Qattiqqo‘l o‘qituvchi ustidan jinoyat ish ochildi
Farg‘onadagi o‘rta maktabning birinchi sinf o‘quvchilariga dars paytida qo‘l ko‘tarib haqoratlagan o‘qituvchi ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mart boshida o‘kituvchining birinchi sinf o‘quvchilarini urib so‘kkani aks etgan videosi tarqalganidan so‘ng maktab direktori va o‘qituvchi ishdan bo‘shatilgan edi.
Eltuzga ma'lum bo‘lishicha, o‘quvchilarni kaltaklash voqeasi shu uqituvchining namunali darsi barbod bo‘lgani ortidan yuz bergan.
Videoni praktikant qiz suratga olgan.
Mart oyining boshida ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatidagi «razborщik» bog‘cha opaning bolalarni pichoq bilan qo‘rqitib tahkirlagani videosi tarqalib, muhokamaga sabab bo‘lgan edi.
Bu voqealarni hajv qilgan rassom Tuz nazarida bog‘cha, maktablardagi «qattiqqo‘l tarbiya» zanjirning xalqalari kabi bog‘langan.
Oilada kaltaklangan bolalar o‘z navbatida bog‘chada va maktabda taqkirlanishda davom ettishadi.
Shu tariqa raxbarlarga gap kaytara olmaydigan, o‘z haqqini talab qila olmaydigan hurkak avlod yetishib chiqadi.
Rassom Tuz
Eltuz.com