Catira
20 fevral 2018

Ahmadboy: «Men hech qachon xalqni aldamaganman, birovning haqini yemaganman»

Firibgarlikda ayblanayotgan chinozlik tadbirkor, 40 yoshli Ahmad Tursunboev va uning sheriklariga 16 fevral kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudida so‘nggi so‘zni aytish imkoni berildi.

«Men fuqarolarni aldamaganman. Odamlar o‘z xohishlari bilan pullarni olib kelgan. Men dehqonchilik, qassoblik va chorva bilan shug‘ullanganman. Men hech qachon xalqni aldamaganman, birovning haqini yemaganman. Shu yoshimgacha hech qachon insonlarni aldamaganman», dedi Ahmadboy suddagi so‘nggi so‘zida.

Ijtimoiy tarmoqdagi aksariyat yuzerlar puliga kuyganlardan ham ko‘ra Ahmadboyni ko‘proq yoqlashmoqda.

«Qaysidir och meshqorin amaldorlar pulni o‘g‘irlash maqsadida Ahmadni sindirishdi, lekin nomardlar bilishmidiki birovning haqi buyurmasligini, o‘ziga bo‘lmasa-da, bola-chaqasidan teshib chiqishini! Ahmadboyga tegish kerakmasdi, qancha bechoralarga yordam bergan, xalqning duosini olish hammaniyam qo‘lidan kelmaydi…», deya yozdi feysbuk yuzeri Nargiza Ismoilova.

Izohlar ichida hatto «Ahmadboyni aslida moliya vaziri qilish kerak edi», degan fikrlar ham bor.

«Molodets, Ahmad aka, odamlar o‘zi ochko‘z va ahmoq bo‘lsa, undan faqatgina unumli foydalanish kerak», deya fikr bildirdi Gulchehra Pardaeva ismli yuzer.

Lekin hammayam Ahmadboyni oqlayotgani yo‘q.

«Nimaga aldamaydi? G‘irt muttaham, uning pulini bunga – unikini bunga bersa? Haqiqiy moshennik, fuflojnik. Bunaqa eshshaklarni 50 yilga qamash kerak, shundaylar kamayishi uchun», deya fikr bildirdi feysbukda Sanjar Qosimov.

Chinoz «Avto Hamkor» shirkati rahbari Ahmad Tursunboev ustidan O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik), 168-moddasi (firibgarlik) va 170-moddasi (aldash yoki ishonchni suiiste'mol qilish yo‘li bilan mulkiy zarar yetkazish)bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan.

Shuningdek, Tursunboev 177-modda – valyutani qonunga xilof ravishda olish va 178-modda – chet el valyutasini yashirish bo‘yicha ham ayblanmoqda.

Moliyaviy piramida yaratganlikda ayblanayotgan Ahmadboy 2016 yilning iyun oyi o‘rtalarida qamalgan, uning uyidan 13 milliard so‘m va 12 million AQSh dollari chiqqan edi.

Millionlardan navbatdagi moliyaviy piramidani yaratgan Ahmadboyni rassom Kirpi begunoh bir farishta timsolida aks ettirdi.

Rassom Kirpi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
21 yanvar 2021
Andijonlik 31 yoshli tadbirkor Alisher Ne'matullaev tortib olingan mulkini himoya qilib, sudga 1089 marta murojaat qildi. 252 ta sud ...
19 fevral 2019
Bu gap poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi rus tilli aholining Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jaev bilan 18 fevral kungi uchrashuvi paytida ...
17 avgust 2018
Bir kishilik kameraga tashlangan jurnalist Muhammad Bekjon mahbuslar bilan ventilyatsiya tuynugi orqali ilk bor «aloqaga chiqqan» kuni haqida hikoya ...
10 dekabr 2019
Har yili 10 dekabr Inson huquqlari kuni sifatida nishonlanadi. 1948 yil ayni shu kuni tarixiy hujjat – Jahon inson ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...