Ko‘zqarash
3 yanvar 2017

Terrorchining qirg‘izistonlik Mashrapov Yahyo ekani gumon qilinmoqda

Turkiyadagi tungi klubga hujum qilib 39 kishini o‘ldirgan hujumchi qirg‘izistonlik Mashrapov Yahyo ekani gumon qilinmoqda.

Turk matbuotiga ko‘ra, Mashrapov xotini va ikki farzandi bilan 2016 yilning 20 noyabr kuni Qirg‘izistondan Istanbulga uchib kelgan.

Matbuot iddaosiga ko‘ra, Mashrapovlar oilasi Istanbuldan, Anqaraga undan keyin esa Ko‘nya shahriga kelgan.

Seshanba kuni Mashrapovning xotini Turkiya istixborati tarafidan so‘roq qilingan.

Mashrapovning xotini erining dunyoqarashidan behabarligini aytgan.

Qotillikda gumon qilinayotgan, Mashrapov Yahyo ga tegishli pasport skrinshoti.

Ijtimoiy tarmoqda tarqalayotgan suratga ko‘ra, Mashrapov Yahyo 1988 yil tug‘ilgan.

Qirg‘iziston Tashqi Ishlar Vazirligi vakilining Eltuz muxbiriga aytishicha, muhtamal terrorchiga oid ma'lumotlar qidirilmoqda.

«Registratsiya idorasiga so‘rov yuborilgan, Mashrapov Yaxyo ismli shaxsga pasport berilganmi yoki yo‘qmi degan savol o‘rganilmoqda» deya bildiradi Eltuzning Qirg‘izistondagi manbasi.

Ba'zi habarlarda esa qotilning Qirg‘izistonlik o‘zbek ekani taxmin qilinmoqda.

Dushanba kuni IShID ekstremistik guruhi yangi yil kechasi Istanbulda 39 kishi o‘ldirilgan tungi klubga hujum uchun mas'uliyatni o‘z zimmasiga olgani ma'lum qilingan edi.

“Qorbobo” ning yangi yilga qarshi jihodi

1 yanvarga o‘tar kechasi Qorbobo kiyimini kiygan hujumchi Istanbuldagi Reina tungi klubiga hujum uyushtirdi.

Hujumda 39 kishi halok bo‘lgan, 69 odam yaralangan.

Hujumchi yashirinishga muvaffaq bo‘lgan, politsiya qidiruv amaliyotlarini olib bormoqda.

Turk politsiyasi Istanbulning Zaytunburni mavze'sidagi o‘zbek muhojirlari yashaydigan mahallada reyd o‘tkazgani haqida Eltuz.comda ma'lumot bor. Bu ma'lumotga ko‘ra dushanba kechquringi holatda, 12 kishi qo‘lga olingan.

Eltuz manbasiga ko‘ra Zaytunburni Nuriposhsho mahallasidagi omborni politsiya bosgan.

Terrorchining do‘sti bo‘lgan bir yoshroq yigitning derazadan sakrab qochgani haqida gaplar bor.

Eltuz muxbiri voqea joyidan xabarlar yo‘llamoqda.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
17 may 2023
Bundan 10 yilcha oldin Pragada daryo toshib, uylarni g‘arq qiladi degan gapni ofatdan bir kun oldin aytishdi. Qiziq tuyg‘u ...
11 aprel 2019
«Eltuz» nashri Muhammad Bekjonning «Qo‘rquvning nariyog‘ida» (Alvido, Jasliq!) ikkinchi kitobining audio versiyasini taqdim eta boshlaydi. «Bu kitob “O‘zbekiston qamoqxonalarida ...
18 dekabr 2019
Navbatdagi karikaturada deputatlikka nomzodlar va saylovchilar o‘rtasidagi munosabat qish muammosi orqali aks ettirilgan. 22 dekabrda O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik ...
31 yanvar 2023
O‘zbekistonni tuzgan oila mansubi¸ olim va Turkistonning so‘nggi jadidi professor Temur Xo‘ja Germaniyaning Myunxen shahrida g‘arbiy yevropadagi o‘zbek diplomatlari ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...