunki Yusupovni chiqarish uchun va mazkur ishni bosdi-bosdi qilish uchun Yusupovning qarindoshlari ko‘chada “narkobaron”lardan 1 million AQSh dollar qidirib yig‘ib yurishgan ekan va ushbu pullar yig‘ilganda A.Abdurazakovning ismi ham chiqqan, Yusupovni ishini hal “taxta” qilish uchun yuqorida ko‘rsatilgan IIBB va prokuratura xodimlari kelishilgan holda 1.000.000 AQSh dollar evaziga kelishishgan, 500.000 AQSh dollar 07.01.2025 yil kuni kechkurun berilgan, yana 500.000 AQSh dollar miqdoridagi pullarini “taxta” qilish uchun yig‘ib kelishga imkoniyat berishgan. Bu ma'lumotlar S.Yusupovning otasi Muzaffar Yusupovning eng yaqin insonlaridan olingan.”

Endi barcha tushunmovchiliklar hammani miyasida joy-joyiga tushdimi?

Shuning uchun ham O‘zbekistonda, aynan Toshkent shahrida jinoyatchilik kuchayib ketgan va ularga hech kim hech qanday choralarni ko‘rmagan(chunki statistika ma'lumotlari 16-bo‘lim xodimlari tomonidan sun'iy ravishda dunyo reytingi va O‘zR Prezidentiga ko‘rsatish uchun kamaytirilib ko‘rsatib kelinmoqda), chunki militsiya va prokuratura organlarida bizga ma'lum bo‘lgan Yusupov, Sheranov, Ataev va ularga o‘xshagan ularning “rahnamolari va akaxonlari” bor va hozirda ham ishlab kelishmoqda.

Eltuz ko‘rgan hujjatlar asosida yana mana bularni aytsam.

Ataevga esa yaqin kunlarda militsiyaning barcha “taxta” ishlarini berkitib kelgani va “laganbardorlik xizmatlari” uchun “buyuk xizmatlari uchun” orden mukofotini berishdi, prokuratura rahbarlarning “koshelyogi” .Sheranovga esa “laganbardorlik xizmatlari” uchun O‘zbekistonda respublika bo‘yicha “eng zo‘r prokuror” unvonini berildi.

Xavfsizlik maqsadida o‘z ismi sir qolishini istagan Toshkent shahar IIBB xodimi o‘z gapida davom etadi

 2024 yil davomida Sheranov Dubayga, Turtsiyaga va Amerikaga (AQShga) chet el davlatlariga o‘zining hisobidan oilaviy va do‘stlari bilan sayohatga borib “xalq puliga” (pora pullariga) dam olib kelgan, poralardan yig‘ilgan 5.000.000 (besh million) AQSh dollar pullarini esa Dubayda bizneslarga joylashtirib tiqib keldi.

IIV organ xodimlari “LYeKSUS”larda yursa, prokuratura organ xodimlari Dubay, Turtsiya va Amerikalarda yursa, huquqni muxofaza qiluvchi organ tizimlarida shunaka xodimlar bo‘lganligi sababli O‘zbekistonda jinoyatchilik avjiga chiqib ketmokda. Qambag‘al yoki puli yo‘q fuqaro haqiqatni gapirsa, uni mulkini o‘g‘irlashsa, uni pichoqlashsa, urib tepishsa materiallarda “yo‘qotib qo‘ydi”, “yiqilib tushdi” deb yozilib, “xalqni dardi”ni gapirgan kambag‘alni esa 15 sutkaga tiqib qo‘ishadi, boy yoki puli bor, “tankasi bor” odam jinoyatni sodir etsa, “geroin” sotsa “qutlug‘ bo‘lsin boybuva”. Hayotiy misol, har qanday narkoman bitta narkotik doza uchun ota-onasini ham ayamasdan o‘ldirishga ham tayyor, IIV organ xodimi esa narkotik uchun yuqori turuvchi rahbarlarni otib o‘ldirishdan qaytmasa kerak, sababi yonida har doim tabel qurol olib yuradi.

Eslatib o‘taman bu xavfsizlik maqsadida o‘z ismi sir qolishini istagan Toshkent shahar IIBB xodimi iddaosi va u taqdim qilgan xujjatlarda qisman isbot qilingan faktlar yig‘indisi.

O‘zbekistonda IIB xodimi mansabini suiist'emol qilib, qo‘rqmay juda ko‘p miqdorda narkotik moddalarini sotsa, prokuratura ularga chora ko‘rish o‘rniga ularga “krыshalik” qilmoqda.

Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Yo‘ldoshev Kurash Federatsiyasini raisi etib tayinlandi, ko‘rsatuvimiz salbiy qaxramoni Sardor Yusupovning amakisi Komil Yusupov esa Kurash Federatsiyasining prezidenti, endi Sardor Yusupovga  nega  hech qanday choralar ko‘rilmagani tushunilgan bo‘lsa kerak.  Ko‘rganingiz organ mansabdor xodimlari ichida barcha korruptsion “zanjir” silsilasi edi.

Bu ko‘rsatuvdan maqsad ham shu xolatga ko‘zgu tutish edi.

O‘zbekiston Respublikasida jinoyatchilikni oldini olish, adolatni va jazo muqarrarligini tartibga solish maqsadida prokuratura va ichki ishlar idoralarini  korruptsioner  xodimlaridan tozalash va boshqalarga “dars” bo‘lishi uchun ham ular qilmishini Eltuzda fosh qilib  ko‘rsatish kerak deb ishondim.

Bu korruptsion holatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi IIV vaziri Bobojonov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nemat.Yo‘ldoshevdan javob yoki munosabat kutamiz.

Eltuz uydagi gapni ko‘chaga chiqaradi. 

Tag‘in o‘qing
23 aprel 2019
Shveytsariya yangiliklarini rus tilida yorituvchi «Nasha gazeta» nashri mamlakat Federal jinoiy sudi Gulnora Karimova ishi yuzasidan ikkita qaror chiqargani ...
13 oktyabr 2020
Prezidentning kuyovlari bir-biri bilan nizolashmoqda. Prezidentning xotini Ziroat Hoshimova esa Inoyatov nazoratida. Bu iddaolar ustiga qurilgan taxminlar bugungi ko‘rsatuvda. ...
29 oktyabr 2018
Prezident Mirziyoev 29 oktyabr kungi farmoyishi bilan bosh vazir o‘rinbosari Zoyir Mirzaevni g‘alla ekish va sug‘orish ishlarini tashkil etish ...
25 yanvar 2017
Mirziyoev Respublikada hammaga yuztadan tovuq boqishni buyurdi. Buning nazoratini, barcha raxbarlar, jumladan Bosh vazir o‘rinbosari Rustam Azimovga topshirdi. Rassom ...
Bloglar
23 yanvar 2025
O‘zbekiston mudofaa vaziri Xolmuxammedov bosqinchi gazanda Rossiya bilan 2026-2030 yillarda harbiy sohada strategik hamkorlik dasturi ...
20 yanvar 2025
O‘zbekiston prezidenti uyida yirtqich hayvon¸ ilon va xasharotlarni boqadiganlar jazolanishi haqidagi qarorni 16 yanvar kuni ...
12 yanvar 2025
Turli mavzularga o‘z qarashi bilan farqlanadigan bloger Kirpi Prezidentning 380-sonli qarori asosida 1000ta kitobning o‘zbek ...